I bob. Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlil


Pulsometriya o’tkazish uslubiyati


Download 53.41 Kb.
bet9/11
Sana20.12.2022
Hajmi53.41 Kb.
#1036939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Safarov Farzbek Qahramon o‘g‘li

2.3. Pulsometriya o’tkazish uslubiyati
Jismoniy tarbiya darslarida pulsometriya olib borishdan asosiy maqsad, darsdagi yuklamani o’quvchilarning ѐshiga, tayѐrgarligiga, mashg’ulot utkaziladigan joyning sharoitiga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Pulsometriya ma’lumotlarini to’g’ri taxlil qila bilish esa talabalarga keyinchalik o’z harakatlarini obe’kti baholashga va sinf o’quvchyalariga yuklamalarni to’g’ri rejalashtirishga, boshkarish usullarini egallashga, ѐrdam beradi. Kuzatuv sekundomer ѐrdamida bir o’quvchi ustida olib boriladi. Buning uchun hulqi yaxshi, o’qituvchining
topshiriqlarini faol va vijdonan bajaradigan o’quvchi tanlab olinadi. Ushbu o’quvchi kuzatuv obyekti haqida oldindan ogohlantirilishi kerak.
Pulsni birinchi bor darsga qo’ngiroq chalinishiga 5 minut qolganda o’lchanadi. Bunda kuzatuvga, shug’ullanuvchi o’quvchining tinch holatda ya’ni uning puls ko’rsatkichi normal holatda ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Puls - lotincha turtki - tomir urishi, yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi: kengayib-torayishi demak.
Sog’lom kishilarda puls 1 minutda 60 marta tomir urishiga teng. Bolalarda kattalarga nisbatan puls ortiqroq, qiz bolalarda esa o’g’il bolalarga nisbatan bir muncha ortiqroq bo’ladi.
Puls asosan bilakning ichki yuzasida, bilak arteriyasi sohasida, aniqlanadi. Buning uchun tekshiruvchining bilagini bilakka usti bo’g’imi qismi qo’l bilan shunday ushlash kerakki, bosh barmoq bilakning ikki tomonida, boshqa barmoqlar esa uning yuzidagi pulslanuvchi bilak arteriyachasining paypaslanuvchi terisini bosadigan bo’lsin. Puls 10 sekund mobaynida o’lchanadi.
Pulsning birinchi bor o’lchashda kuzatuvchi pulsining puls ko’rsatkichi normal holatda bo’lishiga erishish lozim. Buning uchun kuzatuvchi jismoniy tarbiya darsidan oldin bo’lgan darsdan chiqishga qo’ng’iroq chalinishi bilan sinfga kirishi va kuzatuvchi o’quvchining pulsini o’lchab, pulsni hisobga olish protokoliga ѐzib qo’yishi kerak. Tomir urishini o’lchash keyingi oraliqlari bajariladigan ishning xarakteriga bog’liq holda, har xil vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Tomir urishini qo’yidagicha o’lchash tavsiya etiladi.
1 .Agar ish xususiyati doimiy bo’lsa, saflanish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va h. k. har 3 minutda, 3 minutdan kam oraliqda tomir urishini o’lchash maqsadga muvofiq emas ѐki har bir asosiy mashq tugagandan keyin o’lchash kerak.
Chunki o’quvchini tez tomir urishini o’lchash uchun jalb etish, darsdagi haqiqiy yuklamani aniqlashga ѐrdam bermaydi:
2. Har bir dars qismi tugagandan so’ng.
3. Katta kuchlanishni talab etadigan yugurish, gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, yugurib kelib sakrash, estafeta bosqichini tugatish va h.k., murakkab mashqlarni bajargandan so’ng.
Oxirgi ikki talabni bajarish shart, lekin birinchi talab bundan istisno. Masalan, 9 minutda tomir urishi o’lchanishi kerak edi, lekin darsni borishidan ko’rinib turibdiki, 1 -2 minutdan so’ng, darsni tayѐrgarlik qismi tugaydi. Bunday hollarda pulsni 9 minutda emas, balki 10-11 minutlarda o’lchash maqsadga muvofiq. Agar kuzatilaѐtgan o’quvchi mashq bajaribturgan bo’lsa, yuqoridagi vaziyat qaytarilishi mumkin.
Tomir urishi o’lchangandagi ma’lumotning taxlili:
Dars aralash shaklda olib borildi. O’quvchilar jismoniy tarbiya darsidan oldin matematika darsida bo’ldilar. Dars boshlanishidan 5 min oldin kuzatiluvchi o’quvchining tomir urishi 1 minutda 72 ta edi. 3 minutdan so’ng o’quvchining tomir
urishi 78 taga ko’paydi. Buning sababi o’quvchi tinch holatdagi yurishga o’tganligida, chunki (yurganda) tinch turish holatiga qaraganda odam organizmiga ma’lum mikdorda yuklama ta’sir etadi, yurak ishi tezlashib, tomir urishi ham ko’payadi.
Yugurishdan so’ng o’quvchining tomir urishi 168 taga ko’payadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqdan so’ng o’quvchining tomir urishi ancha pasaydi.

Download 53.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling