I bob. Jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar faoliyatini tashkillash
Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarida o’quvchilar faoliyatini tashkillash
Download 56.41 Kb.
|
91-7798299
1.1.Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarida o’quvchilar faoliyatini tashkillash
Mamlakatimizda «Sog‘lom avlod vuchun» keng kо‘lamli chuqur о‘ylab chiqilgan о‘ta hayrli ish xalq tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Davlatimizning hozrigi kuni va istiqloli yoshlarni sog‘lom qilib tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. О‘zbekiston Respublikasining «Taolim tо‘g‘risida»gi qonuniga kо‘ra (7-modda) davlat taolim standarti, davlatning taolim sohasida о‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlarning aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir. О‘qituvchining muvaffaqiyat bilan ishlashni muhim sharti bu dastur materialini tо‘g‘ri rejalashtirishdir. О‘quv ishlarini rejalashtirganda о‘quvchi yashayotgan xududning iqlim-geografik xususiyatlarini, maktabni moddiy-texnika bazasini, dasturning har bir bо‘limi materiallarining muvaffaqiyatli egallash uchun ketadigan ilmiy asoslangan vaqtni hisobga olish zarur. Rejalashtirishda о‘quv yuklamasining barcha qismlarini takrorlash miqdori, mashg‘ulotlarda о‘quv yuklamasini asta-sekin va tо‘lqinsimon oshirib borish kerakligini inobatga olish lozim. Bilimlarni rejalashtirish kо‘nikmalarining shakllanishi, harakatlanish qobiliyatlarining rivojlanishi va ahloqiy, irodaviy sifatlarning tarkib topishi bilan ham bog‘liq bо‘ladi. О‘quv ishlarini rejalashtirishda о‘quvchilarga berilgan va о‘zlashtirilgan mashqlarni shunday rejalashtirish kerakki, ular shu vaqt ichida yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini о‘zlashtirib olishlari kerak. Yengil atletika turlarini balandlikka sakrash uchun maktabda sharoit yо‘q bо‘lsa, uni boshqa mashq bilan, yaoni uzunlikka sakrash bilan almashtirish mumkin. Sport о‘yinlari bо‘limi о‘tilayotganda sport о‘yinlarini har birini chuqurlashtirib о‘tishga harakat qilish kerak. Chidamlilikni rivojlantirish uchun turli estafetalar, aylanma trenirovka, о‘yinlar, ikki tomonlama о‘yinlar, aerob va aerob holatlarini rivojlantiradigan davomiyligi 20 sek 18 min bо‘lgan о‘yinlar qо‘llaniladi. «Dastur bо‘limi» grafasini har bir sport turi bо‘yicha asosiy faoliyati shakli yoziladi. Masalan, «Yengil atletika» 60 m, 1600 m uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash, tо‘pni uloqtirish, mokisimon yugurish mashqlari. Keyin sport о‘yinlaridan «Basketbol» sport turi bо‘yicha yoziladi. «Soatlar soni» grafasiga, sport turlari bо‘yicha belgilangan soatlar о‘tkaziladi. Bunda har bir о‘qituvchi maktabdagi sharoit va anjomlari hamda о‘zini mutaxassisligini hisobga olgan holda soatlarni choraklarga taqsimlaydi (bunda taqsimlash tamoyiliga rioya qilish zarur). 1-IV-chorakda qoidagi asosan yengil atletika sport о‘yinlari, futbol, suzish mashg‘ulotlarini ochiq havoda о‘tkazish rejalashtiriladi. II-III-chorakda (zalda) gimnastika, sport о‘yinlari, kurash rejalashtiriladi. Masalan, yengil atletika I-IV choraklarda (8, 10 nisbatan), gimnastika II-III chorakda (6-8 soat), sport о‘yinlari – hamma IV-chorakda (chunki zalda ham, ochiq havoda ham о‘ynash mumkin. 1-chorakda-6, 2-chorakda-4, 3-chorakda-6, 4-chorakda-4 soat). Futbol esa I-IV-choraklarda (4 soatdan –12 soat) rejalashtiriladi. Yengil atletika, gimnastika va boshqa sport turlarida bir necha tur faoliyati bо‘lganligi sababli ularni choraklarga aniq tarqatish zarur. 1-chorakda yengil atletika tezkorlik, koordinatsiya qiyinchiligi kam bо‘lgan turlar (60 m yugurish, mokisimon yugurish, uzunlikka sakrash), IV-chorakda esa (bolalar gimnastikasi, sport о‘yinlari, kurash bilan shug‘ullanib kelganlaridan keyin, harakat koordinatsiyasi oshadi, kuchli va chidalilik bо‘lishadi) balandlikka sakrash, tо‘pni uloqtirish, 1600 m yugurish mashqlari beriladi, bular yoki daqiqalarda beriladi. II-chorakda gimnastikadan, akrobatika, kanatga chirmashib chiqish, tayanib sakrash, osilish va tayanish mashqlarini rejalashtirish kerak (ular daqiqalarda beriladi). Saf mashqlarini qaysi turdagi dars bо‘lishidan qatoiy nazar har tо‘rt chorakda taqsimlanadi. Sport о‘yinlari IV-chorakga taqsimlagani sababli, ularni texnik murakkabligi bо‘yicha, I-chorakda-tо‘pni olib borish, uzatish va ilib olish, II-chorakda olib yurish, tо‘pni savatga tashlash, III-chorakda-tо‘pni uzatish, olib yurish, bir-biriga tashlashlar, oddiy qoida bо‘yicha ikki tomonlama о‘yinlar, IV-chorakda esa shuni о‘zi, lekin tartibga tushirilgan о‘yin qoidasi bilan о‘ynash rejalashtiriladi. Xuddi shu uzluksizlik tamoyiliga о‘xshab I-III-IV-choraklar bо‘yicha futbol materiallari 4 soatdan taqsimlanadi. Shu bilan birga sport turlari bо‘yicha takrorlash sonini kо‘paytirish uchun (soati kam bо‘lgan turlarda) boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini diqqatini sо‘ndirmaslik uchun) darslar tо‘liq va kompleks darslarga bо‘linadi. Masalan, 1-chorakda yengil atletika 8 soatga rejalashtirilgan bо‘lsa, 4 soat tо‘liq dars, 4-soati sport о‘yinlari va 2 soati futbol bilan birlashib kompleks dars tuziladi. Futbol bilan darsda kо‘pchilikni jalb qilish mumkin bо‘lgani uchun faqat tо‘liq darslar ham о‘tish mumkin. Lekin yengil atletikani 8 soatida harakat kо‘nikmalarini egallash qiyin bо‘lgani uchun, u tо‘liq 8 ta kompleks dars qilib о‘tkazish mumkin. Xuddi shu tamoyil bо‘yicha boshqa choraklarda ham darslarni tо‘liq va kompleks qilib о‘tkazish mumkin. Masalan, 3-chorakda 8 soat gimnastika, 6 soat basketbol, 4 soat futbol, 2 soat harakatli о‘yinlar berilgan (grafikaga qarang). Rejalashtirishni quyidagicha qilish mumkin: 16 soat gimnastikadan kompleks dars, basketboldan 2 ta tо‘liq, 4 ta kompleks dars, 4 futbolni 8 ta kompleks va 2 soat harakatli о‘yinlarni 4 soatli kompleks dars qilganda (gimnastika – 16, basketbol 4q8 soatq4 harakatli о‘yinq16)q18 soat dars bо‘ladi. Qolgan choraklarda ham xuddi shu tamoyilga qarab soatlar tо‘liq va kompleks darslarga bо‘lib о‘rgatiladi. Har darslik ish rejasini tuzish uslubiyati Yillik grafik asosida har bir chorak uchun har darslik ish rejasi tuziladi (2-jadvalga qarang). Dastur bо‘limlarining vazifalari grafasida bir chorak uchun taolim berish ma’lum harakatlarni takomillashtirish vazifalari qо‘yiladi. Keyin grafikka binoan har bir dars aniq qilib shu mashqni bajarish uchun vositalar tanlanadi. Masalan, 1 dan 6 darsgacha futbol rejalashtirilgan bо‘lsa, har bir dars ish rejasiga vosiatalar tanlab yoо‘iladi. Xuddi shunga о‘xshab mokisimon yugurish, 60 m ga yugurish, 1 darsdan boshlab 16 darsda uzunlikka sakrash 15 marta, shundan 6 dars 60 m ga yugurish bilan 6 dars mokisimon 4x10 m ga yugurish bilan va 8 ta basketbol bilan qо‘shilib keladi. Shu sababli 12 ta darsda ketma-ket hamma taolim tayyorgarlik va maxsus mashqlar yoziladi. Bu esa darslarni yakunida о‘quvchini meoyorlar topshiriga va shu mashq texnikasini о‘rganishga olib keladi. Shunday qilib har darslik ish rejasini о‘qituvchi ketma-ket kerakli vositalarni tanlash bilan bajaradi. Tuzilgan ish rejasida shu dars uchun tо‘liq о‘quv material kiritiladi. Masalan, 2 darsda 60 m ga yugurish, uzunlikka sakrash va futbol elementlari kiritilgan bо‘lsa, hammasiga vosita tanlangan bо‘lishi kerak. - Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarining asosiy, yakuniy qismlarida tashkil etiladigan harakatli hamda kam harakatli bir nomdagi oʼyinlar oʼynalish jarayonini bolalarni yosh hususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkablashtirib borish. 5- vazifa. Bolalar qomatlarini toʼgʼri shakllantirishga taʼsir koʼrsatish va yassi oyoqlilikni oldini olish. 6-vazifa. Faol harakatga boʼlgan qiziqishni tarbiyalash. 7-vazifa. Jismoniy mashq va oʼyinlarning foydasi haqida, asosiy gigienik talablar va qoidalari haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish. Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya boʼyicha ishlarni tashkil etish. Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan bogʼliqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari sifatlar kiradi. Аmalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib rivojlantirishni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni tarbiyalash aslida bolaning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli tomonlaridir. Chunki bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir boʼladi. Lekin baribir yuqorida sanab oʼtilgan jismoniy sifatlarning har birini tarbiyalashning oʼziga xos xususiyatlari mavjuddir. Chaqqonlik-bu faoliyat davomida paydo boʼladigan kutilmagan shartsharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uygʼunligini rivojlantirish, ularning surʼati va koʼlamini, muskullarning zoʼriqishi va boʼshashi darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga moslashib moʼljal ola bilish mahorati asosida sodir boʼladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turgʼun holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik koʼrinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish roʼy beradi. Bu esa chaqqonlikni asta-sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi. Harakatlarni bajarishdagi epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim xususiyatdir. Epchillik-bu harakatni eng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U qandaydir bir signalga javob tariqasi bajarilgan harakat tezligiga (harakat reaktsiyasi deb ataladigan tezlikka), ayrim harakatlar tezligiga, shuningdek koʼp marta takrorlanayotgan harakatlarning tezligiga bogʼliq boʼladi. Harakatlarning mana shu barcha taʼrif-tavsifi, bogʼchadagi kichik yoshdagi bolalardan boshlab to katta gruppadagi bolalarda muntazam mashq natijasida oʼsib boradi. Chaqqonlik va epchillikning rivojlanishiga oʼyin va mashqlarni muntazam bajarib borish orqali erishiladi. Bunda atrofdagi muhit sharoitning oʼzgarishiga qarab shugʼullanuvchilar tezlik bilan javob reaktsiyasi berishlari hamda bir harakatdan ikkinchisiga jadallik bilan oʼtishlari, tez siljishlari va topshiriqni bajarishlari muhimdir. Turli oʼyinlar hamda toʼsiqlarni engib oʼtish, toʼxtab-toʼxtab, burilishlar bilan bajariladi birdan berilgan signal boʼyicha xilma-xil topshiriqlarni bajarish, hatlab oʼtish, engashibemaklab oʼtish bilan bogʼliq boʼlgan mashqlar, muvozanat mashqlari, har turli sport oʼyinlari va boshqalar mana shunday chaqqonlik va epchillikni oʼstiruvchi mashqlar hisoblanadi. Kuchlilik-bu muskullarni maʼlum darajada zoʼriqtira olish qobiliyati boʼlib, chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Download 56.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling