I bob. Kichik biznesni rivojlantirish va aholi bandligini taminlashning nazariy va huquqiy asoslari


Kichik biznes orqali aholi bandligini taminlashning xorij tajribalaridan foydalanish imkoniyati


Download 299.7 Kb.
bet4/8
Sana20.12.2022
Hajmi299.7 Kb.
#1036427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TAMINLASH YO’NALISHLARI FARG’ONA VILOYATI MISOLIDA

1.3.Kichik biznes orqali aholi bandligini taminlashning xorij tajribalaridan foydalanish imkoniyati
Respublikada kichik biznesni takomillanishi va rivojlanishida chet el tajribalarni har tomondan o‘rganish, yaxshi kuzatish va xulosa chiqarib, to‘g‘ri qarorga kelish va xususiy tadbirkorlar tomonidan o‘z shaxsiy ishini tashkil etish jarayoniga muvofiqlashtirish lozim. Kichik biznesning davlat tomonidan ko‘llab-kuvvatlanishi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi kerak: budjet orqali bevosita yordam puli (masalan, AQSHda yordam puli yiliga 300 ming dollarga yaqin miqdorni tashkil qiladi). Pul hajmi kichik biznes sug‘urta qilinmagan zararlarni qoplash uchun belgilangan bo‘lishi kerak. Yordam puli innovatsiyaning xavfli loyihalarini qoplaydi va katta biznes talab qilmaydigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Davlat bank kreditlarini olishda kafil sifatida chiqadi. Shuning uchun mayda biznesga kredit olish ancha yengilrok; kichik biznes soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi kerak (Masalan, AKSHda soliqlar umumlashtirilganda foydaning 44 foizini tashkil etadi: 36 foizi milliy, 8 foizi - shtat solig‘i). Agarda firma ijtimoiy tarmoqka yoki ishlab chiqarishning rivojlanishiga ajratilgan mablag‘ni ko‘paytirsa, soliq solinadigan ulush qisqartirilishi mumkin.Masalan, Buyuk Britaniya va Italiyada yosh tadbirkorlar yuqori chegirish bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davom ettirishi haqida, shuningdek bozorga qanday chiqish mumkin, ishbilarmon sheriklarini qanday topishi haqidagi maslaxatlarni tekinga olishi mumkin. Bundan tashqari u o‘zini qoniqtiradigan narxga ijaraga imorat va xususiy biznesni boshlash uchun kerakli asbob uskuna olib, amaliy ishda sinab ko‘rishi mumkin.Germaniyada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning davlat dasturi amalga oshiriladi. Unga muvofiq, tadbirkorlarga faoliyatning dastlabki ikki yilida foizsiz kredit beriladi. Keyingi yillarda esa juda past stavkalarda yillik foizlar undiriladi. Shu tariqa tadbirkorlar bepul boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlanadi.Kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishida olingan tajribani umumlashtirish va ma’lum xulosa qilish va takliflar kiritish uchun ma’lum bir vaqt kerak.Biroq hozirdan kichik biznesning rivojlanish muammolari aniq. Bu muommolarni xal qilish maqsadida 2005 yilning o‘zida bir qancha me’yoriy xujjatlar qabul qilindiBu qarorlardagi ko‘rsatmalarning bajarilishi kichik biznes korxonalari faoliyatini yanada samarali amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.Jahon amaliyoti rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida kichik biznes ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, yangi ish o‘rinlarini barpo qilishda, bozor o‘zgarishlariga nisbatan tez moslashishda va mulkdorlar sinfini shakllantirishda alohida ahamiyatga va yuqori samaradorlikka ega ekanligini tasdiqlamoqda. Italiya tajribasi yuksak taraqqiy etgan iqtisodiyotni barpo etish uchun ishlab chiqarishni yirik korxonalar asosida qurishga hojat yuqligini yaqqol namoyon qilmoqda. Germaniyada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning davlat dasturiga muvofiq, tadbirkorlarga faoliyatning dastlabki ikki yilida foizsiz kredit beriladi. Keyingi yillarda esa juda past stavkalarda yillik foizlar undiriladi. Shu tariqa tadbirkorlar bepul boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlanadi. Iqtisodiyotning tobora integratsiyalashib borayotganligi sababli innovatsiyalar jahon iqtisodiyotining barcha sohalarida zamonaviy rivojlanish mazmuniga aylanib ulgurgani barchaga ayon va bunga innovatsiya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish orqali erishilganligini hisobga olsak, innovatsiya faoliyatining mazmun-mohiyatini bilish zarurligini anglab yetish mumkin.
Bugungi kunda jadal taraqqiy etib borayotgan fan-texnika natijasida yuqori darajadagi o’sish sur’atlari va barqaror rivojlanishning asosiy va samarali omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Zero, zamonaviy taraqqiyotni innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz tasavvur bo’lmaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida ilm-fan va iqtisodiyotning uzviy aloqasi tobora kengayib bormoqda. “Kuchli fan – kuchli iqtisodiyot” iborasi nafaqat bugungi kun uchun balki insoniyat kelajagi uchun ham dolzarb bo’lib qolmoqda.
Innovatsiya faoliyatining bugungi kunda hayotimizning mazmuniga aylanib borayotganligi va o’z kelajagimizni qurishda maqsadlarimizni amalga oshirish jarayoniga tobora chuqur kirib borayotganligi, shu bilan bir qatorda yangi-yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganligi mazkur atamaning mazmunini o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda intilishlarni tobora kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan ko’plab iqtisodchi-olimlar tomonidan innovatsion faoliyatga doir turli talqindagi ta’riflar keltirilmoqda. Ular bir-biridan keskin farq qilmasa-da, lekin innovatsiyaning ma’lum bir jihatlari, xususiyatlari orqali tafovutni sezish mumkin. Quyida innovatsion faoliyat tushunchasiga berilgan ba’zi ta’riflarni keltiramiz.
Rus olimlaridan Folomyev A.N. “Innovatsiya faoliyati – tugallangan ilmiy-tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijalarini o’tkazishga qaratilgan jarayon”7 degan tushunchani keltirgan bo’lsa, Glushenko V.V. va Glushenko I.I. tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra: “innovatsiya faoliyati – ishlab chiqariluvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, yangilash va sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish, ularning kelgusi joriy etilishi bilan bog’liq texnologiyalarni takomillashtirish va ichki hamda tashqi bozorlarda samarali amalga oshirilishiga yo’naltirilgan faoliyat”ni anglatadi8.
O’zbekistonda ham innovatsiya sohasida keng ko’lamda ilmiy-izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan iqtisodchi olimlar bo’lib, ular ham innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasiga o’z tadqiqotlari asosida turli talqindagi ta’riflarni keltirganlar. Jumladan, E.Egamberdiyev va X.Xo’jaqulovlar tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra “Innovatsiya faoliyati – texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq faoliyat”9dir.
Ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Biz o’z tadqiqotlarimiz asosida “Innovatsion faoliyat” tushunchasiga quyidagicha ta’rifni keltirib o’tmoqchimiz: “Innovatsiya faoliyati – bu har qanday faoliyat sohasida yuqori samaraga erishish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash, takomillashgan menejment usullarini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ilmiy faoliyatdir”.
Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste’mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi.
Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagilarni kiritish taklif etiladi:
- Amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi va takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik ishlar bajarish;
- Yangi mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy etish uchun ishlab chiqarishni har tomonlama tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;
- Takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;
- Xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish;
- Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat;
- Innovatsion infratuzilma yaratish hamda uni rivojlantirish;
- Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
- Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish, xarid qilish;
- Yangi, takomillashtirilgan mahsulot, takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
- Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish.
Amalga oshiriladigan har qanday faoliyatning o’z obyekti hamda subyekti bo’lganidek, innovatsiya faoliyatining ham obyekti va subyekti mavjud.
Mamlakat hududida joylashgan mulk shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalar tominidan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish innovatsiya faoliyati obyekti hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat subyektlari esa quyidagilar hisoblanadi:

  • Innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik hamda jismoniy

shaxslar;

  • Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi

innovatsion tashkilotlar;

  • Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk

egalari;

  • Innovatsiyalarni joriy etish va amalga oshirishga sarmoya kirituvchi

Investorlar;

  • banklar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

  • Innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan hamda uning

infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnopark hamda texnopolislar, axborot markazlari va boshqalar.
Innovatsiya faoliyati subyektlari huquqlari tegishli qonun hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi.
Innovatsion faoliyat obyektlari va subyektlari orasidagi samarali faoliyatning mavjud bo’lishi bevosita innovatsion infratuzilmaga borib taqaladi, albatta. Shuning uchun ham innovatsion faoliyatning amal qilishiga ko’maklashuvchi, turli tashkilotlardan tashkil topgan innovatsion infratuzilmaning shakllanishi zarur.
Innnovatsion infratuzilma – bu tashkiliy, boshqaruv, moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, kadrlar bo’yicha, konsalting va boshqa xizmatlarni mujassamlagan, innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beruvchi innovatsiya faoliyati subyektlarining majmuasidir (1-rasm).
Innovatsion infratuzilma g’oyalar ishlab chiqaruvchi innovatorlar hamda bu g’oyalarni muayyan mahsulot va xizmatlarda mujassam etuvchi innovatorlarning mehnatini taqsimlash asosida shakllantiriladi. Ushbu mehnat turlari o’zaro bog’liq bo’lib, lekin shu bilan bir qatorda o’ziga xos hisoblanadi – agar “innovator-generator” yangi g’oyalar ishlab chiqishni tashlab, o’zining ishlanmalarini sanoat, texnologik jihatdan amalga oshirishga va ayniqsa, muayyan marketingga “yetkazish” bilan shug’ullanadiga bo’lsa, bunday holatda shu vaqt davomida yangi g’oya ishlab chiqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashib boradi yoki umuman to’xtab qoladi, bu esa kelgusida yuqori ixtisoslashuv orqali yangi g’oyalarni oxiriga yetkazish bilan shug’ullanuvchilar ish bilan ta’minlanishiga hamda ish joylariga ta’sir ko’rsatib boradi. Bu orqali infratuzilma ta’minotining bozor variantlari va bunday taqsimlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi kelib chiqishini ko’rish mumkin.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ko’plab rivojlangan mamlakatlar yuksak taraqqiyot darajasiga fan va texnika sohasidagi eng so’nggi innovatsiyalar-


Download 299.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling