I bob. Kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatda konsept tushunchasi


Download 19.36 Kb.
bet1/2
Sana31.07.2023
Hajmi19.36 Kb.
#1663916
  1   2
Bog'liq
KONSEPT TUSHUNCHASI


I BOB. KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT TUSHUNCHASI

Mamlakatimizda keyingi yillar mobaynida o‘zbek tilshunosligitaraqqiy qilib, takomillashib bormoqda. Boshqa fanlarning o‘zaro integratsiyalashuvida tilshunoslik fanining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.Shu boisdan ham asli falsafiy tushuncha hisoblangan konsept so‘ziso‘nggi paytda tilshunoslikninghamo‘rganishobyekti sifatidaahamiyatberilmoqda.Konsept, halollik konsepti tushunchalariga to‘liq ta’rifiga izoh berishga, konseptual asosini yoritishgaharakat qilamiz. Konsept zamonaviy tilshunoslikdagi lingvomadaniy sohaning birligi hisoblanadi, chunki u til, jamiyat va uning madaniyati to‘g‘risidagi bilimlarni aks ettiradi. Konseptlartilda madaniyatni aks ettiradi va inson ongida olam tasvirini shakllantiradi. Konsept tafakkurning operativ mazmun birligi, tizimlashtirilgan bilimning birligi yokikvantidir”1. “Konseptlar – bu inson fikrlash jarayonida foydalanadigan ideal, mavhum birliklar, ma’nolardir.Ular olingan bilimlar tajriba, insonning real borliqni idrok etishi natijalarining mazmunini muayyan birliklar,“kvantlar” ko‘rinishida aks ettiradi”2. Turli konseptlar leksikasining semantik izohlanishi, muayyan birliklar majmuasiga aloqadorligi bilan xarakterlanadi.



“N.N. Boldiryevning ta’kidlashicha, “tilde konsept alohida so‘zlar va so‘z birikmalari,frazeologik birliklar, gaplar va butun matnlar vositasida verballashgan bo‘lishi mumkin”3. Aytish joizki, “halollik”konseptilingvomadaniy tushuncha bo‘lib, u inson tafakkurida, dunyoqarashida ifoda qilinadi.Mazkur lingvomadaniykonsept milliylik va odamiylik fazilatlarining shaklllanib va rivojlanib borishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan umuminsoniy tuyg‘udir. “Halollik” konsepti frazeologikbirliklar, gaplar, butun matnlar vositasida ifodalanishiuning asl mohiyatini tushunib yetishga xizmat qiluvchi sintaktikbirlik va lisoniy sath sanaladi.
So‘nggi yillarda nazariy tilshunoslikda yetarlicha muvaffaqiyatli tadqiqotlar olib borildi va zamonaviy tilshunoslik hamda uning yangi paydo bo‘lgan sohalarini o‘rganish tadqiqotchilarni e‘tibor markaziga tushib ulgurdi. Kognitiv (“cognition” – bilish, “cognize” – bilmoq, tushunmoq, “cognitive” - bilishga oid, “cognitation” – aql, tafakkur) lingvistika zamonaviy tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida kognitiv fandan vujudga kelgan.Kognitiv lingvistikaning boshqa kognitiv fanlar o‘rtasidagi farqi uning kognitiv materiali bilan bog‘liq hodisa, ya’ni kognitiv lingvistikaning ongni o‘rganish materiali - til.XX asrning 90 - yillarida tilshunoslikda kognitiv lingvistika bilan bog‘liq konseptologik tadqiqot ishlari boshlana bordi.Konseptsiya ma’lum tadqiqotlar mobaynida bir qancha talqinlar bilan ko‘zga tashlanadi. Misol uchun lotin tilidan tarjima qilinganda “conceptus” – tushuncha degan ma’noni anglatadi , ammo shu bilan birga konsept o‘zida tushunchaga nisbatan kengroq ma’nolarni ifodalaydi . U ma’lum belgi haqidagi bilimlar , narsa va hodisa haqidagi har bir lisoniy jamoaga xos tushunchalar mazmunini ifodalaydi. Til esatushunchalarni ifodalashning samarali vositasidir .
Quyida biz tadqiq etmoqchi bo‘lgan konseptologiya ham kognitiv tilshunoslikning bir yo‘nalishi hisoblanib, uning o‘rganilish obyekti konsept(konseptsiya)dir. Zamonaviy tilshunoslikda mavjud bo‘lgan konseptni aniqlash muammosi bilan konsept va til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar muammosi o‘zaro bog’liq hodisa. Hozirgi kunda konsept atamasiga doir bir qancha qarash va nazariyalar mavjud. Shu jumladan, Yu.S.Stepanov konseptni “inson ongida madaniyat o‘chog’i, bu madaniyat shaklida insonning aqliy olamiga kiradigan narsa”deya ta’riflashini konsept lingvokulturologiyada eng ko‘p qo‘llanuvchi birlik ekanligi bilan bog‘lasak to‘g‘ri bo‘ladi. Shuningdek, Y.S.Stepanov ta’kidlaganidek, “konsept” bu ma’lum so‘z bilan birga keladigan g’oyalar, tushunchalar, bilimlar, uyushmalar, tajribalar to‘plami”. Konsept bir xil darajadagi kognitiv xususiyatga ega tushuncha hamda ma’no birligidan iborat birlik: tushuncha – tafakkur birligi, ma’no – tilning semantik birligi.
Konsept ong materiali o‘laroq, inson ongida psixik izlar va assotsiatsiyalar bilan mavjud. Lingvokognitiv konseptologiya kontseptsiya tushunchasidan lingvistik vositalar yordamida modellashtirilgan milliy kognitiv ong birligining belgisi sifatida, milliy tushuncha sohasini modellashtirish va tavsiflash uchun foydalanadi.Uning nutqda lingvistik vositalar orqali reallashuvi vositalar turiga ko‘ra konsepti hamtasniflash imkoniyatini beradi:leksik(so‘z), frazeologik(ibora) , sintaktik(gap), semantik(intonatsiya) vositalar orqali va hokazo.
Ayni paytda tilga antroposentrik yondashuv tilshunoslik sohasining eng so‘ngi yutuqlarini o‘zida mujassam etib,mustaqil paradigm sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Ko‘plab tadqiqotchilarning e’tirof etishicha ,kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya antroposentrik paradigmaning yetakchi yo‘nalishlari hisoblanadi.
O‘tgan asrning so‘ngi choragida o‘zining ilk qadamlarini qo‘ygan kognitiv tilshunoslik XXIasr boshodayoq lingvistikaning peshqadam sohalaridan biriga aylanib ulgurdi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi amerikalik olimlar J.Miller, J.Bruner, J.Lakoff, R.Langaker, R.Jakendoff va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog’lanadi. Kognitiv tilshunoslik tilni falsafadagi bilish nazariyasi bilan bog’lab, uning hosil bo‘lishidagi psixologik,biologik va eyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy,madaniy va lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini ilmiy tadqiq etuvchi soha hisoblanadi.
Kognitiv so‘zi inglizcha “ cognize-bilmoq,anglamoq,tushumoq” demakdir. Kognitiv tilshunoslik “chegaradosh fan” bo‘lib, kognitologiya, kognitiv psixologiya, psixolongvistika, lingvistika kabi sohalar to‘qnashuvida vujudga keldi. 1975-yilda J.Lakoff va S.Tompsonning maqolasida “kognitiv grammatika”termini paydo bo”ldida 80-yillarda yevropaning an’anaviy tilshunosligida kognitiv tilshunoslik qaror topdi. Rus tilshunosligiga esa kognitiv lingvistika V.I.Gerasimovning (“Novoevzarubejnoylingvistike”,1988) ilmiy maqolasi bilan kirib keldi. Rus tilshunosligining yana bir atoqli vakili E.S.Kubryakova quyidagicha fikr bidiradi:”Kognitologiya ko‘p qirrali fan sohalaridandir. Uning doirasida shakllangan tilshunoslik,o‘z navbatida, murakkab vazifa.

Download 19.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling