Lyovshin qoidasi bo‘ysunishi:
Agar asosiy va qo‘zg‘atilgan holatlarda qavatcha sonlari to‘g‘ri kelsa.
Qavatcha orasi har bir holatda bir xil bo‘lsa.
Lyovshin qoidasini matematik ifodasi:
yul0. yul2(yu0)
bunda yu va l-nur yutilishini va lyuminessensiyani simmetrik chastotalari.
0-simmetriya chizig‘ini chastotasi.
Bu tenglamalardan ko‘rish mumkin: yul va yu lar, bir-biri bilan to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishda bo‘ladi. Ordinatadan , absissadan yu sonlari qo‘yib chiqilsa, ko‘zgu simmetriyasi qoidasi bajarilganda to‘g‘ri chiziq olish mumkin. Burchakning tangensi 2 ga teng bo‘ladi.
Ko‘zgu simmetriyasi qoidasi yutish yoki lyuminessensiya spektrining biri bo‘lsa, ikkinchisining grafigini tuzishga imkon beradi.
YUtilish va nurlanish spektrlarining ko‘zgu simmetriyasi faqat murakkab molekulalar uchun mavjud bo‘lib, oddiy molekulalarda kuzatilmaydi.
Bu qoidadan foydalanib elektronning o‘tish chastotasini topish mumkin. Ba’zi moddalarning nurlanish spektri orqali uning yutilish spektrini topish mumkin (yu ni topish qiyin bo‘lgan hollarda).
Ko‘zgu simmetriyasining hosil bo‘lishi molekulaning qo‘zg‘algan va normal holatdagi spektrlarining o‘xshashligi, molekulalararo ta’sirlanish kuchlarining o‘zgarmasligini ko‘rsatadi. YUtilish spektri ko‘pincha ulьtrabinafsha yoki ko‘rinuvchi nurning boshlang‘ich qismida bo‘ladi.
1.3 Sifat va miqdoriy lyuminessensiya analiz usuli
Nur oqimi konsentratsiyasi S bo‘lgan eritmadan o‘tganda bir qismi yutiladi. Lekin yutilgan nurning bir qismigina fluoressentlanadi va bu miqdor lyuminessensiyaning kvant chiqishi-Vl bilan ifodalanadi:
Ilq BlIyu
Nurning yutilish intensivligi Iyu tushayotgan nur bilan eritmadan o‘tgan (eritma qalinligi I0) nurning (I1) farqiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |