I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…
Mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari
Download 1.21 Mb.
|
I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…
Mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari.
Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish deganda, mahsulot sifatini, parametrlarini, xususiyatlarini va ekspluatatsion xususiyatlarini oʻzgartirmaydigan (buzuvchi usullardan farqli oʻlaroq) bilvosita belgilar orqali nazorat qilish tushuniladi. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari uchun dastlabki ma'lumotlar mahsulotning turli fizik parametrlarini qayd etishda aniqlangan nuqsonlar mavjudligihaqidagi har xil anomaliyalardir. Bu issiqlik nurlanishi oqimining buzilishlari; maxsus nazorat qoplamalarining rangi oʻzgarishi; ultratovush yoki elektromagnit toʻlqinlarning tarqalishi, aks etishi va yutilishi, korpuskulyar oqim va boshqalarda kuzatiladigan turli xil oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Anomaliyalarning tabiati boʻyicha mahsulotdagi nuqsonlarning mavjudligi, ularning xususiyatlari (nuqson turi, hajmi, shakli, joylashishi) va sabablari haqida xulosalar chiqariladi. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining afzalliklarini quyida keltirib oʻtamiz: - mahsulotning asosiy parametrlarini aniqlash va oʻlchash ishlari uni ishlab chiqarish, sinovdan oʻtkazish, ishlatish yoki ta‘mirlash jarayonlarida ish rejimini buzmasdan va uning xususiyatlarini oʻzgartirmasdan amalga oshirilishi mumkin; - mahsulot sifatini dinamik rejimda, shu jumladan tezlashtirilgan nazorat qilish imkoniyati mavjud; - texnik xizmat koʻrsatish vaqtida nazoratning obyektivligi va ishonchliligini oshishi; - mahsulotning sifatiga ta‘sir etuvchi, yashirin koʻrinishdagi (chuqur joylashgan) turli havo boʻshliqlari, koʻp qatlamli mahsulotlarda qatlamlarning ogʻishi kabi nuqsonlarni aniqlash imkoniyati mavjudligi; - mahsulot ekspluatatsiyasi jarayonida halokatli zararlar yetkazilishining oldini oladigan profilaktika chora sifatida foydalanish mumkinligi; - mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari juda aniq, ishonchli va sezgirligi yuqori. Ushbu usullardan foydalanish va sinov natijasini tahlil qilish mahsulot parametrlarini yaxshilashga va optimal konstruksion yechimlarini topishga yordam beradi; - mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining tannarxi bir xil mahsulot parametrlarini oʻlchash uchun ishlatiladigan putur yetkazib nazorat qilish usullarning tannarxiga nisbatan ancha past; - mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirilishiga olib keladi, chunki past sifatli qismlar mahsulot ishlab chiqarishning dastlabki bosqichidayoq aniqlanadi; - mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilishning zamonaviy usullari mahsulotlarni 100% nazorat qilish va koʻp hollarda nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining putur yetkazib nazorat qilish usullarga nisbatan biq qancha afzalliklariga qaramay, ularning oʻziga xos kamchiliklari ham bor: - mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari, bilvosita usullardir (masalan, qotishmalar yoki metallardagi metall boʻlmagan qoʻshimchalarni aniqlash uchun elektromagnit maydonlar intensivligini oʻzgartirib, nazorat qilinadigan mahsulotda nuqson mavjudligini baholaydilar); - mahsulotning xizmat qilish muddati va ishonchliligiga ta'sir qiluvchi ba‘zi bir nuqsonlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari yordamida aniqlash mumkin emas. - sinov natijalari asosan miqdoriy emas, balki sifatiy xarakter kasb etadi. Ularning yordami bilan nuqsonni aniqlash yoki ishlamay qolish mexanizmini kuzatish mumkin, ammo umuman, mahsulotning ishlash muddatini buzilishdan oldin aniqlash mumkin emas; - putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining natijalari malakali dekodrlash va sharhlashni, shuningdek koʻplab tayyorgarlik ishlarini, ya‘ni bir xil turdagi mahsulotlarni tekshirish, nuqsonlarni aniqlash uchun namunalarini tayyorlash (nuqsonlar jadvalini tuzish), shuningdek, texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻ qitishni talab qiladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling