Mahsulotlarni hayotiy jabhalarda tekshirish mundаrijа
Download 1.09 Mb.
|
Boyeva Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II HISOBIY QISMI Sut analizatorlari yordamida uning tarkibini tekshirish III METROLOGIK QISM 1 III XАVFSIZLIK QISMI.
- IV XULOSА. V FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXАTI. KIRISH.
Mahsulotlarni hayotiy jabhalarda tekshirish MUNDАRIJА KIRISH…….……………………………………………………………………...... I TEXNOLOGIK QISM Sut sifatiga qo'yiladigan talablar: GOST, fizik-kimyoviy ko'rsatkichlar Sutni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o`tkazish Sutni tekshirish usullari II HISOBIY QISMI Sut analizatorlari yordamida uning tarkibini tekshirish III METROLOGIK QISM 1 III XАVFSIZLIK QISMI. Mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitish............. Tekshirish jarayonidagi xavfsizlik qoidalari……………………………… Mashina, jihoz va qurilmalarni o`rnatish, ta`mirlash va foydalanishda mehnat xavfsizligi…………………………… IV XULOSА. V FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXАTI. KIRISH. «Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi» o‘quv fanining maqsadi – oziq ovqat tovarlarini ekspertiza qilishning ahamiyati, har bir guruh oziq-ovqat tovarlarining sifat ekspertizasini o`tkazishning o`ziga xos-xususiyatlari haqida nazariy va amaliy bilimlarni berishdan va amaliy ishlar bajarishga o`rgatishdan iboratdir. Ekspertiza (lotincha-tajriba) - bu fan, texnika, iqtisod, savdo va boshqa sohalarda maxsus bilim talab qilinadigan ma`lum bir masalalarni yechish uchun mutaxassis-ekspertlar tomonidan tadqiqotlar olib borish demakdir. Ekspertiza xalq xo`jaligining turli sohalarida qo`llaniladi va uning quyidagi turlari mavjud: a) tovar ekspertizasi; b) texnologik ekspertiza; v) sud ekspertizasi; g) huquqshunoslik sohasida ekspertiza; d) tibbiy ekspertiza; e) auditorlik ekspertizasi; j) ekologik ekspertiza va h.k. Ekspertiza o`tkazish tarixi qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi. Lekin, ekspertizaning metodologik asosi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlana boshladi. Shu asoslarni bilmasdan turib ekspertizani yuqori darajada o`tkazish mumkin emas. Shu sababli ham bu o`quv fanining maqsadi, vazifalari, ob`ekti va sub`ektlarini aniqlash zarur. Iste`mol tovarlari bozorida raqobatni tashkil etish, sifatini takomillashtirish hisobiga tovarlarning raqobatbardoshligini ta`minlash zaruriyati ekspertiza uslublarini yaxshi o`zlashtirgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab etmoqda. Yuqori bayon etilgan maqsadlarga erishish uchun «Oziq-ovqat tovarlari ekspertizasi» fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: a) «Oziq-ovqat tovarlari ekspertizasi» fanining strukturasiga kiruvchi ekspertiza elementlarini aniqlash; b) tayanch iboralar, atamalar va qoidalarni o`rganish; v) oziq-ovqat tovarlari ekspertizasi qo`llaniladigan sohalarni aniqlash va ularni o`tkazishning asosiy va tamoyillarini aniqlash; g) oziq-ovqat tovarlarini ekspertiza qilish usullari va uslublarini o`rganish; d) oziq-ovqat tovarlarining sifatini ta`minlashdagi huquq va majburiyatlarni o`rnatish; e) oziq-ovqat tovarlarini ekspertiza o`rnatish uchun zarur bo`ladigan jihozlar va uslublarni o`rganish; j) oziq-ovqat tovarlari ekspertizasini o`tkazishni tashkil qilishni bilish; z) oziq-ovqat tovarlari ekspertizasi o`tkazishda zarur bo`ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish va natijalarni tahlil qilish qoidalarini bilish va boshqalar. Har qanday fanni o`rganish, avvalambor unda qo`llaniladigan asosiy tushunchalarga ta’rif berishdan boshlanadi. Bu fandagi xuddi shunday tushunchalarga «Oziq-ovqat», «Oziq-ovqat mahsuloti», «Oziq-ovqat xom ashyosi», «Oziq-ovqat mahsuloti muomalasi», «Oziq-ovqat mahsulotining sifati», «Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi», «Ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar», «Oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati», «Oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish», «Toksikologik – gigiyenik ekspertiza» kabilar kiradi. Ko‘pchilik hollarda har xil me’yoriy hujjatlarda bir xil tushunchalarga turlicha ta’riflar berish hollari uchraydi. Bu esa ularni amaliyotda qo‘llashda ba’zi bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli bu tushunchalarni asosiy qonunlarda qanday keltirilgan bo‘lsa aynan shunday tarzda bayon etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biz ham shu tamoyilga amal qilgan holda bu fanda foydalaniladigan asosiy tushunchalarning mazmunini 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonuniga asoslanib keltiramiz. oziq ovqat – oziq-ovqat xom ashyosidan tayyorlangan hamda natural yoki qayta ishlangan holida iste’mol qilinadigan mahsulotlar; · oziq-ovqat mahsuloti – oziq-ovqat xom ashyosi, (shu jumladan, etil spirti), oziq-ovqatlar (shu jumladan alkogolli ichimliklar) va ularning tarkibiy qismlari, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqatlarga tegib turadigan moddalar, materiallar, yordamchi va qadoqlash materiallari hamda ulardan tayyorlangan buyumlar birga; · oziq-ovqat xom ashyosi oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan o’simlik, hayvonot, mikrobiologiya, shuningdek, minerallar ob`ektlari, suv; · oziq-ovqat mahsuloti muomalasi – oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum shartlar bilan sotish, yetkazib berish va topshirishning boshqa shakllari; · oziq-ovqat mahsulotining sifati – oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizligini ta’minlaydigan me’zonlar majmui; · oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi – oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga mosligi; · ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar – oziq-ovqat xom ashyosini qayta ishlash yo‘li bilan yoki sun’iy usulda qilingan hamda bevosita ovqat bilan birga iste’mol qilishga yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shishga mo‘ljallangan tabiiy aynan o‘xshaydigan biologik faol moddalarning konsentratlari; · oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati) – bu muddat davomida oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashish, realizatsiya qilish chog‘ida xavfsizlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan taqdirda u foydalanishga yaroqli bo‘lib turadi, bu muddat tamom bo‘lganidan keyin esa mahsulot odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lib qolishi mumkin; · oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish - oziq-ovqat xom ashyosining hamda oziq-ovqatlarning xossalari va mezonlarini ataylab qo‘shiladigan tabiiy holdagi yoki sintez qilingan moddalar, birikmalar; · toksikologiya-gigiyena ekspertizasi - oziq-ovqat mahsuloti ustidan amalga oshiriladigan bir turkum laboratoriya tadqiqotlari bo‘lib, ular mavjud normalar va qoidalar bilan qiyoslashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanining ob’ektlari materiallashgan oziq-ovqat xom ashyolari va oziq-ovqat tovarlari hisoblanadi. Mazkur fan bo‘yicha nazariy bilimlarni bayon etishda oziq-ovqat tovarlari quyidagi guruhlarga bo‘linib, ularning sifatini ekspertiza qilishning o‘ziga xos-xususiyatlari bayon etiladi: don, un, yorma, non va makaron mahsulotlarining ekspertizasi; ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining ekspertizasi; kraxmal, qand, asal va qandolat mahsulotlarining ekspertizasi; yog‘larning ekspertizasi; sut va sut mahsulotlarining ekspertizasi; go‘sht va go‘sht mahsulotlarining ekspertizasi; baliq va baliq mahsulotlarining ekspertizasi. Shunday qilib, oziq-ovqat tovarlari ekspertiza faoliyatining asosiy ob’ekti sifatida qaraladi. Umuman tovar tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, adabiyotlarda uning ta’rifi turlicha keltirilsada, lekin tovarning iste’mol qiymatga ega bo‘lishi kerakligi alohida qayd etiladi. Adabiyotlarda keltirilgan ta’riflarni o‘rganish va umumlashtirish asosida tovarning iste’mol qiymatini quyidagicha ta’riflash mumkin. Tovarning iste’mol qiymati – ularning iste’molchilar (haridorlar, mijozlar) ma’lum ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatini ta’minlay oladigan iste’mol xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishi ko‘rsatkichlari majmuiga aytiladi. Demak, iste’molchi tomonidan harid qilinayotgan har qanday tovar, xususan oziqovqat tovarlari ma’lum bir iste’mol qiymatga ega bo‘lishi va ular iste’molchilar talabini qondirishi zarur hisoblanadi. Oziq-ovqat tovarlarining iste’mol qiymatini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri ularning inson hayoti, sog‘ligi uchun xavfsizligi eng muhim hisoblanadi. Shu sababli ham bugungi kunda hayotiy faoliyatimizda qo‘llanilib kelinayotgan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi (1993 y.), «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi (1993 y.), «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi (1996 y.), «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi (1997 y.) Qonunlarining qabul qilinishi buning yaqqol namunasidir. Oziq-ovqat tovarlari bilan ishlaydigan sub’ektlarga esa tovarshunosekspertlar, marketologlar, sotuchilar, sotuvchi menejerlar, omborxona xodimlari, oziq-ovqat laboratoriyasi xodimlari kabilarni kiritish mumkin. Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasining predmeti bo‘lib oziq-ovqat tovarlarining iste’mol qiymati, shuningdek uni bilish va ta’minlash uslublari hisoblanadi. Faqatgina oziq-ovqat tovarlarining iste’mol qiymatigina ularning tovarligini belgilaydi, ya’ni ular iste’molchilarning aniq bir ehtiyojlarini qondiradi. Agar oziq-ovqat tovarlari qiymati bo‘yicha iste’molchi ehtiyojini qondirmasa, u holda bu tovarga talab shakllanmaydi va undan foydalanilmaydi. Oziq-ovqat tovarlari ekspertizasi fani ekspertlar, tijoratchilar, marketologlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashda kerak bo‘ladigan birdan-bir fanbo‘lmasdan u tabiiy-ilmiy, matematik, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish asoslari kabi umumixtisoslik fanlari bilan birgalikda o‘rganiladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling