I bob makedoniya davlati va Aleksandr Makedonskiy
Aleksandr Makedonskiyning hokimiyat tepasiga kelishi
Download 53.25 Kb.
|
Kurs ishi Sindorov Qodir
1.2. Aleksandr Makedonskiyning hokimiyat tepasiga kelishi.
Filipp II imperiyani hoshqara turib Makedoniyani Dunay daryosidan markaziy Yunonistongacha cho‘zilgan hududda yetakchi harbiy mamlakatga aylantirdi. Uning o‘limi Osiyoga rejalashtirilgan hujumlar va barcha yutuqlarni xavf ostiga qo’ydi. Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda otasi o‘lgan vaqtda 20 yoshda edi. Bashoratchilar keyinroq uning hukmronligi haqida aytgan edilar. Garchi Filippni bir nechta xotinlaridan merosxo‘rlari bo’lsa ham, Aleksandrga Filippning butun hokimiyati merosxo‘ri sifatida qaraganlar va uning kelajagi uchun qaltiq qayg‘urganlar. Aristotel bilan birga bir nechta yunon ustozlari yunon adabiyoti va madaniyatidan ta’lim bergan. Aleksandr ulardan bir umrlik Gomerga muhabbatni va afsonaviy ajdodlari Axill va Geraklning qahramonoliklariga tenglashish yoki o’tib ketish maqsadini oldi. Aleksandrda, shuningdek, Filipp yo‘q paytida davlatni boshqarish bo'yicha amaliy tajriba bor edi va Frakiya qo’zg‘olonini bostirgan edi. U hattoki miloddan avvalgi 338-yildagi Xeroneya jangida otliq qo‘shinlariga qo'mondonlik qilgan edi5. Filippning eng keksa qo’mondoni Antipeyter Aleksandrni xavf-xatarlardan qutqarib hukmronlik ramzi bo'lgan Egey dengizidagi makedon qo’shinlarini unga taqdim qildi. Aleksandming shaxsiy mavqeyi imperiyaning dastlabki inqirozli yilida unchalik mustahkam emas edi. Bunga Filippning ba’zi amaldorlari Yunonistonni qo'ldan berish xavfi tufayli Makedoniyaning shimoliy o'lkalarini mustaqil qilishga bo’lgan harakatlari sabab bo’ldi. Yunoniston Aleksandming e’tiborini tortdi. Filippning dafn marosimi tugashi bilanoq, Aleksandr Filippning o’chini olish uchun o'zini mustaqil deb e ’lon qilgan Yunonistonning asosiy polislari Afina va Fivaga yurish qilishga qaror qildi. Aleksandr Makedoniyaning Fessaliya va Korinf Ligalaridagi gegemonligini tasdiqladi. Yunonistondan qaytgan Aleksandr mil. avv. 335-yil bahorida Filipp o‘limidan keyin Makedoniya asoratidan qulutishga harakat qilgan Tirakiya va Illiriyaga yurush qildi. Aleksandr harbiy harakatlami Danube daryosining shimoligacha uzaytirdi. Filipp II ning mil. avv. 339-yil Skutiyadagi g’alabasidan keyin kamsitilgan Triballi Aleksandrdan xotinlari va bolalari bilan yashayotgan orolga hukumronlik so’raydi. Qolgan Tirakiya qabilalari Geta va Danube orasida qolishga majbur bo’lishdi6. Download 53.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling