I bob makedoniya davlati va Aleksandr Makedonskiy
Mavzuning o’rganilish darajasi
Download 53.25 Kb.
|
Kurs ishi Sindorov Qodir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
- 1.1. Makedoniya davlatining tashkil topishi. Qadimgi yunonlar tarixining
Mavzuning o’rganilish darajasi. Bu davr O`rta Osiyo tarixi va madaniyati tarixchilar, madaniyatshunoslar, faylasuflar va san’atshunoslar tomonidan yaxshi o’rganilgan. Ayniqsa Yevropa tarixchilarining bu boradagi tadqiqotlari va izlanishlarini a’lohida ta’kidlab o’tish kerak. Lekin bu borada O’zbek tarixchilarining olib borgan ishlarini ijobiy baholab bo’lmaydi. Ya’ni juda ozchilikni tashkil etadi. Olib borilgan tadqiqotlar asosan shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qaratilgan.
Kurs ishining obyekti. Makedoniyalik Aliksandrning O’rta Osiyoga harbiy yurushlari va Bu yurushlarga qarshi harakatlar hisoblanadi. Kurs ishining predmeti. Dunyo il-faniga ulkan xissa qo’shgan Markaziy Osiyo,xususan O’rta Osiyo tarixiga Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurushlari salbiy ta’sir ko’rsatgan.Bu davrda O’rta Osiyoda ilm-fan,san’at,madaniyat,savdo-sotiq,me’morchilik,dehqonchilik singari tarmoqlar yuksak rivojlangan edi.Biroq yunon-makedonlarning yurushlari bu sohalarning barchsini izdan chiqardi.Bu yurushlar natijasida ko’plab tinch aholi vakillari ham nobud bo’lishdi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlar, avvalo, o’rta maxsus va oily ta’lim tizimlari uchun, shuningdek keng jamoatchilik, tarix fakulteti talabalari, yangi zamon madaniyati va san’at bilan qiziquvchilar, Markaziy Osiyoning tarixiga bag’ishlangan referat, mustaqil ishlar yozish jarayonida foydalanishi mumkin. Ishda qayd qilingan mulohazalar ayniqsa Markaziy Osiyo,xususan Orta Osiyoning Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyingi davr borasidagi bilimlarni chuqurlashtiradi. I. BOB. .Makedoniya davlati va Aleksandr Makedonskiy.1.1. Makedoniya davlatining tashkil topishi. Qadimgi yunonlar tarixining o'ziga xos jihatlaridan biri hududda uzoq vaqt davomida o‘z mustaqilliklarini saqlab kelgan yunon polislarining mavjud bo‘lganligidir. Ularning kichik hajmi va beqarorligi antik davrda ham hayratlanarli bo‘lishiga qaramasdan forslar hujumidan omon qolganlar. MiL aw. IV asrda xorijliklar bosqini xavfi ajablanarli holat emus edi, lekin bu xavf-xatar qudratli Fors imperiyasidan emas, balki o‘sha vaqtgacha unchalik ahamiyatga ega bo4lmagan Makedon yoki Makedoniya nomlari bilan tanilgan podsholik tomonidan edi. Makedoniyaning muvaffaqiyatlariga Afinadagi siyosiy bo’linishlar va iqtisodiy bosim hamda yunon polislarining parokandalikka uchrashi sabab bo‘lgan edi. Bulaming barchasi mil. avv. 359 yilda Makedoniya shohi boUgan noyob harbiy va diplomatic mahoratga ega Filipp II uchun imkoniyat yaratdi. Filipp II mil. aw. 382 -yilda tug‘ilgan, otasi Aminta П1 va uning Illirilyalik xotini Evridikaning farzandi bo’lgan. Plutarxning aytishicha Evridika bolalarini tarbiyalash uchun o‘qishni o‘rgangan, lekin Filippning o‘qishi akasi Aleksandr II mag‘lubiyati natijasida mil. avv. 369-367- yillarda Fivaga garov sifatida asirlikka jo’natish bahonasida to‘xtab qoladi. Uning garov sifatida ushlab turilishi unchalik katta yo‘qotish bo’lmadi. Filipp Fivada bo‘lganida Lektra ustidan gcalabasi unga zamonaviy yunon siyosati va harbiy taktikasi bo‘yicha qimmatli ma’lumotlami o‘rganishiga turtki beradi. Filipp mil. aw. 367 -yilda Makedoniyaga qaytganida mamlakatda hamon tartibsizlik hukm surardi. So‘nggi yetti yil mobaynida uchta qirol davlatni boshqargan edi Siyosiy beqarorlik Filippga kutilmagan imkoniyat hosil qildi va u Predikass o‘limidan keyin hokimiyatni egallashga da’vo qila boshladi. Filipp II mil. avv. 359-yilda Makedoniya podshosi bo‘ldi. Filipp II taxtga kelganda, Makedoniya har taraflama og‘ir iqtisodiy, siyosiy inqiroz holatida edi. Filipp П o‘zidan oldingi hukmdorlaming siyosiy harakatlaridan voz kechdi. Makedoniyani birlashtirib, davlatni mustahkamladi. Undan oldingi podsholaming markaziy hokimiyatni mustahkamlash borasidagi yagona sistemasini mantiqan tugatgan2. Shu tufayli Filipp II Makedoniyani Yunondunyosidagi kuchli davlatlardan biriga aylantirish orqali Forslar bilan raqobatlasha oladigan davlat maqomiga olib chiqqan. Filipp II birinchi bo’lib Makedoniyaning xo'jalik ishlarini rivojlantirishga bor e’tiborini qaratgan. U iqtisodiy jihatdan tog‘li hududlardan yangi yerlami o‘zlashtirib, qishloq aholisining bir qismini o‘sha yerga ko‘chirgan. Bu yangi shaharlar (masalan Filipp shahri) strategik jihatdan qulay joyga qurilganligidan tashqari iqtisodiy-harbiy tomondan hammarkaz bo‘lgan. Filipp II bor e’tiborini konlami topishga va u yerdan temir ishlab chiqarib, harbiy jihatdan armiyasini kuchaytirishga jalb etadi. Filipp П Pangeya konlarini bosib olib, u yerdagi ishlab chiqarishni kuchaytirish orqali, yiliga 1000 talant oltin foyda ko‘rgan. Bu unga o‘zining oltin tangalarini ko‘plab ishlab chiqarish imkonini bergan. Oltin va kumush tangalardan iborat katta zahiraga ega bo‘lishi Makedoniyaga Egey dengizi, Qoradengiz qirg'oqlari va Sharqiy O'rtayer dengizi hududlarida savdo aloqalarini olib borish imkonini berdi. Ulkan flot qurilishi bilan dengizda u katta o'ljalarga ega bo‘ldi. Filipp II bir necha yil Yunonistonda (Fivada) yashagani bois, yunon harbiy qismlari kamchiliklarini yaxshi bilar edi. Filipp II ning islohotlaridan biri yunon harbiylarining kuchli taraflarini o‘z armiyasiga joriy qilganida edi. Asosiy harbiy tuzilishga kiritilgan o’zgarishlardan biri sifatida og‘ir qurollangan piyoda qismlarini joriy qildi. Agar yunon qo‘mondonlari o'zining harbiy qatorlarini bitta qismga birlashtirgan bo‘lsa, Filipp II buni aksini qilgan va jangda ushbu harbiy taktika ustunlikni ta’minlagan. Bunday taktika va qo’lanilishi unga jangda muvaffaqiyatlar garovi bo'lgan. Filipp II davlat boshqaruvida ham katta islohotlami amalga osliirdi. Birinchi bo‘lib mustaqil knyazliklami yo‘q qildi. U aristokratlarni to‘plab davlat xizmatiga oldi. Filipp II mamlakatdagi yoshlardan shaxsiy gvardiya tuzib, podsho xos soqchilarini tayyorlagan va o‘ziga sodiqlik ruhida tarbiyalagan. Filipp II o‘z oldiga davlatni markazlashtirish maqsadini qo‘yadi. Boshqaruvining birinchi bosh yilligida bir qancha islohotlami bajarishga harakat qiladi. Jumladan, o‘zining shimoliy chegaralarini illeriyalik va Irnkiyaliklar hujumlaridan himoyalash va o‘z ta’sir kuchini Xalkidika yarimoroliga yoyish edi. U frakiyalik bilan illeriyaliklarga qarshi kurashish uchun ittifoq tuzdi. Chunki, ular mamlakat shimoli-sharqini talon-taroj qilayotgan edi. Keyinchalik u Malos qabilasi oqsoqolining qiziga uylanib ular bilan ittifoq tuzadi. Illeriyaliklar yengiladi va tinchlik so‘rashadi. Filipp II Olimp shaharlari bilan kurashish uchun Afinaga yon berishga majbur bo'ladi. Ayniqsa, Filipp Anfiopol shahri bilan strategik aloqani yo‘lga qo‘yadi. Bu shaharga o‘z vaqtida Afina davogar edi, biroz vaqt o‘tib bu safar Olimp bilan ittifoq tuzib shu shaxarni egallaydi. Mil. aw. IV asming 50-yillari o‘rtasida Filipp sharqqa qarab yura boshlaydi va Frakiyaning Egey dengizi qirg'oqlarigacha yetib boradi va Filipp shahriga asos soladi. Makedoniyani Xalkidika yarimoroliga harbiy yurishlari Frakiya qirollarini birlashishga majbur etdi va Olimp hamda Afina boslichiligida Xalkidika ittifoqi tashkil etiladi. Lekin Afina ittifoqchilariga o‘z qo‘shini bilan unchalik ko‘p yordam berolmaydi va makedoniyaliklar tomonidan mag‘lub etiladi. Filipp II o‘zining shimoliy chegaralari va Xalkidikadagi siyosiy maqomini mustahkamlab olgandan so‘ng, o‘rta yunon siyosatiga ta’sir ko'rsata boshladi. Yunon shaharlarini ichki ishlariga aralashishi Download 53.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling