I bob makedoniya davlati va Aleksandr Makedonskiy


II. Aleksandr Makedonskiyning O’rta osiyoga harbiy yurushlari va unga qarshi kurashlar


Download 53.25 Kb.
bet5/11
Sana08.06.2023
Hajmi53.25 Kb.
#1464969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Sindorov Qodir

II. Aleksandr Makedonskiyning O’rta osiyoga harbiy yurushlari va unga qarshi kurashlar.



2.1.Yunon-makedonlarning sharqqa bosqini.
Makedoniya mustahkamlangachi Aleksandr mil. avv. 334-yilning bahorida
Osiyoga yurish boshladi. Uning armiyasi to‘liq 37.000 kishi edi, bundan Makedoniya falanga piyodalari 12.000 nafar, qo‘shimcha 3.000 kishilik qirol gvardiyasi va 1800 kishilik otliq askarlar edi. Bundan tashqari, Illiriya va Tihrasaning 9.000 ga yaqin yunon piyoda va otliq askarlari ham mavjud edi. Qo’shinlarning transport vositasi bo’lib 200 ta yunon kemalari xizmat qiladi.
Aleksandrning I Osiyodagi dastlabki harakatlari xuddi teatr sahnasidagiday boldi. U Osiyo tuprog’iga qadam qo‘ygan ilk Makedoniya podshlsi bo‘ldi. Keyinchalik Aleksandr Troya shahriga bordi, afsonaviy Тroуа shohi Triamdan Afinani bosib olgani uchun kechirim so‘radi va ajdodi Axillesga xurmat ko‘rsatdi.
Granik jangi I mil. avv. 334-yil). Forslar Aleksandmi dastlab hozirgi Turkiya hududida kutib olishdi. Ilk to‘qnashuv Granik daryosi, hozirgi Ko’chabosh bo’yida, Anatoliyaning shimoli-g’arbida bo‘ldi. Bu davrda forslar tomonida yunon yollanma askarlari ham bo‘lgan. Jangda Aleksandr lloyadan Afinaga keltirilgan zirhda tushdi. “Axilles zirhi” deb nom olgan bu zirh forslarni sarosimaga soldi. Jangda Aleksandr yaralailb, uning hayotini hamshirasining akasi Klit qutqarib qoldi. Jangda Aleksandr 2. 000 nafar vatan xoinini qatl ettirdi, tirik qolgailarini Makedoniyagacha bo‘yinlarida zanjir bilan olib bordi. Aleksandr askarlari Anatoliyaning janubi bo’ylab g'arbga harakat qila boshladi va firs satrapliklari Lidiya, Kariava Lusiani egalladi. Mil. avv. 333-yil bahorigacha Aleksandr hozirgi Anatoliya markazi Anqara, o‘sha paytlagi Frigiya poytaxti Gordiumga yetib bordi7.
Kichik Osiyockgi mag’lubiyatlardan keyin Doro III qo’shinga iste’dodli sarkarda Memnonni qo’mondon qilib tayinlaydi. Memnon Milet shahrini mustahkam qilishga harakat qiladi, lekin tasodifiy halokat tufayli vafot etadi. Aleksandr ixtiyorida otliq va piyoda qo‘shinlardan tashqari, harbiy flot ham bo’lganligi va qamal dengizdan ham amalga oshirilganligi hisobiga Milet shahri egallandi.
Aleksandr Kichik Osiyoning ichiga qarab – Kappadokiyaga qarab harakat boshladi. Bu yerlarda yashovchi mahalliy qabila va elatlar Eron hokimiyati ostida bo‘lsalar ham, mustaqillikka intilar va Eron zulmidan aziyat chekar edilar. Shu tufayli ular Aleksandr va Makedoniya armiyasini xursandchilik bilan kutib oldilar.

Download 53.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling