I bob makedoniya davlati va Aleksandr Makedonskiy


Iss jangi (mil. avv. 333-yil)


Download 53.25 Kb.
bet6/11
Sana08.06.2023
Hajmi53.25 Kb.
#1464969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Sindorov Qodir

Iss jangi (mil. avv. 333-yil). Kichik Osiyo yarimorolida, O‘rtayer dengizi shimoli-sharqiy qirg‘og‘idagi Iss shahri yaqinida Fors podshosi Doro III va Makedoniya podshosi Aleksandr o‘rtasida dastlabki yirik jang bo‘lib o‘tdi.
Doro III taktikasiga ko‘ra, podsho otryadi va eng yaxshi harbiy tuzilmalar qo‘shin markazida joylashgan edi. Eron armiyasida chap qanot ham kuchli bo’lgan.Jangdavomida forslar Filippning yaqin do‘sti Parmenion boshchilik qilayotgan: Makedoniya armiyasining o‘ng qanotini qisib qo‘ydilar. Natijada,
Aleksandr yordamga yetib keldi va forslaming rejasini barbod qildi. Aleksandr fors qo’shinlari markaziga nisbatan kuchli bo‘lgan otliq qo‘shinlarini yuboradi. Jang maydoni noqulay bo‘lganligi sababli forslar butun boshli qo‘shinni ishga sola olmaydilar. Jang og‘ir bo’ldi va yakunda Eron qo‘shini tor-mor keltirildi. Aleksandr shohning barcha aravalarini egalladi, ularning orasida Doro III ning oilasi ham bor edi.
Iss jangidan keyin forslar qarshiligini yetarli miqdorda yengan Aleksandr Suriya va Finikiya tomon yo‘l oldi. Lekin, bu hududda Tir shahrigina ma’lum vaqt qarshilikni ko’rsatdi. Qattiq qamal bo‘lganiga qaramasdan Aleksandr Tir shahrini egalladi va shaharni vayron etdi,10 000 ga yaqin shahar aholisi qul qilib sotib yuborildi8.
Aleksandr Makedonskiy Misrda. Aleksadr yurishni Finikiyadan junubga qarab davom ettiradi. mil. avv. 332-yilda Aleksandr Misrga yurish qildi. Misrliklar Makedon qo‘shinlarini xursandchilik bilan kutib oldilar. Misrdagi Eron satrapi Aleksandrga qarshilik ko‘rsatish o‘rniga unga xayrixohlik bildirdi va kohinlar bilan birga Aleksandrni kutib olgani chiqdi. Misrliklar Eron asoratidan qutulganlariga xursand edilar. Ularning xursand bo’lishiga yana bir sabab Aleksandming Misr
xudolariga qurbonlik qilish haqida buyruq berganligi va Misr kohinlaridan bu diniy rusum qanday bajarilishi haqida so‘raganligi bo‘ldi. Nafaqat oddiy Misr ahli, balki, zodagonlar va kohinlar ham yosh Aleksandming Misr dini va urf-odatlariga muhabbatini ko‘rib xursand bo‘lganlar. Kohinlar Aleksandmi fir’avn deb e’lon qildilar va o‘z-o‘zidan Aleksandr quyosh xudosi Amon-Raning o‘gliga aylandi.
Mil. avv. 332-yilda Aleksandr Nil daryosi quyilish joyidagi deltada Aleksandriya shahrini qurdirdi. Bu shahar keyinchalik shakllangan ellinistik dunyoning eng ravnaq topgan shahriga aylandi9.



Download 53.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling