Xo‟jalik boshqaruvidagi islohotlar. Davlat mablag‟larini sog‟lomlashtirish
Download 17.95 Kb.
|
italiya
Reja Italiya iqtisodiyoti. Sanoat. Qishloq xo‟jaligi. Turizm. Xo‟jalik boshqaruvidagi islohotlar. Davlat mablag‟larini sog‟lomlashtirish. Sog‟liq, sog‟liqni saqlash, nafaqa pensiya ta‟minoti. Mehnat bozori. Yer islohoti. Reja Italiya iqtisodiyoti Italiya Respublikasi Yevropaning janubida, Apennin yarimorolida, Sitsiliya, Sardiniya va kichik orollar qo„ynida joylashgan. Hududi – 301 ming kv. km. Aholi soni 58 mln. dan ortiqni tashkil etadi, ularning 98 foizi esa italyanlardir. Poytaxti – Rim. Asosiy dini katolik. Davlat tuzumi-parlament. Davlat boshlig„i-prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat senat va palata deputatlaridan iborat parlamentdir. Italiya NATO bloki a‟zosi. U G„arbiy Yevropa integratsiyasining faol a‟zosi. Aynan 1957 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tuzish haqida bitim imzolangan. U agrar – industriya sohada keng taraqqiy etgan davlat. Dunyo yalpi ichki mahsuloti (YAIM) da uning ulushi uch foizga teng. Aholi jon boshiga YAIM qariyb 20 minng dolarga to„g„ri keladi. Mamlakat mahsuloti hajmini dunyo sanoati mollari bilan solishtirganda 3,2 foizni (dunyoda 6-o„rin) tashkil etadi. Har xil ko„rsatkichlar bo„yicha olib qaraganda, quyidagi manzara hosil bo„ladi: sanoat va qurilish-35 %, turli xizmatlar – 6%, qishloq xo„jaligi -4%. Qishloq xo„jalik tarmog„ida qariyib 18 mln. aholi band bo„lib, o„rtacha fermerlar maydoni Yevropa Ittifokining boshqa mamlakatlaridagidan ancha kam ya‟ni 7 gektar. Italiya yer osti boyliklariga unchalik boy davlat emas. Bu yerda asosan kam miqdorda ko„mir, neft, rux, qo„rg„oshin, oltingugurt, simob, boksid va marmar qazib olinadi. Italiya iqtisodiyotining o„ziga xos tomoni aksariyat mulkning yirik monopolistlar ixtiyorida ekanidir. Masalan, uchta yirik xususiy monopolist firma- «Montedison», «FIAT», «Pirelli» davlat iqtisodiy tuzilmasining asosini tashkil etadi. Mamlakatdagi IRI, ENI, EFIM, ENEL singari iqtisodiy tashkilotlar Italiyadagi ana shu-«FIAT», «Falk», «Montedison», «Zanussi», «Sina-Vikoza», «Olivetti» kabi salohiyatli firmalar iqtisodiyotning ichki va tashqi aloqalardagi kapital muammolarini nazorat qiladi. Sanoat Italiya iqtisodiyotining barqarorligini ta‟minlovchi soha. U mamlakat yalpi ichki mahsulotida 35 foizdan ziyod ulushga ega. Mamlakat ishchilarining teng yarmi shu sohada faoliyat yuritadi. Italiya sanoati tizimining muhim ko„rinishi sanoatdagi mavjud barcha yo„nalishlardagi zahiralarni katta miqdorda ishlab chiqarish va kam miqdorda foydali qazilmalarni qazishda aks etadi. Hozirda neft, neftkimyo, kimyo, metallurgiya, elektroenergetika, avtomobil, mashinasozlikning bir necha sohalari, stanoksozlik, tabiiy va sintetik tola mahsulotlarini qayta ishlash bo„yicha Italiya sanoati yuqori suratda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish bo„yicha Italiya dunyoda yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Ya‟ni bu borada u AQSH va Yaponiyadan keyingi 3 o„rinni egallaydi. Qishloq xo‘jaligi Mamlakatning bu sohasi uchun ahamiyatli tomoni, faoliyat yuritishdagi kapitalistik tuzimiga xos eskicha usulining davom etib kelayotganidir. Davlatning janub va shimoli bu sohada asosiy kuch sanaladi. Qishloq xo„jaligi xom ashyosining ko„p qismi mamlakatning o„zida qayta ishlanadi. Urug„chilik rivoji esa alohida e‟tiborga ega. G„alla, makka, lavlagi, shuningdek, meva va uzum yetishtirishda yuqori madaniyatga erishilgan. Qishloq xo„jaligini yangi texnologiyalar bilan ta‟minlash va unumdorlikga erishish bo„yicha Italiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Ish yuritish fermer xo„jaliklari shaklida tashkil etilgan. Italiya iqtisodiyoti mamlakatdagi mavjud kichik va o„rta biznes taraqqiyoti bilan harakterlanadi. Bu xalq iste‟moli mollari, yengil sanoat va ko„pchilik kabilarida bozor konyunkturasiga tez moslashadigan soha har bir kichik tadbirkorlik firmasida o„rtacha 100 kishi ishlaydi va ular bir yoki ikki xil mahsulot tayyorlashadi. Ixtisoslashgan kichik korxonalar «monopolistik birlashma»ga uyushgan. Bu uyushma-konglomerat o„z zimmasiga ijtimoiy ta‟lim va xalq iste‟moli mahsulotlarini to„liq yetkazishdek ma‟suliyatni o„z zimmasiga olgan. Turizm Italiya turizm sohasini rivojlantirish bo„yicha jug„rofiy-iqtisodiy imkoniyatga ega. Har yili bu yerga 30 miliondan ortiq sayyoh tashrif buyiradi. Xo‘jalik boshqaruvidagi islohat Mamlakatda bu borada kechgan islohatlarning asosiy yo„nalishi korporativ boshqaruvni yo„lga qo„yishda o„z aksini topgan. Italiyada yirik kapital aholi qo„lida ekani bilan harakterlanadi. Shu bois mamlakat bu mablag„larni moliyaviy xolding kompaniyalari orqali nazorat tizimini yo„lga qo„ygan. EI mamlakatlari ichida Italiya bozori boshqaruvchilik vazifasini o„taydi. Istiqbolsiz va byudjetidan qarzi yuqori bo„lgan davlat tasarrufidagi mulklarni xususiylashtirish o„z samaralarini bermoqda. Hozirda bu jarayon natijasida 30 ta davlat sektori korxonalari, jumladan «Telekom» (1,5 mln. aksiyadorga ega), energetika guruhlari sug„urta kompaniyalari xususiy maqomga ega bo„ldi. Endilikda temir yo„l tarmog„ida ham korporativ bashqaruvni yo„lga qo„yish islohatlari bormoqda. Davlat mablag‘larini sog‘lomlashtirish Qayta qurish har qanday mamlakatda xo„jalik boshqaruvini yangilash bilan birga ma‟muriy boshqaruvda ham islohatlar jarayoni kechishini talab etadi. Bu esa Italiya byudjet federalizmi modelini muvaffaqiyatli amalga oshirilishida va bu orqali hududiy va mahalliy hokimiyat boshqaruviga ham talay huquqlarni berdi. Bu huquqlar mamlakatda ham iqtisodiy, ham ma‟muriy boshqaruv borasida Italiyani YEI davlatlari orasida mavqeini oshirmoqda. Bu islohatlar samarasi ularoq mamlakat iqtisodiyoti Yevropa valyuta tizimiga a‟zo davlatlar orasida byudjet to„lovlari tanqisligi 7% dan 3% ga tushdi. Soliq, sog‘liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti Italiya iqtisodiyotida soliq, sog„liqni saqlash, nafaqa pensiya ta‟minoti tizimlarida kechgan islohatlar o„z samarasini bermoqda. Mamlakatda kechayotgan soliq borasidagi o„zgarishlar natijasida soliq to„lovlari soddalashtirildi, investitsiya faoliyati kengayishiga zamin yaratdi. Soliqlar hajmi 53,2% dan 37% ga tushirildi. Aksiya, qimmatli qog„ozlar operatsiyalari uchun soliq uchdan ikki qismga pasaytirildi. Tadbirkorlarning sog„liqni saqlash jamg„armasiga to„lanadigan badallari olib tashlandi. Maastrixt bitimiga ko„ra Italiya hokimiyat sarf-harajatlari uchun yalpi daromaddan 1,4 % gacha badal to„lovlari to„lanishini joriy etgandi. U bozordagi mavqeini oshirdi. Inflyatsiya darajasi yillik 1,5 % ga kamaydi. Hozirgi kunda mamlakatni birgina muammo o„ylantirmoqda: ichki iqtisodiyotda pul-moliya ko„rsatkichlari dinamikasini barqaror holda ushlab turaoladimi? Mehnat bozori Mamlakat janubida ishga yaroqli aholining 18 % i ishsizlik darajasida turibdi, bu esa iqtisodiy balansga o„z ta‟sirini ko„rsatmay qolmaydi. Shu nuqtai nazardan hokimiyat mehnat bozorini tashkil etishga oid qonunchilikda ko„zda tutilgan jihatlarga alohida e‟tibor qaratdi. Yangi ish o„rinlari yaratish uchun kichik va o„rta biznes korxonalari tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratdi. Mehnat bozori islohati 1992 yilda boshlandi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida ishsizlikka birmuncha barham berildi. Hatto chetda ishlash migratsiya va tashqi savdoda keng faoliyat yuritishga zamin yaratildi. Bunday sharoitlar uchun 1996 yilda boshqa davlatlar bilan kontraktlar tuzildi. Ish bilan ta‟minlangan tadbirkorlik firmalar uch yillik ish haki solig„idan ozod qilindi. Yer islohoti Yer islohatini amalga oshirish bilan bog„liq sa‟y-harakatlar mamlakatda yer zahiralaridan keng ko„lamda foydalanish imkonini berdi. Bu quyidagi yo„nalishda o„z aksini topgan: birinchidan, yer 30 yil muddatga yillik 3,5 % lik to„lov bilan ijaraga berilgan. Ikkinchidan, yirik mulkdorlarga foydalanish imkoni bo„lmagan ortiqcha yerlar berilib, kompensatsiya imkoniyati bilan 25 yil muddatga mo„ljallangan 5 foizlik qimmatli qog„ozlar joriy etilgan. Bundan ko„zlangan maqsad unumsiz yerlarni manfaatdorlik evaziga madaniylashtirishdir. Islohatlar samarasi o„laroq kooperativlar qishloq xo„jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashda imtiyozlar va qo„shimcha pul, texnik jihatlar bilan ta‟minlandilar. Foydalanilgan adbiyotlar ro’yhati: Zaynutdinov Sh. N. va boshqalar. Marketing asoslari. Т., Moliya, 2001. 2. Sharifxo‟jayev M, Abdullayev Yo. Marketing. Т.: O‟qituvchi. 2002. Kattakishiyev B, Mamayusupov I. Strategik Marketing.-T.:”Fan va texnologiya”, 2008. Qosimov G‟.M. Marketing.-T.:”O‟zbekiston”, 2002. Rasulov M. R. Bozor iqtisodiyoti asoslari.-T.:”O‟zbekiston”, 1999. G‟ulomov S.S. Marketing asoslari –T.:”Sharq”, 2002. Sharifxo`jayev M, Abdullayev Y. Marketing. – T.: “O‟qituvchi”, 2002. 8. Zaynutdinov SH.N. va boshqalar. Marketing asoslari.-T.:”Moliya”, 2001. Foydalanilgan internet saytlari: www.uz.wikipedia.org 2. www.alldata.uz www.hozir.org www.fayllar.org www.library.ziyonet.uz www.ecsoman.edu.ru - Rossiya Federatsiya oliy o‟quv yurtlarida o‟qitilayotgan fanlar bo‟yicha o‟quv-uslubiy komplekslar; http://sunny.ccas.ru/library.html – Jahon kutubxonalari serveri; 8. www.gaap.ru - Хalqaro standartlar. Download 17.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling