Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr Reja


Download 49 Kb.
bet1/8
Sana06.04.2023
Hajmi49 Kb.
#1333813
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr


Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr
Reja:


  1. Qadimgi podsholikning yemirilishi.

  2. Misr giksoslar hukmronligi ostida

  3. Yangi podsholik davrida Misr

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Qadimgi podsholikning yemirilishi. Misr fir`avnlari, ruhoniy va a`yonlari ulkan ehromlar, saroylar va ibodatxonalar qurilishiga ko`plab mablag`lar sarf etganlar. Ularning kundalik turmushi va dabdabali hayoti uchun ham behisob boyliklar sarf qilinardi. Tashqi mamlakatlarga uyushtirilgan bosqinchilik urushlari oddiy xalq boshiga og`ir musibatlar olib kelar edi. Qadimgft podsholikning oxirlariga kelib mamlakatdagi hokimliklar – nomlar (kichik davlatlar) fir`avnlarga itoat etmay, mustaqil boiishga intilgafllar. Soliqlar miqdorining ortishi va qo`shimcha majburiy xizmatlar oddiy xalqning sabr kosasini to`ldirib, mamlakatda qo`zg`olonlar boshlanishiga sabab boigan.
Qadimgi podsholikning oxirlariga kelib markaziy hokimiyat zaiflashgan. Miloddan avvalgi XXIII asrda mamlakat mayda davlat-chalarga bo`linib ketgan. Mayda davlatlar esa bir-birlari bilan qonli urushlar olib borganlar. Shu tariqa Misrda tarqoqlik davri boshlangan.
2. O`tish davrida Misrdagi ahvol va o`rta podsholikning tashkil topishi. Misrda tarqoqlik davri miloddan avvalgi XXIII asr o`rtalarigacha davom etgan. Bu davrda mamlakat xo`jaligi ishdan chiqqan. Kanallar, suv omborlarini o`t, loyqa bosib, sug`orish tarmoqlari yaroqsiz bo`lib qolgan. Unumdor yerlar botqoqlikka va to`qayzorlarga aylangan. Hunarmandchilik, savdo-sotiq va chorvachilik ham izdan chiqqan.
Markazlashgan Misr davlatining yemirilishi va parchalanishidan qo`shni qabilalar foydalanganlar. Ular Misrga bostirib kirib, mamlakatni vayron qilib, boyliklarini talab qaytganlar. Qadimgi podsholikning markazi Memfis ham inqirozga uchragan. Unda hukmronlik qilayotgan 8-sulola vakillari mamlakatni birlashtirishning uddasidan chiqolma-ganlar.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling