2. Giksoslarning Misrga bostirib kirishi. XVIII asr o`rtalariga kelib Misr podsholigi zaiflashib, bir nechta mayda davlatchalarga bo`linib ketadi. Misrning zaiflashib ketganligidan foydalanib giksoslar Quyi Misr yerlariga kirib keladilar. Ular Misrdagi mayda podsholarga xiztnatga kirib, xiztnatlari evaziga yer-mulklar oladilar, katta-katta viloyatlarni boshqaradilar. Dastlab giksoslar mamlakatga tinchlik bilan kirib kelib joylashganlar. Keyinchalik esa Quyi Misrni butunlay bosib olganlar. Ular Quyi Misrda o`rnashib olganlaridan keyin, Nil daryosi tarmog`ining sharqiy qismida Avoaris shahrini barpo qilib, uni poytaxtga aylantirganlar. Ular shu shahardan turib mamlakatni boshqarganlar. Giksoslar Misrga kirib kelar ekanlar misrliklar madaniyati va xo`jaligida erishgan yutuqlaridan foydalanganlar.
3. Giksoslarning kuchayishi. Giksoslar misrliklardan ko`p narsalarni o`rganganlar. Ayni paytda ular Misrga otliq qo`shin va ot qo`shilgan ikki g`ildirakli jang aravalari bilan kirib kelganlar. Gik-soslar kelgunicha misrliklar otni ham, ot qo`shilgan jang aravala-rini ham bilmas edilar. Giksoslarning kirib kelishi munosabati bilan Misrda yilqichilikka katta e`tibor berilgan. Misr yaylovlarida uyur-uyur yilqilar boqilib parvarish qilingan. Keyinchalik misrliklar giksoslarning ot qo`shilgan jang aravalarini ham o`zlashtirganlar. Giksoslar Misrda miloddan avvalgi 1710- yildan 1580-yilgacha qari`yb 130 yil hukmron-lik qilganlar. Shu yillar davomida 15–16-sulolaga mansub podsholar giksoslardan edi. Giksos podsholari Avoarisdan turib mamlakatni boshqarganlar. Ammo Misr janubidagi Fiva nomi giksos podsholariga itoat etmagan. Giksos podshosi Xian davrida giksos podsholigi kuchayadi. Shu davrda Palastinning katta qismi, Krit broli va boshqa joylar giksoslarga itoat etib boj to`lar edi.
Xian davrida Misrda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik sezilarli darajada rivojlanadi. Bu davrda savdo-sotiq ancha ravnaq topadi. Misr, Krit oroli, Suriya, Palastin, O`rta yer dengizining sharqiy sohilidagi shahar davlatlar bilan qizg`in savdo ishlarini olib boradi. Xian vafotidan so`ng giksoslar davlati zaiflashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |