4. O`rta podsholikning tushkunlikka uchrashi, kambag`allar va qullar qo`zg`oloni. Miloddan avvalgi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O`rta podsholik tushkunlikka yuz tutadi. 13-sulola davridan boshlab o`zaro urushlar boshlanib tushkunlik yana kuchayadi. Mamlakatdagi ichki nizolar, soliqlar va firVivnlarning bosqinchilik urushlari mehnatkash xalq va qullarning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Toj-taxt uchun kurash qizg`in tus olib, fir`avnlar tez-tez almashinib turganlar. Misrdagi tush-kunlikdan qo`shni mamlakatlar foydalanib, birin-ketin Misrga bostirib kiradilar. 13-sulola podsholari esa qo`shni qabilalarning hujumini qaytara olmaydilar. Ichki urush-janjanlar va qo`shni qabilalarning hujumlari mamlakat xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Mamlakatdagi qiyinchiliklarning barcha og`irligi mehnatkash xalq va qullar yelkasiga tushar edi.
Og`ir jabr-zulm va qiyinchiliklardan sabr kosalari to`lgan mehnat-kash xalq miloddan avvalgi 1750-yilda qo`zg`olon ko`taradi. Qo`zg`olonda jabrdiyda qullar ham faol ishtirok etadilar. Bu qo`zg`olon butun podsholikni larzaga soladi.
Misrdagi bu voqealar o`sha vaqtda yaratilgan «Ipuser so`zlari» degan yozma bitikda o`z ifodasini topgan. Bu bitik muallifi yirik mansabdor shaxs bo`lgan. U xalq ommasi va qullar qo`zg`oloniga nafrat bilan qaragan. «Ipuser so`zlari» dagi ma`lumotlarga qaraganda kambag`allar va qullar, zodagon va a`yonlarga qarshi bosh ko`targanlar.
«Ipuser»da qo`zg`olonning oqibati nima bilan tugagani bayon ctilmagan. Keyinchalik qo`zg`olon bostirilgan bo`lsa kerakki, Misrda fir`avnlar hokimiyati qayta tiklangan. Qo`zg`olon bostirilgani bilan, oddiy xalq va quilar zolimlarga qarshi ko`p marta bosh ko`targanlar.
Misr giksoslar hukmronligi ostida (miloddan avvalgi 1710-1580- yillar)
1. Giksoslar haqida umumiy ma`lumot. Qadim zamonlarda Arabistonning shimoli-g`arbiy qismidagi dashtlarda semit va xurrit naslidan bo`lgan giksos qabilalari yashar edilar. Ular turli urug`
va qabilalar birlashmasidan tashkil topgan edilar. Giksoslar asosan dashtlarda yashab, qo`y, echki, qoramol va yilqichilik bilan shu- g`ullanganlar. «Giksos» so`zi aslida misrcha bo`lib, «xekou xasut»
degan so`zdan kelib chiqqan. Bu so`z «cho`ponlaminghokimlari», «cho`l mamlakatining hukmronlari» degan ma`noni bildirar ekan. Giksoslar ko`chmanchi chorvador qabilalar bo`lib, xo`jalik va madaniyat darajasi jihatidan misrlik yoki mesopotamiyaliklarga qaraganda ancha past bo`lishgan. Miloddan avvalgi XIX asrda
Arabistonning shimoli-sharqida giksoslarning harbiy ittifoqi tashkil`
topadi. Ular Sinay Yarirn oroli, Palastin va Suriya dashtining katta qismini bosib oladilar. Megiddo va Kadesh shaharlarini ham o`zlariga itoat ettiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |