Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr Reja


Misrdan giksoslarning quvib chiqarilishi. Miloddan avvalgi XVI asr boshlaridan boshlab


Download 49 Kb.
bet5/8
Sana06.04.2023
Hajmi49 Kb.
#1333813
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr

4. Misrdan giksoslarning quvib chiqarilishi. Miloddan avvalgi XVI asr boshlaridan boshlab Misrda ozodlik, mustaqillik uchun kurash boshlanadi. Mustaqillik uchun kurashga 17-sulolaga mansub Fiva podsholari boshchilik qiladilar. Bosqinchilarga qarshi ozodlik kprashi Fiva podshosi Kamesu davrida kuchayadi. Kamesu njamlakatdagi amaldorlarni saroyiga chaqirib, ularga giksoslarni mamlakatdan haydash vaqti yetganligini tushuntiradi.
U amaldorlar oldida nutq so`zlab, oxirida «Mening maqsadim Misrni qutqarish va osiyoliklarni yer bilan yakson qilishdir», deb xitob qiladi.
Darhaqiqat Kamesu bosqinchilariga qarshi kurash boshlaydi. Kamesu boshlagan kurash ozodlik urushiga aylanadi. Og`ir janglardan so`ng Misr qo`shinlari giksoslar ustidan g`alaba qozonadilar. Ozodlik uchun bo`lganjanglarvaqtida Kamesujuda ko`p tan jarohati oladi. O`sha vaqtdagi solnomalarda Kamesu Misrni giksoslar zulmidan ozod qilish uchun kurash olib borgan qahramon sifatida madh etiladi.
Kamesudan so`ng uning ukasi Yaxmos I qo`shinlari giksoslarni mamlakatdan butunlay uloqtirib tashlaydilar. Yaxmos I qo`shinlari Palastin janubidagi Sharuxen qal`asini uch yillik qamaldan so`ng bosib olganlar.
Janglar davom etib, Misr qo`shinlari Palastin, Finikiya va Suriyaning ko`p joylarini istilo qilganlar.
Misr qo`shinlarining g`olibona janglari natijasida Misr giksoslardan ozod qilingan. Shu bilan Giksoslar davlati yemirilib barham topgan.
Yangi podsholik davrida Misr (miloddan avvalgi 1584-1085- yillar)
1. Misrda Yangi podsholikning tashkil topishi. Giksoslar mamlakatdan quvilgach, Misrda Yangi podsholikdavri boshlangan. Bu podsholik miloddan avvalgi 1584-yildan 1085-yilgacha davom etib, unda 18–20- suloladan chiqqan kishilar podsholik qilganlar.
Bu davrda podsholikning chegarasi ancha kengaygan. U jariubda Nubiyaga, shimol va shimoli-sharqda O`rtayer dengizining sharqiy sohillarigacha bo`lgan yerlami egallagan edi. Yangi podsholikning kuchayishi munosabati bilan xo`jalik yangidan rivoj topgan. Yangi yerlar ochilib, suv omborlari, kanallar ta`mirlanib, yangilari qurilgan. Dehqonchilikda ishlatiladigan mehnat qurollari takomillashtirilgan. Qishloq xo`jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling