Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


Download 474.5 Kb.
bet1/21
Sana09.06.2023
Hajmi474.5 Kb.
#1467801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TURKISTON VA ROSSIYA MUNOSABATLARI TARIXI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
ABDULLA RASULOV ALISHER ISOQBOYEV
TURKISTON VA ROSSIYA MUNOSABATLARI TARIXI
(o`quv qo`llanma)
I QISM
Namangan – 2011

Mazkur o`quv qo`llanma 5220200-tarix ta`lim yo`nalishining bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda Turkiston va Rossiya o`rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tarixi o`z aksini topgan. O`quv qo`llanmani yozishda mualliflar asosan XVI asr boshlaridan XX asr boshlariga qadar Turkiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarni tarixiy manbalar, arxiv, vaqtli matbuot materiallari, adabiyotlardan to`plangan ma`lumotlarning umumiy xulosalariga asoslanganlar.


Mas`ul muharrir: tarix fanlari nomzodi B. A. Talapov
Taqrizchilar: tarix fanlari nomzodi M. A. Alixonov, tarix fanlari nomzodi A. A. Erqo’ziyev
Ushbu o`quv qo`llanma Namangan davlat universiteti O’quv-uslubiy kengashining 2011- yil 28- yanvardagi 5- sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
A. Rasulov, A. Isoqboyev.
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi
(o`quv qo`llanma)
© Namangan davlat universiteti


SO`Z BOSHI
Turkiston va Rossiya xalqlari o`rtasidagi munosabatlar tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, turkiy qabilalarning slavyanlar bilan birinchi to`qnashuvi 375- yilda sodir bo`lgan ekan. Bundan keyingi jarayonda Osiyoning keng dashtlarida yashagan avarlar, qipchoqlar, hazarlar va boshqa turkiy qabilalar sharqiy slavyanlar, jumladan ruslarga yaqin qo`shni bo`lib, ular bilan doimiy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan aloqada bo`lganlar.
Mazkur o`quv qo`llanmada Turkiston va Rossiya o`rtasidagi aloqalarning asosan XVI-XX asr boshlaridagi jarayonlariga alohida o`rin ajratilgan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki XVI asr o`rtalariga kelib Rus yerlarining Moskva atrofida birlashuvi, markazlashuvi o`z nihoyasiga yetdi va u Yevropadagi yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Ushbu jarayon bu ikki hudud hukmron doiralarining siyosiy va iqtisodiy manfaatlari nuqtai nazaridan bir-biriga qiziqishlarini kuchayishiga olib keldi. Ayni paytda XVI asrda Buyuk ipak yo`lining inqirozga yuz tutishi O’rta Osiyo xonliklarini jahon savdosi va aloqalaridan butunlay uzilib qolishiga olib keldi. Qo`shni davlatlar bilan doimiy urush holatida bo`lgan O’rta Osiyo xonliklarida Rossiya davlatiga nisbatan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda strategik hamkor sifatida qaraldi. Shu bilan bir qatorda yildan-yilga o`z ta`sir doirasini Sharqqa tomon yoyib borayotgan Rossiya imperiyasi uchun ham O’rta Osiyo xonliklari bilan yaqinlashish manfaatli edi.
O`quv qo`llanmada Turkiston va Rossiya o`rtasida o`zaro munosa-batlar shakllanishi uchun yuzaga kelgan umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, asoslar, elchilik aloqalari, harbiy ekspeditsiyalar, qullar masalasi, savdo-iqtisodiy aloqalarga alohida e`tibor qaratilgan. XIX asrning ikkinchi yarmi davomida (1852-1885) O’rta Osiyo xonliklari Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilgach, mustamlaka sharoitida harbiy-ma`muriy boshqaruv tizimining joriy qilinishi, sudlov, savdo-sotiq, boj tizimi, metropoliyadan o`lkaga aholini ko`chirish siyosati mazmun-mohiyati, maqsadlari tahlil qilinib, tegishli xulosalar chiqarilgan. Mustamlaka sharoitida Turkiston xalqlari madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan ilk matbuot va teatrning kirib kelishi, taraqqiy etishida rossiyalik matbuotchilar, matbaachilar, aktyorlarning mazkur soha rivojidagi xissalari juda katta bo’lib, mazkur masala o’quv qo’llanmada tarixiy manbalar asosida ochib berilgan.
3
“Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi” nomli o`quv-qo`llanmaning I qismi XVI asrdan 1917- yilga qadar bo`lgan jarayonlarni o`z ichiga qamrab olgan bo`lib, u 5220200-tarix bakalavriat yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. O`quv qo`llanmaning II qismi Turkiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarning o`ta murakkab, ziddiyatli va shiddatli o`zgarishlarga boy bo`lgan 1917-1924- yillarini o`z ichiga olgan bo`lib, u 5A220201 - Vatan tarixi magistratura bosqichi uchun rejalashtirilgan. Ayni paytda o`quv qo`llanmani mualliflar tomonidan yangi ma`lumotlar bilan boyitib, to`ldirib borish ham ko`zda tutilgan.
O`quv qo`llanma ayrim kamchilik va xatolardan xoli bo`lmasligi tabiiy. Shu boisdan ham mualliflar o`quv qo`llanma bilan tanishib, u yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohaza va tanqidlarni samimiyat bilan qabul qiladilar.

Download 474.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling