Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


Mualliflar 4 1-MAVZU: O`RTA OSIYO VA ROSSIYA O`RTASIDAGI


Download 474.5 Kb.
bet2/21
Sana09.06.2023
Hajmi474.5 Kb.
#1467801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TURKISTON VA ROSSIYA MUNOSABATLARI TARIXI

Mualliflar
4
1-MAVZU: O`RTA OSIYO VA ROSSIYA O`RTASIDAGI O`ZARO MUNOSABATLAR ASOSLARI
Reja

  1. O`zaro munosabatlar shakllanishining asoslari.

  2. O`rta Osiyo xonliklari va Rossiyadagi umumsiyosiy, ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar.

  3. O`zaro munosabatlarda harbiy ekspeditsiya: maqsad va oqibat.

  4. Turkiston xonliklaridagi rus harbiy asir-qullari va ularni ozod qilish yo`lidagi sa`y-harakatlar.

1. O`zaro munosabatlar shakllanishining asoslari. Xalqaro munosabatlar shakllanishi asrlar davomida o`z sayqalini topib kelmoqda. Bu jarayonni tarixiy nuqtai nazardan o`rganish shuni ko`rsatadiki, o`zaro munosabatlar boshlanishi bilan shu kundagi ahvoli uzoq va murakkab davrni o`z boshidan kechirgan. Albatta, xalqaro munosabatlar turli xalqlar, mamlakatlar o`rtasida bir necha bosqichlarni bosib, rivojlanib borgan. Bunday tarixiy jarayonni O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari o`rtasidagi munosabatlarda ham kuzatish mumkin.
Ma`lumki, O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tarixi, hujjatlarga asoslanganda, IX asrga borib taqaladi. Ilk o`rta asrlar davomidagi o`zaro munosabatlar bevosita emas, balki bilvosita amalga oshirilgan. Bunday aloqalarni L.N.Gumilev ramziy tarzda “Buyuk cho`l” deb nomlangan sahroda istiqomat qiluvchi ko`chmanchi va sahroyilar o`rtasidagi vosita – deya ta`kidlagan. Albatta, o`rta asrlardagi o`zaro munosabatlar, o`z xususiyatiga ko`ra, xalqlar o`rtasida, xususan ko`chmanchilar va sahroyilar o`rtasidagi aloqalarni o`z ichiga olgan. Bu aloqalar mohiyatiga ko`ra, asosan savdo-sotiq munosabatlari, xususan, tovar almashtirishni o`z ichiga olganligini qayd etish mumkin. Agar tarixiy jarayonlarga nazar solinsa, Rossiya uchun Sharq bilan bo`lgan munosabatlar G’arb bilan bo`lgan aloqalarga nisbatan chuqurroq, kengroq va mazmun-mohiyatiga ko`ra ahamiyatliroq bo`lganligi ko`zga tashlanadi. Boshqacharoq ifodalaganda, Rossiya xalqlari hayotida Sharq davlatlari, xususan O`rta Osiyo xonliklari ham muhimroq ahamiyat kasb etgan. Oxir-oqibatda bu o`zaro savdo munosabatlari orqali va shuningdek, harbiy to`qnashuvlar tufayli ko`chmanchilar hayotini o`troq turmush tarzi bilan aralashib ketishiga olib kelgan. Natijada, ko`chmanchi aholining ma`lum bir qismi ruslarning yerlariga kelib o`troq hayot kechirishga o`tgan hollari
5
ham bo`lgan. O`zaro munosabatlardagi bunday holatlar ma`lum bir davrda savdo-sotiq va hattoki e`tiqod yo`lidagi o`zgarishlarga ham olib kelgan. Masalan, shunday hollar ham ko`zga tashlanadiki, qipchoqlarning ko`zga ko`ringan boyonlari xristianlikning provaslavie oqimiga kirib, ruslar bilan aloqalarini nikoh yo`li orqali mustahkamlashga uringanlar. Bu o`z navbatida munosabatlarni mustah-kamlashga xizmat qilgan. Ammo O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi oilaviy, sulolaviy, diplomatik aloqalarga XIII asrdagi mo`g’ullar bosqini ma`lum darajada xalaqit berdi. O`rta Osiyo va keyin Rus yerlarini mo`g’ullar tomonidan zabt etilishi o`zaro munosabatlarni amalda to`xtashiga yoki ma`lum bir tarqoqlik holatida davom etishiga olib keldi.
Mo`g’ullar bosqini natijasida yuzaga kelgan o`zaro urushlar, vayronagarchilik, parokandalik oxir-oqibatda Rus yerlarida ularga qarshi kurashni tezlashtirish zaruriyatini ko`rsatdi. Ammo mo`g’ullar zulmiga qarshi kurash davri ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida rus knyazlarini Oltin O`rda bilan o`zaro munosabatlarini mustahkamlashga qaratilganini ham qayd etish lozim. Hattoki, Rusning Tver va Moskva knyazlik hokimiyatlari Oltin O`rda hukumati bilan o`zaro hamkorlikka mo`ljallangan shakl olganligi, hokimiyatni tashkil etish va hattoki ularga taqlid qilishda Oltin O`rda tamoyillariga zo`r berganligi hamda ulardan foydalanganligi qayd etilgan. Ayni paytda bunday holat bir taraflama bo`lmagan. Xususan, Rus knyazlari ham Oltin O`rda davlatining siyosiy hayotida faol ishtirok etganlar. Masalan, Oltin O`rda hukumati Rus ustidan nazorat qilishni knyazlarning o`zlariga ishonib topshira boshlaganlar. Bu yerda aslida “ishonch”dan ko`ra, Oltin O`rdaning ichki zaifligi ko`zga tashlanadi. Bunday holat XIV asrdan yanada yaqqol namoyon bo`la boshlagan.
XVI asr ikkinchi yarmida Moskva davlati tomonidan Qozon va Astraxan xonliklari va keyinchalik Sibir xonligi, Kabardin yerlarini bosib olingandan so`ng, Kaspiy dengizi va Kavkazortiga chiqadigan yo`llar ochildi. Natijada, O`rta Osiyo xonliklari va Eron bilan bevosita aloqa o`rnatishga sharoit yaratdi. Endilikda O`rta Osiyo xonliklari va Rossiya o`rtasida tovar ayirboshlash, savdo ishlarini yuritish imkoniyatlari kengaydi. O`rni kelganda ta`kidlash joizki, O`rta Osiyo bilan bo`ladigan savdo-sotiq aloqalari Astraxan, Qozon, Nijniy Novgorod, Saratov kabi shaharlar taraqqiyotiga ham yordam berdi. Umuman olganda, Rossiya o`z oldiga, kelajakda Yevropa davlatlarining Kaspiy atrofi, butun O`rta Osiyo, Eron, Hindiston va Xitoy savdosining
qadimgi yo`lidan o`tuvchi qismi bilan iqtisodiy aloqalarini o`z nazoratiga olishni maqsad qilib qo`ygandi.
Ta`kidlash joizki, XVII asrning oxirgi choragiga qadar O`rta Osiyodan kelgan savdogarlar Rossiya va Xitoy o`rtasidagi savdo-sotiq aloqalarida asosiy vositachi hisoblanganlar. O`rta Osiyo savdogarlari Balx, Buxoro, Xiva orqali Rossiyaga hind mahsulotlarini, xususan choy, qimmatbaho toshlar, marvarid, shirinlik va boshqalarni yetkazib berardilar. Yana shunisi borki, o`zaro munosabatlar rivojida O`rta Osiyo savdogarlari Rossiya shaharlarida yoki aksincha rus savdogarlari O`rta Osiyoning turli shaharlarida savdo ishlari bilan yillar davomida bo`lishlari muhim ahamiyat kasb etgan.
Shunday qilib, XVI-XVII asrlarni Sharq va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarda ma`lum bir burilish davri deyish mumkin. O`zaro munosabatlarning bu davrida tatarlarning u yoki bu darajada, xususan savdo-sotiq, til va din, ruhan o`rta osiyolik xalqlarga yaqinligi muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. Bunday holat Rossiyaga sharqona munosabat hamda an`analarni asta-sekinlik bilan kirib borishiga zamin yaratgan. Boshqacharoq ifodalaganda, o`zaro munosabatlar vaqt o`tgan sari sharqona an`analar bilan boyib borgan. Yuqorida qayd etilgan omillar, ma`lum darajada O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi masofaviy uzoqlikni ma`lum darajada “yaqinlashtirdi”. Xususan, Ivan Grozniy tomonidan olib borilgan bosqinchilik urushi natijasida Rossiya to`la-to`kis Volga bo`ylab o`tadigan savdo oqimini, transportini o`z nazoratiga oldi. O`z navbatida bunday “shart-sharoit” Rossiyani O`rta Osiyo bilan savdo-sotiq munosabatlarini o`z nazorati ostida rivojlanishi va hatto siyosiy aloqalarni o`rnatishiga turtki berdi. Ta`kidlash joizki, o`zaro munosabatlar rivojidagi bu o`zgarishdan nafaqat Rossiya, balki O`rta Osiyo xonliklari ham manfaatdor edi.
Rossiya O`rta Osiyo xonliklari bilan munosabatlarni rivojlan-tirishdan qanday manfaatlarni ko`zda tutgan? Birinchidan, Rossiya uchun O`rta Osiyo (ayniqsa gilam va kamon) tovarlari muhim ahamiyat kasb etgan. Ikkinchidan, Rossiyani O`rta Osiyo xom-ashyolari qiziqtirgan. Uchinchidan, Rossiya Yevropa mamlakatlari – G’arbga nisbatan xom-ashyo bazasi, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchi qoloq mamlakat hisoblangan holda, ayni paytda O`rta Osiyoga nisbatan teskarisi, ya`ni ancha ilg’or davlat sanalardi. To`rtinchidan, Rossiya uchun O`rta Osiyo harbiy strategik, iqtisodiy jihatdan ham qiziqish uyg’otardi.
7
O`z navbatida O`rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan o`zaro munosabatlarni rivojlantirishdan qanday maqsadlar bor edi? Birinchidan, O`rta Osiyo xonliklari o`z hunarmandchilik mahsulotlarini Rossiyaga sotishdan manfaatdor edi. Ikkinchidan, O`rta Osiyo xonliklari o`z hududida kamyob bo`lgan Sibir mo`ynasi, baliq tishi, yog’ochdan yasalgan idishlarini xarid qilishdan manfaatdor bo`lgan. Uchinchidan, Rossiyadagi metall va metall buyumlarini O`rta Osiyoga keltirish, qurol-yaroq olishdan manfaatdor edilar.
Shunday qilib aytish mumkinki, O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar shakllanishi bir tomonlama bo`lmay, bil`aks o`zaro munosabatlarni yo`lga qo`yishdan har ikki tomon ham manfaatdor bo`lgan.

Download 474.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling