Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


O`rta Osiyo xonliklari va Rossiyadagi umumsiyosiy, ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar


Download 474.5 Kb.
bet3/21
Sana09.06.2023
Hajmi474.5 Kb.
#1467801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TURKISTON VA ROSSIYA MUNOSABATLARI TARIXI

2. O`rta Osiyo xonliklari va Rossiyadagi umumsiyosiy, ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar. Tarixiy jarayonlar tahlili shuni ko`rsatadiki, O`rta Osiyo va Rossiya munosabatlari o`zaro umumiy manfaatlarga asoslangan edi. O`zaro munosabatlarda rus podsholari dastlabki paytlarda, O`rta Osiyo xonliklariga nisbatan tajovvuzkorlik niyatidan yiroq, ya`ni tinch-totuv, savdo, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni olib bordilar.
O`rta Osiyo va Rossiya munosabatlarida Sibir bilan aloqalar muhim ahamiyat kasb etgan. Chunki, O`rta Osiyo qadim zamonlardan Sibir bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar o`rnatgan, barqaror savdo yo`llari muntazam xususiyatga ega bo`lib kelgan. O`rta Osiyo xonliklari va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar har ikki tomon uchun ham, xususan savdogarlar uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Masalan, o`z davrida mashhur bo`lgan “Stroganovlar savdogarlar va sanoatchilar uyi” Sibir xonliklari ustiga yurish qilishi uchun o`zining qurolli otryadlarini tuzgan. Bundan maqsad nafaqat mo`yna olish, balki u yerda o`rta osiyolik savdogarlar bilan savdo qilish uchun yangi imkoniyatlarni ham nazarda tutgan. Stroganovlarga berilgan yorliqda (1574) buxoroliklar bilan erkin va o`lponsiz savdo qilish huquqi taqdim etilgandi. Sibir uchun O`rta Osiyo bilan savdo qilish naqadar ahamiyatli ekanligi haqida quyidagi dalil asos bo`la oladi: Masalan, 1596- yili shohga Sibirdan arznoma yuboriladi, unda savdoni izga solish uchun Buxoroga elchilarni yuborish so`ralgan, chunki keyingi paytlardagi bosqinchiliklar oqibatida O`rta Osiyo bilan savdo aloqalariga putur yetkazilgan edi. Oxir-oqibatda bunday arznomalar o`rganib chiqilib, barcha Sibir shaharlarida o`rta osiyolik savdogarlar o`lponsiz savdo qilish imtiyozlariga va huquqlariga ega bo`lganlar. Hattoki, podsho
8
hukumati O`rta Osiyodan kelganlarni G’arbiy Sibir hududlariga ko`chib o`tishlarini va o`zbek xonliklari bilan qayta o`zlashtirilgan yerlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashni ma`qullab chiqqan edi. O`rta Osiyo savdogarlari nafaqat mahalliy, balki Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlarning mollari bilan ham savdo qilar edilar. Natijada, bularning barchasi O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasida anchagina faol diplomatik munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi.
Yuqorida qayd etilganidek, Moskva davlati tomonidan Qozon xonligi (1552) va Astraxan xonligini (1556) bosib olinishi muhim strategik ahamiyat kasb etdi. Sharqiy slavyan pravoslav aholisi ustunlik qiluvchi Sharqiy Yevropada Moskva davlati endi uzil-kesil yirik va ko`p elatli imperiyaga aylanib bo`lgandi. Volga yo`li ustidan nazorat o`rnatilishi va shu bilan bog’liq ravishda Dashti qipchoqning o`zaro urushlar natijasida parokandalikka yuz tutishi Moskva hukmdorlarini Oltin O`rda xonlarining merosxo`rlariga aylantirdi va keyingi bir necha o`n yilliklardagi rus sharq siyosatini “Oltin O`rda yerlarini to`plash” deb tavsiflasa bo`ladi.
Sharqiy bozor Rossiya uchun foydali edi, uning iqtisodini rag’bat-lantirib turardi. Savdo munosabatlarining rivojlanishi, diplomatik aloqa-larning mustahkamlanishi uchun ham asos bo`lib xizmat qilardi. Mavjud manbalarning shohidlik berishicha, 1583- yildan 1600- yilga qadar Moskva davlati O`rta Osiyodan kamida 17 elchilikni: Buxorodan 8, Xivadan 3, Qozoq o`rdalaridan 2 elchilikni qabul qilgan. Ular har galgidek, Sharq savdogarlari karvonlari hamrohligida kelar va o`zlari bilan xonning “sovg’a-salomlari”ni olib kelar edilar. Agar G’arbdan Rossiyaga xom-ashyo olib kelinib, hasham buyumlari va zarb qilingan tangalar olib ketilgan bo`lsa, Sharq mamlakatlariga esa tayyor buyumlar chiqarilib, qimmatbaho buyumlar bilan bir qatorda arzon narxdagi matolar, xalq iste`moli uchun ipak va paxta olib kelinardi. O`zaro munosabatlarning umumsiyosiy shart-sharoitlari shakllanishida, xususan, Rossiya tashqi siyosatida Sharq va G’arb masalalari nisbatiga kelsak, bu vaqtda A.A. Ordin-Nashchokin asosiy shaxs bo`lgan. U elchilik buyrug’ining boshqaruvchisi hisoblanar va “shohning bosh muhrdori va elchilikning buyuk davlat ishlari muhofizi” degan dabdabali unvonga ega bo`lish bilan birga davlat kansleri ham edi. A.A. Ordin-Nashchokin Rossiyaning taqdiri ham Yevropa, ham Sharq davlatlari bilan o`zaro munosabatlarni rivojlantirishga bog’liq ekanini tushunardi.
A.A. Ordin-Nashchokin Rossiyaning Sharq mamlakatlari bilan o`zaro munosabatlari nechog’li ulkan ahamiyat kasb etishini anglar edi.
9
V.O. Klyuchevskiy yozadi: “Uning siyosiy nigohi xazina va xalq uchun yangi foydalarni diqqat bilan kuzatgan va hamma tomonga baravar qarab turardi. U Fors va O`rta Osiyo, Xiva va Buxoro bilan savdo aloqlari o`rnatishga harakat qilardi...”
O`zaro munosabatlar rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy shart sharoitlar diplomatik aloqalarni har tomonlama olib borishni, bu masala yechimida savdo munosabatlarini tuzish hamda savdo karvonlari o`tadigan yo`llarni ma`lum darajada nazorat ostiga olish, xususan bu yo`llardagi sun`iy to`siq, taqiqlarga barham berib, yo`llarni qaroqchilarsiz bo`lishiga erishish zarur edi.
O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi umumsiyosiy aloqalar, xususan diplomatik munosabatlar doimiylik xususiyatidan yiroq bo`lib, amalda imzo-muhrlar qo`yilgandan keyin ham, bu shartnoma u yoki bu tomon nuqtai nazaridan qachongacha foyda keltirsa, o`sha paytgachagina kuchda bo`lgan.

Download 474.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling