I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
Ochko’zlik – ofat
Inson doimo do’stiga sadoqatli bo’lishi, xiyonat qilmaslgi lozim. Ayniqsa o’rtalarida katta boylik turgan paytlarda nafs yo’liga kirib, do’stining ishonchini suiste’mol qilmasligi shart. Bilaks uni Alloh kechirmay, og’ir jazolarga mubtalo etadi. Bu holat bir kattakon xum to’la oltin topib olgan ikki do’stning qilmishlari haqidagi rivoyatda juda aniq bayon qilingan. Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir qishloqda ikki do’st yashagan ekan. Ular shunchalik qadrdon, bir – birlariga mehribon ekanlarki, hatto bir mayiz topsalar ham eng ikkiga bo’lib yeyisharkan. Ular bir kuni toqqa kaklik ovlagani borishibdi. Qoyama – qoya, cho’qqima – cho’qqi yurib kattakon g’oya yonidan chiqib qolishibdi. Bir kaklik esa uchib borib g’orga kirib ketibdi. Ikki do’st ham uning ketidan kirishibdi. Qarashsa kaklik bir chetda turgan toshlar ostiga yo’rg’alab ketibdi. Yigitlar asta – sekin toshlarni olib tashlab kakliklarni qidira boshlabdi. Ular o’n – o’n beshta yirik toshni olishgan ekan, bir katakon xum ko’rinibdi. Xumni olib qarashsa, ichi to’la oltin ekan! Ikki do’st quvonganidan do’ppilarini osmonga otishibdi. Endi yaqin oradagi qishloqlarga bizdan boy, baxtli odam yo’q, deb shodlanganlaridan bir – birlarini quchoqlashibdi. Ammo xum shu qadar oxir ekanki, uni ikkovlon zo’rg’a o’rnidan siljitishibdi. Sababi ov ishqida cho’qqima – cho’qqi, qoyama – qoya yuraverib charchashgan, boz ustiga qorinlari ham juda och ekan. Shunda do’stlardan biri: - Og’ayni bu holatda xumni ko’tarib qishloqqacha olib ketishimiz amri mahol. Yaxshisi biror yemak topib, qorinni to’yg’azaylik. Keyin baquvvat bo’lib xumni ko’taramiz, - debdi. Ikkinchi do’stga ham bu taklif ma’qul kelibdi. Ular maslahatlashib birlari g’orda qolib, oltinga soqchilik qiladigan, ikkinchilari qishloqqa borib biror yegulik olib keladigan bo’lishibdi. Do’stlardan biri qishloqqa yegulik olgani ketarkan, bir xum “Sariq shayton”ning vasvasasiga uchibdi. Do’stlikka sadoqat, insoniylikdan nafs balosi kuchlilik qilibdi. “Agar, - deb o’ylabdi u. – do’stim bo’lmaganida bir xum oltinning hammasi bir o’zimniki bo’lardi. Yaxshisi olib keladigan ovqatga zahar solib kelaman. Do’stim yeydi – yu, til tortmay o’ladi. Oltin esa meniki bo’ladi!”. G’orda oltinni qo’riqlab o’tirgan anovi sherikning ham feli buzilibdi. “Sariq shayton” uni ham yo’ldan uribdi. “Do’stim ovqatni olib g’or og’ziga kelganida, - deb rejalashtiribdi u, - men yuqoridan kattakon toshni boshiga tashlayman. O’lsa, oltinning hammasi o’zimga qoladi!”. Oltin poyloqchisi o’z qabih rejasini amalga oshirish niyatida g’or tepasiga chiqib, bekinib turibdi. Do’sti g’or og’ziga kelganida kattakon xarsangni uning tepasiga dumalatibdi. Tosh ostida qolgan do’sti shu zahotiyoq jon taslim qilibdi. “Ana, - debdi u xursand bo’lib, - hamma oltin bir o’zimga qoldi. Avval to’yib olay, keyin oltinni ko’tarib uyimga jo’nayman!”. Zahar solingan ovqatni yegan hamtovoq ham o’libdi. Bir xum oltin esa yana kimsasiz g’orda qolib ketibdi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling