I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar


Download 0.68 Mb.
bet99/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.
Kosib va hunarmand bir kishining bir necha o’g’illari bo’lib, ular har kuni o’zaro nizo qilib urishardilar. Bir kuni keksa kosib bir dasta cho’plarni yig’ib, mahkam qilib bog’labdi va o’g’illariga qarab: “Qani, shu cho’plarni singdiringlar – chi!” dedi. O’g’illar qanchalik urinishmasin, baribir sindira olmabdi. Shunda ota bog’langan cho’plarni yechdi va bir donadan o’g’illariga berib: “Endi sindirib ko’ringlar”, dedi. O’g’illar cho’plarni sindirishdi. Shunda ota o’g’illariga qarab: “Hozir nimaiki ko’rgan bo’lsangiz, u sizlarning ahvolingizga misoldir. Agar ittifoq bo’lsangiz, hyech kim sizlarni sindira olmaydi. Mabodo murosa qilmay, bir – biringizdan ajralib yashasangiz, qiyinchiliklar oldida boshingiz xam bo’ladi!” dedi [15. 51 b.].
Ushbu bahs mavzusi orqali bolalarda o’zaro do’stlik, hamkorlik, bir – birini qo’llab – quvvatlashlik kabi insoniy xislatlar yuksaladi.
Ushbu bahs oxirida hasharlar to’g’risida (hovli ko’tarish, hosil ekish va yig’ish, ...) ham ma’lumotlar berilsa bolalardagi o’zaro birodarlik xususiyatlari yuksaladi.
3.5.3. “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida bolalarda illatlarga nafrat o’yg’otishga oid didaktik materiallar




“To’g’rilikdan kеlmish hamma yaxshi ot, egri-likdan foyda ko’rmadi bir zot”.


(“Otalar so’zi”)



Ma’lumki, illatlar jamiyat taraqqiyotiga sezilarli salbiy ta’sir qiluvchi yomonliklardir. Buning asosiy sababi o’sha illat bilan o’ralashib qolgan odamlarning hatti – harakatlaridir. Bu hatti – harakatlarning jamiyat taraqqiyotiga nisbatan ijobiy yoki salbiy ta’siri o’sha hatti – harakatlar egasining dunyoqarashiga bog’liq.
Bu qanday paydo bo’ladi?
Umuman olganda inson dunyoga kelgan paytdanoq unda dunyoqarash paydo bo’la boshlaydi. Ya’ni, bola tug’ilishi bilanoq onasiga ko’zi tushadi. Shunday qilib bolalar dastlab o’z ota – onasini taniydi va ular muloqot choqlarida tarbiyalana boshlaydilar. Bunda bola hayoti davomida to’g’ri yoki noto’g’ri harakatlar va ishlar qila boshlaydilar. Odatda ularning aksariyatida to’g’ri ish va hatti – harakatlar qilishga moyillik bo’ladi hamda bu boradagi faoliyatini rag’batlantirishlar orqali ularning ijobiy xislat va fazilatlar rivojlanib boraveradi. Ularning ikkinchi qismi esa noto’g’ri qilgan ishlari va hatti – harakatlaridan to’g’ri xulosa chiqarib o’zini to’g’ri yo’lga sola oladi, ya’ni qilgan xato – kamchiliklarini tuzata oladi. Ularning uchinchi qismi ham mavjud. Bular to’g’ri ishdan ham, noto’g’ri ishdan ham to’g’ri xulosa chiqara olmaydi. Bunday bolalar bir qilgan xatosini yana ham takrorlash mumkin. Bular loqayd odamlar bo’lib, hayot to’g’risida to’g’ri xulosa chiqara olmaydi. Bularning hayotiy shiori “Menga nima” bo’lib, ularning jamiyat taraqqiyotiga ham foydasi tegmaydi. Bunday bolalarda har xil illatlarga ruju qo’yish ham kuchli bo’ladi. Chunki, illatlar bir ko’rinishda bolalar ko’ziga yengillikday bo’lib ko’rinadi. Ana shuning uchun ham bolalarimizni illatlarga nafrat ruhida tarbiyalashimiz lozim. Ular ro’yxatini taxminan quyidagiday ketma – ketlikda keltirish mumkin:

  • yolg’onchilik – yomon va qabih illat bo’lib, u imonsizlikdir;

  • minnat – g’oyat jirkanch illat;

  • insonning zohid bo’lishi – yomon illat;

  • insonning tanbal bo’lishi – ayanchli illat;

  • insonning takabbur bo’lishi – madaniyatsizlikdir (illat);

  • badfellik – qo’pollik (illat);

  • minnat – takabburlik (illat);

  • ziqnalik – yomon illat;

  • kibru havo – jaholat (illat);

  • qasoskorlik – illat;

  • manmanlik – imon kushandasi (illat);

  • sotqinlik – xiyonat negizi (illat);

  • hasad qilish – illat;

Endi bolalar ongida illatlarga nafrat uyg’otishga asos bo’ladigan didaktik materiallarni keltiramiz.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling