I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet13/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

14. Ma’naviy e’tiqod – u ma’naviy idealdan iborat bo’lib, ehtiyoj ko’nikma va malakalarning shakllanishi asosida paydo bo’ladi [27. 287 – b.].
Keltirilgan ta’riflardan ko’rinib turibdiki, murakkab ijtimoiy hodisa bo’lgan ma’naviyatning ma’lum bir tarkibiy qismi yoki uning u yoki bu xususiyati yoki ahamiyatini ifodalaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ma’naviyatning mukammal ta’rifidan uzluksiz ta’lim tizimining har bir turiga tegishli xususiy holdagi ta’riflaridan ham foydalanish kerak bo’lar ekan. Bunga sabab uzluksiz ta’lim tizimi uchun har bir turda ta’lim – tarbiyaga qo’yilgan alohida talablar mavjud. Masalan oiladagi yoki MTM dagi ma’naviyatga berilgan talab oliy ta’limdagi talabga to’g’ri kelmaydi yoki aksincha. Demak, uzluksiz ta’lim tizimi uchun xususiy ta’riflardan umumiyroq bo’lgan ta’riflarga o’tib borish, ya’ni induksiya tadqiqot usuliga asoslangan holda ta’riflar iyerarxiyasini shakllantirib borgan ma’qul ekan.
Umuman olganda ma’naviy tarbiyada milliy madaniyatimiz, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy merosimizni tarixiy ildizlariga e’tibor berishimiz va ularni yanada boyitib (bu sohadagi tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirib) bugungi yoshlarimiz ongi va qalbiga chuqur singidirish masalasiga katta e’tibor qaratish lozim bo’ladi, chunki bu ma’naviy boylik asrlar davomida shakllangan. Bular avloddan – avlodga o’tishda ko’plab sinovlardan o’tgan va vaqti kelganda ulardan xalqlarimiz foydalangan, ya’ni ular xalqlarimizga madad bo’lgan.
Bu masala ham Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning e’tiboridan chetda qolgan emas va bu haqda Mustaqillik qo’lga kiritilgan paytdan boshlab unga e’tibor berib kelmoqda. Xususan, Prezidentimizning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasining “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy negizlari” deb nomlangan bobi bordi quyidagi asosiy negizlar qayd etilgan:
“- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik” [3. 74-b.].
Bu to’rtala negiz ham ma’naviy tarbiya jarayonida o’ta muhim bo’lib, ular ichida “Xalqimizning ma’naviy merosni mustahkamlash va rivojlantirish” nomli negizi ayni shu masala yechimini hal qilishda yetakchi o’rinda turadi va bunga jamiyatimiz taraqqiyotining hamma bo’g’inida e’tibor berishimiz kerak. Ayniqsa, oilada, MTM larida va boshlang’ich ta’limda mustahkam poydevor qo’yiladi, chunki bu davrdagi tarbiya bolalarda jo’shqinroq kechadi.
Bolalar ma’naviy dunyosining o’ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro’li siymolar deb bilishlaridir. Shuning uchun ham biz o’z farzandlarimizning baxtu saodati, iqboli va kamolini ko’rishni istaymiz. Buning uchun farzandlarimizga milliy urf – odatlarimiz, qadriyatlarimiz va an’analarimizni chuqur singdirish va shakllantirishimiz lozim. Bu oila ma’naviyatining asoslaridir.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”.
Bu ko’rsatmaviy fikr ayniqsa oila ma’naviyati bilan MTM da tashkillashtiriladigan “Ma’naviyat saboqlari”da muhimdir. Shuning bilan birga bunday ko’rsatmaviy fikrni og’ishmay amalga oshirishda ota – onalar va MTM da faoliyat ko’rsatayotgan murabbiy yoki tarbiyachidan quyidagi qonun – qoidalarga amal qilinishi talab etiladi:

  • bolalarga nisbatan samimiy munosabatda bo’lish kerak va ularning har biriga xos individual xususiyatlarini bilib oling;

  • hamma bolalarga bir xil munosabatda bo’ling;

  • bolalarga ta’lim – tarbiya berishda sharqona usullardan foydalaning;

  • bolalarga ta’lim – tarbiya berishda milliy qadriyatlarga va milliy urf – odatlarga suyaning;

  • turli tadbirlar va bayramlarni MTM ning umumjamoasi bilan birgalikda o’zaro yordam asosida o’tkazing;

  • bolalarning mustaqil fikr yuritishiga imkoniyat yarating, o’zlaring burch va vazifalarini bajarib borishiga o’rgating;

  • MTM da bolalarning bir – birini kamsitishiga va xo’rlashiga yo’l qo’ymang, turli g’iybat va fisqu – fasod gaplar bo’lishining oldini oling;

  • guruhda bolaning isyon ko’tarishiga yo’l qo’ymang. Unutmang bu nafaqat MTM ga, balki oilaga ham, jamiyatga ham xavflidir;

  • bolaga qo’rqitish, zulm qilish orqali tarbiya bermang. Unutmang, siz bu orqali baxtsiz yoki yakka – yolg’iz kishilarning shakllanishiga sabab bo’lasiz. Eng yomoni, ularning ushbu hatti – harakati jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;


  • Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling