I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
tarbiyachi yoki murabbiyning shaxsiy namunasi
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining namunaviy mavzulari
- Islom Karimov
tarbiyachi yoki murabbiyning shaxsiy namunasi: odob – axloqli bo’lish; mehnatsevarlik xislati shakllangan bo’lishi; ozodalik – intizomlilik shiori bo’lishi kerak;
tarbiyachi yoki murabbiyning yuqori muomala madaniyati: shirinso’z, muloyim, xushfe’l bo’lishi kerak; tarbiyachi va murabbiyning xamkorlikda faoliyat yuritishi: hamkorlik, hamjihatlik bilan faoliyat yuritishni bilishi kerak. Qayd qilingan qonun – qoidalarga amal qiladigan tarbiyachi yoki murabbiy MTM ning ma’naviy muhitini qaror toptira olishi mumkin, chunki bu qandaydir alohida, uzib olingan tarbiya vositasi esa, balki ota – onalar va murabbiy va tarbiyachilar olib boradigan har taraflama tarbiyaviy ishlarning bolaga ijobiy ta’sir ko’rsatishi natijasidir. Shuning uchun bunday tarbiyaviy ta’sirlar yil davomida olib borilishi kerak. Quyida biz MTM da olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” haqida to’xtalamiz. 2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining namunaviy mavzulari “...Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o’sib – o’nib kеlayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitеt hosil qilish muhim axamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mеvali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog’bondеk mеhr bilan oqilona yo’l bilan amalga oshirish lozim”. Islom Karimov Ma’lumki, MTM da 2 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyalanib ta’lim oladi. O’quv yili, deb atalgan oraliq 35 haftani tashkil etadi. Tadqiqotlarimizning ko’rsati-shicha, MTMda “Ma’naviyat saboqlari” ni o’tkazishga imkoniyat bor ekan. Bungga sabab MTM dagi dastlabki davrdayoq jamoaning va jamoadagi bolalarning inoqlashuv davri boshlanadi. Bu davrda bolalar o’z murabbiy va tarbiyachilarini diqqat bilan o’rganadilar. Shuning bilan birga murabbiy va tarbiyachilarning MTM dagi asosiy vazifasi - hamisha ijobiy holatda bo’lish, o’qitish, o’rgatish va o’rganishdir. Demak, ular MTM dagi jo’shqin faoliyatning boshqaruvchisidir. Bu borada mohir boshqaruvchi bo’lish murabbiy va tarbiyachilarning baxti hamdir. Bu jo’shqin faoliyat yana shunisi bilan ahamiyatliki, MTM da bolalarning o’zaro va murabbiy hamda tarbiyachilari bilan bo’ladigan munosabatlari yanada chuqurroq va mazmundorroq bo’ladi. Bolalarda o’z-o’zini o’rganish va tarbiyalashga ishtiyoq kuchayadi. Murabbiy va tarbiyachilar bu davrda bolalar uchun yaqin maslahatchi, yo’l ko’rsatuvchi, yaqin kishiga, o’rtoqga, do’stga aylanadi. Bu bolalarga jamoaning hayoti haqida gapirishga, takliflar va tavsiyalar berishga sharoit yaratsa, murabbiy va tarbiyachilarga esa har bir bola bilan suhbatlashishga, har bir bolaga e’tibor qaratishga imkoniyat beradi. Shu sababli ham MTM ning deyarli barcha guruhlarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini o’tkazish mumkin. Kichik yoshdagi guruhlarga (2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi) bunday mashg’ulotlarni nima yaxshi-yu, nima yomon, nima mumkin-u, nima mumkin emas? kabi savollar orqali olib borish mumkin. 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyalanadigan guruhlarda esa muayyan mavzu bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borsa bo’ladi. Quyida MTMda olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining namunaviy mavzulari tizimini keltiramiz (Ularning barchasida mashg’ulotning umumiy maqsadi mashg’ulot bo’yicha belgilanggan ta’limiy, tabiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar uyg’unligida shakllantiriladi): “Uyat-o’limdan qattiq” Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling