* * *
“Xunarli er xor bo’lmas,
burda nongga zor bo’lmas.”
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Kimki o’z kasbini xor qilsa, unda baraka bo’lmaydi va hyech qachon el e’zozidagi, xalq e’tiboridagi inson ham bo’la olmaydi:”
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Agar kimki biror kasbni, hunarni, ilmni egallashni istasa, unga faqatgina havas qilish yetarli emas ... .”
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Hunar - hunardan unar”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Yigit kishiga yetti hunar oz”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Pul qo’lning kiri, hunarning esa turgan-bitgani zar”.
(“Xalq maqoli”)
“Yaxshilardan ko’rasan mеhr – vafo, Sеnga еtkazgay munfiq ko’p jafo”
Jaloliddin Rumiy
Mashg’ulotingizdan “Yigit kishiga qirq hunar ham oz”, “Hunarli odam xor bo’lmas” kabi fikrlarning mazmun - mohiyatini bolalar anglasa, demakki, siz buni uddaladingiz.
11. Adolat va vafodorlik.
Bu mashg’ulot davomida diqqat –
e’tibor adolatning imkoniyat
bilan uyg’unligiga qaratilishi
lozim. Yana shuni bilingki, adolat
so’zining mazmunidan poklik, to’g’rilik, halollik, haqiqat kabi insoniy belgilar mazmuni ham joy olsin.
Adolat g’oyasini rad etib bo’lmaydi va u bevosita vafodorlik bilan uyg’unlikda qaralsa inson fazilatining ko’rkiga aylanadi.
Mazkur mashg’ulotda quyidagi qimmatli fikrlardan foydalaning:
* * *
Xondamir Alisher Navoiyga quyidagidek baho bergan: “Adolat va insof eshiklarini insoniyat yuziga ochib qo’ydi”.
* * *
“Vafo-kishilar qalbidagi quyosh nuri. U shunday kuchga egaki, u tufayli mehr-oqibat, ko’z ilg’amas jasoratlar sodir bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim, har bir va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo’lishimni va hyech kimga jabr yetkazmasligimni angladim.”
Do'stlaringiz bilan baham: |