(“Otalar so’zi”)
* * *
“Vafosizda hayo yo’q, hayosizda vafo yo’q”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Insondagi mavjud husn va latofat hayo ila iffatdir.”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Kishida ilm bilan halollikning birga bo’lishi buyuk fazilat”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Tozalikdan qochgan kishi xastalik domiga tushadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Tozalik badanning quvvatini ko’paytiradi va go’zalligiga go’zallik qo’shadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Go’zal yuz ko’z nurini oshiradi”.
(“Otalar so’zi”)
Mashg’ulotingizda bolalarga tozaligu ozodalikning va pokizaligu soflikning inson ichki ma’naviyatining negizlari ekanini tushuntira olgan bo’lsangiz, demakki, xayrli ishlarni amalga oshirdingiz, chunki ular odamning insoniy ziynatlaridir.
19. Sharm hayo va andisha insoniylik ziynatidir.
“Odob ila sеn ulug’lik olgin, hikmat gavharini qo’yningga solgin.”
“Donolar bisotidan”
“Buyuk faylasuf Ibn Sino
insonninng eng yaxshi xislati
uning odobi, sharm-hayosi,
nazokatida ekanligini,
“Hayvonlar xunuk ish qilsa,
ayblanish kerak emas, lekin inson vujudi aql bilan munavvar bo’la turib, tubanlikka yuz tutsa, odamgarchilikni yo’qotib, axloq doirasidan chiqsa, bungga hayratlanish darkor” degan edi” [19. 249-250 b].
Mashg’ulot davomida sharm-hayo, iboli va andishali bo’lishni bolalar ongiga singdirish barobarida sharm-hayo bu oriyatli bo’lish, har qanday joyda va har qanday holatda o’zini tuta bilish, andishali bo’lish, o’tirganda, yurganda, so’zlaganda odob doirasidan chetga chiqmaslik kerakligini ularga o’qtirish kerak. Sharm-hayo va andisha haqida donolar fikrlari, hikmatlar, rivoyatu hikoyatlar va maqollar xalqimizda juda ko’p. Quyida ulardan bazilarini keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |