I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet28/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

(“Xalq hikmati”)
* * *
“Odamning qiymati emas simi zar,
Odamning qiymati bilim va hunar”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“Kiyiming janda bo’lsa ham ganda bo’lmasin”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“Inson nafosati va did-farosatining bir ko’rinishi toza va ixcham holdagi nafis kiyinishidir. Kiyimning zamonaviy, milliy bo’lishi yigitu - qizlarga ham, erkagu-ayolga ham va hattoki bolalarga ham husndir”.
(“Otalar so’zi”)
Mashg’ulotingizda odobli, axloqli, aql-zakovatli, kamtarin insonlar hyech qachon kiyimga, yaltir-yultirga, modaga, chet el kiyimlariga ruju qo’ymaydi, degan xulosaga kelgan bo’lsangiz, ushbu mashg’ulotingizdan bolalarga foydangiz tegibdi.
17. Halollik va rostgo’ylik - insoniylik belgisi.

Halollik, rostgo’ylik - inson uchun katta baxt”
E. Zolya
Halollik, poklik, rostgo’ylik,
adolatlilik, imonlilik va shu
kabilar insonning insoniyligini
belgilovchi sifatiy belgilardir.
Shuning uchun ham farzandni
yoshligidan boshlab halolu,
poklikka, rostgo’yligu haqiqatgo’ylikka o’rgatishi kerak. Bu masalani hal etish yo’llari mashg’ulotingizda aks etsa yaxshi bo’lar edi. Bu mashg’ulotda halollik bilan poklikni va rostgo’ylik bilan yolg’onchilikni taqqoslab, ular oqibatlarini bolalarga tushuntirib, ayniqsa salbiy holatlarda kim ko’proq zarar ko’rishini va aziyat chekishini ularga tushuntiring.
Mavzuga quyidagi ma’lumotlardan didaktik material sifatida foydalaning:
* * *
“Insonning chin ma’nodagi insonligi uning imoni, diyonati, mehr-oqibati, pokligu halolligi, kamtarligi rostgo’yligi bilan o’lchanadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Imonli odam barcha qiyinchilik va mahrumliklarga ongli ravishda bardosh bergan holda halollik va poklik, insof va diyonatlilik, ezgulik va rostgo’ylik kabi fazilatlarni o’zida gavdalantirishga harakat qiladi”.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling