* * *
“Sharm-hayo va andisha – har qanday fazilatlarning negizi”.
T. Dratzer
* * *
“Har qiz-u, har yigitga andisha-yu hayo lozim”.
(“Xalq qo’shig’i”dan)
* * *
“Demakkim, ko’ngli poku ham ko’zi pok,
Tili poku, so’zi pok, o’zi pok”.
Alisher Navoiy
* * *
“Kimki ko’p so’ylaydi besharmu hayo,
Topmas izzatu obro’ elaro”.
Abdulqosim Firdavsiy
* * *
“Oqil ahli hirsga giriftor bo’lmas”.
Pahlavon Mahmud
* * *
“Inson farzandi bir-biridan kiyim bilan emas, balki ayniqsa, aqli, fazilati, ilmu-hunari, or-nomusi bilan farq qiladi”.
Abay
* * *
“Sharm – hayo va andisha insonning go’zal sifatlari ekanligini unutmaylik bular inson baxt-saodatining tuganmas xazinasidir”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Adabsizlik jo’shqin bir sel oqimidirki, u ulug’vorlik va vazminlik saroyini xarob etadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Go’zal tarbiya insongga shon-sharaf bag’ishlaydi. Tarbiyasiz inson sharaf va kamolotdan maxrumdir”.
(“Otalar so’zi”)
Bu kabi materiallar yordamida siz hayo, andisha, uyalish kabi fazilatdarni bolalarga singdira olsangiz, kelajakda ularda bo’lishi mumkin bo’lgan qo’pollik, madaniyatsizlik, vaxshiylik va vafosizlik, hayosizlik kabi illatlarning paydo bo’lishini oldini olgan bo’lasiz.
Dono mutafakkirlarning yuqoridagi kabi fikrlari insonning o’z insoniyligini namoyon qilishda juda ham kerak bo’ladi. Bunday mashg’ulotlardan “Ma’naviyat saboqlari”da muntazam ravishda foydalanib borish farzandlarimizni jamiyat taraqqiyoti darajasiga mos va xos qilib tarbiyalashda mustahkam ma’naviy poydevordir.
20. Kamtarga kamol.
Alisher Navoiy kamtarlikka quyidagicha ta’rif beradi:
El yo’lida gard o’lubon dard ila,
Kibr ko’zin ko’r etib ul gard ila.
“Odamlarga hurmat -e'tiborli bo’lish, o’ziga nisbatan yuksak talabchanlik va kamtarlik bеlgisidir”
Do'stlaringiz bilan baham: |