* * *
“Kamtarlik va xushmuomalalik barkamollikning bosh sharti”.
L.N. Tolstoy
* * *
“Bu dunyoda har bir narsa o’zgaradi, ammo fazilat qonunlari sira ham o’zgarmaydi”.
(“Donolar hikmati”)
* * *
“Dili ochiqqa yo’l ham ochiq”.
(“Turkman maqoli”)
Unutmang mazkur fazilatning asosida bolalarda o’zaro munosabatlar madaniyatini shakllantirish yotadi va bunda xayrixohlik hamda atroflardagilarga nisbatan xushmuomalalik muhim ahamiyat kasb etadi.
23. Ziyraklik.
“Bir so’z to’rga eltar,
Bir so’z go’rga”.
(Xalq maqoli)
“Zirakilik bu insondagi tez
fikrlilik, o’ylagan narsani
darrov topa olish qobilyatidir.
Inson o’z mulohazasi
ziyrakligini, hamisha oshirib
borishi kerak, agar u yomonlikka qaratilsa, bu xislatlar razillik, makkorlik, aldamchilikka olib boradi” (Abu Nasr Farobiy).
Ziyraklik insonning odamlar bilan muloqotda va undagi so’zni o’z o’rnida foydalanishida namoyon bo’ladi. Odamning fahm -farosatliligi, odobi, o’zini odobli tutishini ziyraklik tartibga solib turadi va bunday sifatga ega bo’lgan odamlar atrofidagi insonlarga nisbatan munosabat va muloqotda ularning insoniy qadr – qimmatini pasaytirmaydi.
Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:
* * *
“Bir so’z kuldiradi,
Bir so’z o’ldiradi”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Bilmagandan bilgan yaxshi,
To’g’ri ishni qilgan yaxshi”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Sabr-bardosh – Ollohdan,
Shoshqaloqlik shaytondan”.
(“Hadis”)
* * *
“Xasisdan: “Arqoningizni berib turing! ” - desang,
“Unga un solib qo’yganman” deydi”.
Xolbo’ta To’raqulov
* * *
“Yozda dangasaga: “Eshikni och” - desang,
“Tashqari suvuq”, deydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |