I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
* * * “Jannat onalar oyog’i ostidadir”. (“Hadis”)
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- (“Hadis”) * * * “Otang qozi bo’lsa ham, gunoh ish qilma”. (“Otalar so’zi”)
- * * * “El rizosin sen agar qilsang talab, Boadab bo’l, boadab bo’l, boadab!” * * *
- Erkin Vohidov
- Ona vatan
* * *
“Jannat onalar oyog’i ostidadir”. (“Hadis”) * * * “Ota - onasi o’lgan odamni emas, odob - axloqi bo’lmagan odamni yetim de:” (“Otalar so’zi”) * * * “Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi, Sharaf toji erur oyog’in gardi”. Abduraxmon Jomiy * * * “Otaga itoat qilish - Ollohga itoat qilishdir. Otaga osiy bo’lish – Ollohga osiy bo’lishdir”. (“Hadis”) * * * “Otang qozi bo’lsa ham, gunoh ish qilma”. (“Otalar so’zi”) Ushbu hikmatlarni xohlagancha davom ettirish mumkin. Sizning asosiy vazifangiz tarbiyalanuvchilarni odobli qilib tarbiyalash va iloji bo’lsa quyidagi ikki hikmatni yod oldirish, hyech bo’lmaganda ularning mazmun - mohiyatini ular qalbiga joylashdan iborat: * * * “El rizosin sen agar qilsang talab, Boadab bo’l, boadab bo’l, boadab!” * * * “Odob ila sen ulug’lik olgin, Hikmat gavharin qo’yningga solgin”. 29. Milliy g’urur - ma’naviy komillik mezoni. “Qayga bormay boshda to’ppim, Shuhratim, qadrim buyuk. Olam uzra nomi kеtgan, O’zbеkiston, o’zbеgim”. Erkin Vohidov Mashg’ulotingizni salom – alikdan keyin quyidagicha boshlayversangiz bo’ladi: Milliy g’urur xalqning qadr – qimmati, boy tarixi va an’analari, madaniyati va ma’naviyati, tili va dini, dunyoga mashhur buyuk siymolar, tabiati, uning yer osti va yer usti boyliklari va shu kabilari bilan faxrlanish hissidir. Bu har kimga ham nasib qilavermaydi. E’tibor bering-a mahallangizdan bir buyuk siymo elga tanilgan bo’lsa, uni odamlar o’ziga yaqin olib bizga qarindosh (vaholangki u begona bo’lsa ham) bo’ladi deydi va aksincha mahallangizdan bir kishi yomon otli bo’lsa, u sizga qarindosh bo’lsa ham uni tanimaslikka olasiz. Vatanimiz ham tarixan, ham zamonaviy jihatdan boy ma’naviy va moddiy merosga ega. Shu sababli bolalarni quyidagidek so’zlar bilan ardoqlab tarbiyalash kerak: sen tarixi boy, ulug’ millatning farzandisan (bungga bolalarga mos qilib ma’lumotlar keltirib yuborish kerak); sen ulug’ mutafakkirlar, allomai zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarimiz avlodisan; sen “buyuk ipak yo’li”da joylashgan xalqlar davomchisisan; sening yurting yer osti va yer usti boyliklari bo’yicha ham boy, sen unga munosib bo’lishing kerak va sen bularni yanada boyitishga mas’uldirsan; o’zbek xalqi boy ma’naviyatli va vatanparvar xalq va sen unga sodiq bo’ladigan farzandsan; o’zbek xalqi vatangga sadoqatli xalq, u har qanday bo’ronlaru – to’fonlardan eson - omon o’tib kelayotgan xalq, sen unga munosib bo’lishing kerak; o’zbek xalqi imoni butun, vatangga sadoqatli va mehmondo’st xalq, sen unga xos va mos bag’rikeng bo’lib shakllanishing kerak; o’zbek halqi odamiylik dini birla, toza imonli xalq, sen uning davomchisi bo’lishing uchun bag’ring keng, imoning butun, xalq farovonligini va yurt tinchligiga qayg’uruvchi inson bo’lishing kerak; sen istiqlol farzandisan, endi uni mustahkamlash sening vatan oldidagi burching; bugungi o’zbek xalqi sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab, ular orqali jahongga yuz tutishni o’ylagan ezgu niyatli xalq, seni ko’klarga ko’tarishni xohlagan xalq, sen bungga nima deysan? Sen bungga bor imkoniyating va vujuding bilan labbay deb javob berishing kerak. Bu sening Ona vatan oldidagi farzandlik burching va bu burch insoniylik nuqtai nazaridan ham, vatanparvarlik nuqtai nazaridan ham muqaddasdir. Mana shular emasmi barkamollikni belgilovchi omillar, ular salmog’i ila ma’naviy kamolotni aniqlash mumkin. Shu sababli ham ularni ma’naviy kamolot mezoni, deb atadik. Biz o’ylaymizki, mashg’ulotga oid didaktik materiallar xohlagancha topiladi. Bu mashg’ulotda yuqorida bolalarga qarata qilingan chaqiriqlarning o’zi yetarli bo’ladi. Mashg’ulotingizda bolalarga jannatmakon yurt, o’zbek halqi bag’rikeng va mehnatkash xalq, yigitlari tanti va qizlari dilbar, xullas o’zbek xalqi yer yuzidan boshlab samogacha ma’lum va mashhur (Samoda allomalarimiz nomlari yulduzlarga qo’yilgan) xalq ekanligini singdirgan bo’lsangiz, siz bitta katta xayrli ishni amalga oshirdingiz. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling