I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet38/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *
“Har bir yaxshilik sadoqatdir”.
(“Hadis”)
* * *
“Yaxshilik qilmoq yomon falokatdan asraydi”.
(“Hadis”)
* * *
“Nonni hurmatlanglar”.
(“Hadis”)
Mashg’ulotingizda bolalar ongiga yoshligidanoq ma’naviy sifatlarga amal qilish lozimligini singdira olsangiz va unga amal qilishda ularning tartib intizomli bo’lishini hamda ular o’zlarining hatti-harakatlari davrida bu sifatlar namoyon bo’lishini uqtirsangiz foydadan holi bo’lmaydi.
26. Bola tarbiyasida “Menga nima?”ning ahamiyati.

Tarbiya masalasida mayda narsa yo’q”.
N.I. Piragov

Odob hamisha kishining zebu –


ziynati bo’lib kelgan va u orqali
odam go’zal xulq egasi, deb
ta’riflanggan. Shu sababli ham
odobli kishi elning e’zozidan,
xalqning e’tiboridan tushmagan. Ammo ming afsuslar bo’lsinkim, ota-onalarimizda, murabbiy va tarbiyachilarimizda va umuman xalqimizda “Menga nima?” – degan illat bor. Yoshlar tarbiyasida hyech kimning “Menga nima?” deyishga haqqi yo’q. Chunki yoshlar tarbiyasiga e’tibor har bir ongli insonning jamiyat oldidagi burchi, ham ma’sulyatidir. Ayniqsa, har bir rahbar, o’qituvchi va muallim, tarbiyachi va murabbiy, ota – ona bola tarbiyasida “Menga nima?” - degan so’z birikmasini ishlatmasligi va uning domiga tushib qolmasligi kerak.
“Menga nima?” nomli so’z birikmasining til nuqtai nazaridan ma’nolariga e’tibor beraylik. Mana ular:

  • Menga nima?” – bu loqaydlik belgisi bo’lib, bola tarbiyasidagi nuqsonlarga e’tibor bermaslik alomatidir;

  • Menga nima?”bu hamma holat, narsa va jarayonlarga befarqlik bilan qarashning hosilasi bo’lib, u odamdagi taraqqiyparvarlik yo’qligini ko’rsatuvchi belgi;

  • Menga nima?” – bu insonning faqatgina o’z “Men”ini hurmat qilish belgisi bo’lib, bu illat orqali odamlarda faqatgina e’tiborsizlik va ma’sulyatsizlik tomir otadi;

  • Menga nima?” – bu jamiyat davlat va hattoki o’z farzandlari (oilasi)ning taqdiri bilan qayg’urmaslik belgisi bo’lib, bunday odamlar umumjamoaning zararkunandalaridir;

  • Menga nima?” – bu jamiyat va tabiatni kemiruvchi, “Manqurt” odamlarning shiori bo’lib, bunday odamlardan hyech qanday manfaat yo’q, ular taraqqiyot zararkunandalaridir.

  • Menga nima?” – bular atrofida bo’layotgan salbiy ta’sirlar va ma’naviy tahdidlar hamda turli qo’poruvchiliklarga ham befarqlikdir, ular hattoki bunday holatlar o’zlarining boshlariga tushishi mumkinligini o’ylamaydi ham, ya’ni bular bor joyda bemalol fojiya va illatlarning tomir otaverishi mumkin;

  • Menga nima?” – bu xudbinlik kasalining borligidan dalolat, o’zidan boshqasini o’ylamaslikdir, hattoki ularni o’z oilasi va farzandlari taqdiri xam bezovta qilmaydi;

  • Menga nima?” – bu odamdagi nafs girdobiga tushgan kishining shiori, bunday odamlarni davlat taqdiri, jamoa taqdiri va hattoki oila taqdiri ham qiziqtirmaydi, ular faqat o’zim bo’lsam deydi va hokazo.

Mashg’ulotingizda shu kabi talqinlardan foydalanib, farzandlarni o’z ona yurtiga, vataniga, oilasiga, ota-onasiga, bog’chasiga hurmat ruhida tarbiyalaysiz, degan umiddamiz.
Mavzuga oid qo’shimcha materiallar quyidagilar:



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling