R. Usmonov.
* * *
“Yaxshilar yonidan unga joy bo’lsin,
Yomonlarning holi ohu voy bo’lsin”.
Abulqosim Firdavsiy
* * *
“Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradi”.
(“Hadis”)
* * *
“Tarbiyaning eng muhim qismi fe’l-atvorni shakllantirishdir”.
K.D. Ushinskiy
Bu mashg’ulot orqali farzandlarimizni faqat o’zini o’ylamasdan, balki yurt taqdiri va xalqi farovonligini o’ylaydigan shaxs bo’lib yetishishiga ma’naviy ozuqa beraoldi deb o’ylaymiz.
“Topshiriq bеrildimi, uning bajarilishi kafolatlanishi lozim, aks holda tartibsizlik boshlanadi”.
Xolbo’ta To’raqulov
27. Intizomlilik.
Intizomli odam
Ko’zlagan maqsadiga
erishishga qiynalmaydi.
Bungga sabab intizomli
odam o’ziga belgilab olinggan qat’iy tartib va qoidalarga binoan izchil harakatlar asosida faoliyat yuritadi. Shuning bilan birga intizomlilik tartiblilikdan kuch oladi va u orqali har qanday shaxs axloqiy kamolotga ham yeta oladi. Bundagi tartiblilik – insonni topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishini va har bir faoliyatda intizomlilik bilan faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Bularni bolalarimizga yoshligidanoq singdirib borish kerak. Bular orqali bolalarimizda ma’naviy sifatlarni yanada yuksaltiramiz.
Mavzuga oid didaktik materiallar:
* * *
“Intizomli lashkar engilmas”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Davlatning koni manbai, tartib-intizom”.
Abdulla Avloniy
* * *
“Ilmni yozib qo’yish bilan bog’lab olinglar”.
(“Hadis”)
* * *
“Aqlli kishi o’z nuqsonlari uchun uzr so’raydi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Tunda uxlagach, kunduzi yana uxlash umrni isrof qilishdir”.
(“Otalar so’zi”)
Do'stlaringiz bilan baham: |