(“Xalq hikmati”)
32. Milliy qadriyatlar.
Bu mashg’ulotda quyidagi
milliy jihatlarga ko’proq
e’tibor bering.
Qadr – bu inson uchun
ahamiyatli bo’lgan hamda insonning umuminsoniyligini ko’rsata oladigan
axloqiy tushuncha. Shu sababli ham inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsalar qadryat deb ataladi.
O’zbek xalqimizga tegishli va uning qadr-qimmatini ulug’lovchi milliy urf-odatlar, an’ana, marosim va bayramlar o’zligimizni namoyon qiluvchi asosiy ma’naviy meroslarimizdir.
“An’ana – tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan – avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan ma’naviy hodisadir” [28. 254 – b.].
Urf – odatlar – bu xalqimizning turmush tarziga aylangan, umumomma tomonidan tan olinggan va unga mos faoliyatni amalga oshirishdagi xatti-harakatlar hamda qoidalarning amaldagi foydasidir. Ular: salomlashish, mehmondorchiliklarda, uy va jamoatchilik joylarida tozalikka e’tibor berish, milliy bayramlarga munosabat, qariyalarni hurmatini joyiga qo’yish va ularga mehribonlik ko’rsatish, qiynalgan odamlarga yordam ko’rsatish, hashar, to’ylarni birga o’tkazish kabilarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
“Marosim – inson hayotidagi muhim sanalarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan, umum qabul qilgan tartib qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi”. [28. 255 – b.].
Marosimlar: ism qo’yish; nikohdan o’tish; xotira va qadrlash; dafn etish; ekin ekish; urug’ qadash va shu kabilar.
Ma’lumki, o’zbek xalqi hayotida ham hozirda ko’plab ijtimoiy va shaxsiy hamda oilaviy an’ana, marosim va bayramlar yuzaga kelmoqda, shuningdek, “An’anaviy bayramlar” ham ommaviy tus olmoqda.
Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:
* * *
“An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, u kishilar ongiga singib ketgan va umumomma va ma’lum guruh tomonidan tan olinggan hamda tartib qoidalar majmuidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |