Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Salomlashish odobini huch qachon tark etmang. Bu sizni hasad va adovatdan saqlaydi”.
Xolbo’ta To’raqulov.
Mashg’ulotda bolalarga salomlashish insonning insonga bildirgan hurmati, odamlarning o’zaro muomala va munosabatlarining boshlanishi, bir-biri bilan uchrashuvchi ikki dilning kaliti ekanligini yetkaza olsangiz mashg’ulot maqsadiga erishgan bo’lasiz.
“Uylariga mеhmon qo’nmaydi-gan kishilar yomon odam-lardir”
(“Hadis”)
14. Mehmondorchilik odobi.
Mashg’ulotingizning shiori
“O’zbek xalqidek, mehmondo’st
xalq yo’q” dan iborat bo’lsin.
Mehmondorchilik ketma-ketligi:
uyga mehmon kelsa darhol salom berilib uyga taklif qilinadi; o’tirib fotihaga qo’l ochilib, tilak bildirib, dasturxon yozishga kirishiladi; dasturxongga dastlab non qo’yiladi va keyin shu tariqa boshqa narsalar qo’yiladi.
Uyiga kim kelishidan qat’iy nazar uy egasi xizmat qilishi kerak. Bu bo’yicha MTM da trening o’tkazing.
Mehmongga kelgan kishi ham o’zini odobli tutishi, mezbonlarni hijolat bo’ladigan holatga tushurmasligi, nojo’ya ishlar qilmasligi va ketish paytida uy egasining roziligini olib, xayrlashishlari lozim bo’ladi.
Mavzuga oid didaktik materiallar.
* * *
“Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo’ladi”.
Amir Temur
* * *
“Tili shirin odamning do’sti ko’p bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Tinch bo’lay desang, nafsining xohishiga qarama-qarshi ish qil”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Mehmonni deydilar atoyi Xudo,
Mezbonlik burchini joyiga qo’ygin.
Dasturxoning fayzli, chehrang dilkusho.
Aylab mehmoningning mehriga to’ygin”.
Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *
“Bir kun tuz yegan joyga qirq kun salom ber”.
Do'stlaringiz bilan baham: |