2.4. Maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan tarbiyachi va murabbiylarning pedagogik mahoratiga qo’yilgan talablar
“Yosh avlodda mustaqil-lik va tashabbuskorlik еtishmas ekan, bu bizning tarbiyachilik mahoratimiz bo’shligidan dalolat”
R. Usmonov
Ma’lumki, bolalar faoliyatida o’yin, mehnat, san’at (rasm chizish, raqsga tushish, ashula yoki she’r aytish va shu kabilar), bilishga qiziqish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli murabbiylar va tarbiyachilar bolalarning shu turdagi faoliyatini sun’iy deb emas, balki bu tabiiy hol deb ularni qo’llab – quvvatlash kerak. Mulohazamizga tarbiyashinos olimlarimizning quyidagi fikrlari
ham asos bo’la oladi. Bu borada Shorasul Zunnunov: “Bolalikning vazifasi o’yin bo’lib, u vazifani to’la-to’kis ado etish uchun bolalarning yoshlik vaqtlarida o’ynab qolishlariga harakat etish lozim. Shuning uchun bolalar berilib o’ynab turgan vaqtlarida: “... Qani ketinglar!” deb ularni o’yindan maxrum qilish bolalar jamiyatining vazifalar o’tash yo’lidagi tashabbus, azm va amallariga qarshi bo’lib, unga chegara qo’yishdir. Buni ularning ruhiga xiyonat deb ta’bir etish mumkindir”, desa, Ya.A. Komenskiy quyidagi fikrni bildiradi:
“Bolalar hamisha nima bilandir bajonidil band bo’ladilar. Bu juda foydali, shuning uchun unga xalaqit berish emas, aksincha, ularning doimo biror - bir ish bilan mashg’ul bo’lishlarining chora - tadbirlarini ko’rish kerak”.
Demak, murabbiy va tarbiyachilarning bolalar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish va jamoaviy ijodiy ishini o’tkazish, ma’lum muddatda ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni olib borishi uchun ulardan kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar asosida shakllanggan pedagogik mahorat talab qilinadi.
Shu sababli ham MTM dagi tarbiyachilar va murabbiylar bolalar bilan ishlash uchun aniq kasbiy malaka va shaxsiy xislatlarga ega bo’lishi kerak. Shularni hisobga olib bu borada ularga qator talablar qo’yiladi.
Tarbiyachi va murabbiylarning kasbiy faoliyatida pedagogik mahorat muhim ahamiyat kasb etadi va bu MTM da bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda yordam beradi. Ushbu sohadagi olib borgan tadqiqotimiz natijalarining ko’rsatishicha murabbiy va tarbiyachilarimizning kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablarni quyidagidek beshta yo’nalish bo’yicha ifodalash maqsadga muofiq ekan:
Do'stlaringiz bilan baham: |