I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet84/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

Maqsad na edi jahonga kelding,
Kayfiyatingni bayon etib ket.
degan talabiga endi javob bermoqchiman.
Shundoq aziz, shundoq o’z erki o’z qo’lida bo’lgan Vatanda yashamoq, ijod qilmoq baxti buyuk ne’matdir, onajon!” [25].
Said Ahmaddagi Vatandan qarzdorlik hissi, o’z xalqini sevishlik va ardoqlash ishtiyoqi va eng asosiysi, uning o’z xalqiga jon fidoyiligi tahsinga sazovordir. Biz undan va uning faoliyatidan yoshlarimiz tarbiyasidan ibrat – namuna sifatida foydalansak, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.

  • Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna. Zamona allomasi – O’zbekiston Qahramoni: U O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi. Xalqaro patologiya akademiyasining Markaziy Osiyo bo’limi Prezidenti, AQShning Fresno shahri faxriy fuqarosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor.

U “XXI asr ayoli” degan nomga sazovor bo’ldi. Amerikadagi xalqaro Biografiya instituti dunyo miqiyosida “XX asrning eng buyuk 500 allomasi” safiga kiritilgan.
Kembrij ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan “1998 yilning eng salohiyatli ayoli” deb topilgan. 1999 - yil bo’yicha Xalqaro Biografiya instituti chop etgan xalqaro intellektlarning “Kim aslida kim?” kitobida uning nomi qayd etilgan. Uning miya o’smalarining paydo bo’lishi haqidagi kashfiyoti dunyo tibbiyoti tajribasida qo’llanilmoqda.
Demak, farzandlarimizga hozirda ham To’maris, Muqanna, Shiroq, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Alisher Navoiy kabi ulug’ insonlarimiz bor ekanligini ta’kidlay olar ekanmiz.
Mustaqillik davridagi qahramonlarni keltirish esa yanada jonli bo’ladi.
Bular to’g’risidagi ma’lumotlarni oilada va MTM da bolalar intellektual salohiyatiga moslab, ular tilida tushuntirilsa ibrat – namuna tarbiyasi samarali bo’ladi.
YAKUNIY BOSQICH: Tarbiyachi yoki murabbiy mashg’ulotga yakun yasaydi. Buning uchun bolalar bilan ular savol – javob yoki suhbat o’tkazadilar.
Bolalarga taxminan quyidagicha savollar berib mashg’ulot samarasini aniqlab olish mumkin:

  • Qahramon bo’lish yaxshimi?

  • Qahramonlik har kimning ham qo’lidan kelaveradimi?

  • Qahramonlarimizning rasmlarini ko’rsatib, ularning nomlarini kim aytib bera oladi?

  • Sizlar ham kelajakda Vatanimiz qahramonlari bo’lishni xohlaysizlarmi?

  • Qahramonlar to’g’risida kinolar ko’rganmisizlar? Kimlar haqida? va h.k.

Bolalardan olgan ma’lumotlaringiz asosida mashg’ulot samaradorligini baholang! Unda quyidagi mezonlarga e’tibor bering:

  • guruhdagi bolalarning bir – birini tushunishi qanday? Bu ularning bir – birini qo’llab ketishida yaqqol seziladi?

  • qanday savollar va muammolar hal etildi;

  • bolalarda qanday xislatlar va tuyg’ular yanada jonlandi?

  • har kim o’zi uchun qanday xulosa qildi?

  • biz, ya’ni jamoamiz qanday ekan?

Ular asosida mashg’ulotingizga o’zingiz umumiy baho berinng.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling