I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga qo’yilgan talablar


Download 238 Kb.
bet1/3
Sana19.11.2020
Hajmi238 Kb.
#147705
  1   2   3
Bog'liq
Bolalar nutqiga qo'yilgan talablar


MUNDARIJA
Kirish

I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga qo’yilgan talablar.

1.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni xar tomonlama tarbiyalashda ona tili 12-36

1.2 Bolalar bo’g’chasida nutuqni rivojlantirish dasturiy uning ilmiy asosi, tuzilishi va mazmuni 36-56

II BOB. Didaktik materiallar yordamida bog’lanishli nutuq o’stirish.

2.1 Bolalar nutqini rivojlantirishda ta’limiy o’yin va mashg’ulotlar, ularga qo’yiladigan talablar. 56-65

2.2 Didaktik qo’g’irchoqlar va suratlar orqali bolalarning monologik nutqini o’stirish. 66-73.

2.3 tajriba – sinov ishlari 74-80

Xulosa 80-83

Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
O’zbek tili – juda qadimiy til. Bu tilni shu xalqning tarixdan, ma’rifatdan ajiratgan holda tekshirib bo’lmaydi.

Bizning tilimmiz davirdan davirga, avloddan avlodga meros qolib, shu kunlarimizgacha yetib keldi. Lekin xalq ijodining taraqqiyot kabi til taraqqiyoti ham kurashsiz, ziddiyatsiz bo’lmaydi. Til fikirlar kurashi jarayonida rivojlana boradi.

Til - bu kishilararo aloqa quroli, milliy boylik, tarbiya, maorif, ijodiyotda qudratli vositadir. Shuning uchun ham tilini puxta egallash, o’z fikrini to’liq ijod etishga o’rganish lozim.

Tilini fikirdan ajiratib bo’lmaydi. Inson qaysi tilda so’zlashmasin, u so’z bilan fikirlaydi. Demak, til shunday katta ahamiyatga ega ekan, uni egallash malakasini eng kichik yoshdan boshlab olib boorish lozimligi o’z – o’zidan ravshan bo’lib qoladi.

Bolalarning nutqi esa bolalar bog’chasining tarbiyaviy ishlarida bolalarni ona – tiliga o’rgatish orqali o’stiriladi.

Bolalar atrofdagilar qaysi tilda so’zlashsalar, o’z fikirlarini shu tilda bayon qiladilar, shu tilni o`rganib, natijada bu til ular uchun ona tili bo’lib qoladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi hayotida bola nutqini o’stirish tarbiyada juda muhim vazifalardan biridir, chunki ona tilini o’rgatish bola ongining taraqqiy etishi, shaxisning har tomonlama kamol topishiga zamin tayyorlaydi. Bola bolalar bog’chasida ijtimoiy tarbiya oladi, u o’ynaydi, jamoada qo’lidan kelgancha mehnat qiladi. O’z harakatlariga baxo berish, uni seza olishga o’rgatadi.

Mavzuning dolzarbligi: bolalar bog’chalarining oldida bolalarni o’z fikrini, istak – orzusini, xissiyotini to’g’ri va aniq ifoda etish, ona tilidan kishilar bilan aloqa qilishda, hayotini o’rganish jarayonida foydaydalanishga o`rgatish kabi katta va muhim vazifa turadi .

Bolalar so`z boyligini o`stirish ularning fikrini o`stirish bilan bog`lab olib borilishi lozim. Tarbiyachi bolalar nutqini va fikrini atrof hayot bilan , oilaviy turmush, bolalar bog’chasining jamoa hayoti bilan, mamlakatimizning ijtimoiy - siyosiy hayotidagi voqiya – hodisalar, jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish asosida o’stirib boriladi. Tarbiyachi bolalarga ular ko’rgan narsalarning nomini aytadi, kuzatgan hodisalarni so’z bilan tuhuntiradi, ifodalab beradi. Shunday qilib nutuqda bolalarning bilishi faoliyatlari oshadi, mustahkamlanadi.

Tarbiyachi maxsus usullar yordamida bolalarni faqat lozim bo’lgan so’zlarning ma’nosini tushuntiribgina qolmay, balki ulardan o’z nutuqlarida faol foydalanishlariga, ulardan so’zga qiziqish va diqqatning o’sishiga erishdi (nima uchun bunday gapiradi? Bunday gapirish mumkinmi? Qanday aytish mumkin?). Bolalarni kattalarni ismi va otasining ismi bilan atash , sizlash o`rtoqlarining hurmat anglatuvchi qo`shimchalar qo’shib chaqirish, rahmat, marhamat, salom, xayir, salomat bo’lining, mumkin bo’lsa, kechiring, yoqimli ishtaha singari hurmatni ifodalovchi so’z va iboralardan foydalanishga o’rgatish zarur.

Muomlada ma’lum tartib muloyimlikni tarbiyalash bolalarda yuqori ahloq xususiyatlarni tarbiyalash bilan chambarchas bog’liq.

Ularning muloyimligi, madaniy xulq otvori kishilarga munosabatida, qarindosh – urug’lari va yaqin kishilariga mehir – muhabbatida, keksalarga bo’lgan hurmat – izzatda, o’rtoqlariga bo’lgan do’stona munosabatlarda nomoyon Bo’lmog’i lozim. Nutuqning gramatik qurulishini shakillantirish. Lug’at – bu tilining qurulish materialidir. Gramatika esa so’zlarni o’zlashtirish va ularda gap tuzish normalarini belgilaydi. Tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilini o’zlashtirish, o’rganish bu hammadan avval tilning tovush tuzilishini, tovush talafuzini to’g’ri o’zlashtirish demakdir.

Bola kattalarning to’g’ri ta’sirida taqlid qilish va o’rganish orqali so’zlarni, tovushlarni to’g’ri talafuz qila boshlaydi, so’z urg’usini, nutqning muhum hususiyatlaridan biri bo’lgan ohangdorlikni o’zlashtiradi.

Dialogic nutuni shakillantirish va bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatish. Bolalarda so’zlashuv (dialogik) nutuqni shakillantirish ular hayotining birinchi yilidan boshlanadi. Bolani o’ziga qarata aytilgan nutqini eshitish va tushunishga, savollarga javob berishga va so’zlashga o’rgatadi.

So’zlashuv nutqinig shakillanishida yutuqqa erishish ko’p jihatdan bolaning o’z boyligini qanchalik egallaganligiga va uning tilning gramatik qurulishini qanchalik o’zlashtirganligiga bog’liq.

Bolani so’zlayotganda o’zini tuta olishiga, gapirayotganda tinch turushi, o’zlayotganda suhbatdoshlarning ko’ziga qarab munosabatda bo’lish, kattar bilan muomilada boshini erga egib turmaslik, tinch osoyishta suhbatdoshiga eshitarli qilib so’zlashga, gapirayotgan kihining so’zini bo’lmaslikka, savolga tez va aniq javob berishga o’rgatish lozim.

Hikoya qilishga (monolok nutuqga) o’rgatishda bolalar bog’chasining oldidagi muhum vazifa bolani maktabga tayyorlashdir monologik nutuq bolani lug’atni aktivlashtiradi, uni jumla tuzushga, fikrini izchil (atrofdagilarga tushunarli) bayon etishga o’rgatadi.

Bolalarda og’zaki hikoyani eshitish, uning mazmunini tushunish eshitayotganlarini taqlid qilib qayta hikoya qilish malakalari shakillantiriladi.

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar mustaqil hikoya tuzushga, narsalarni, o’yinchoqlarni, hayvonlarni tasvirlab berishga, rasimga qarab tarbiyachi bergan mazmun asosida hikoyalar tuzishga tasvirlab berishga, rasimga qarab tarbiyachi bergan mazmun asosida hikoyalar tuzushga o’rgatiladi. Bunda bolalarning mustaqilligi va ijodiy (faolligi) namoyon bo’ladi. Bolalar bog’chasida bolalar osoyishta, izchillikka rioya qilib hikoyalshga, o’z guruh jamoasi oldida va notanish kishilar o’rtasida so’zlay olishga o’rgatadi. Bularning hammasi bolalarda kollektivda o’zini tuta olish odatining shakillanishida yordam beradi.

Badiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalar badiy adabiyoti bolalrni har tomonlama tarbiyalovchi vositalardan biridir.

MTM da ular bolalar adabiyoti namoyondalarining eng yaxshi asarlari, qardosh xalqlar yozuvchilarninh kitoblari bilan tanishtiradi.

Tarbiyachi bolalarda badiy asarlarni eshitish va uni tushunish, fakir mulohazalarini so’zlash qahramonlarga, ularning xatti – harakatlariga nisbatan o’zlarining munosabatlarini aytib bera olish kabi ba’zi bir elementar malakalarni shakillantiradi. Bolalar muayyan kichik she’rlarni eslab qolish va uni yoddan o’qib berishga o’rganishlari lozim. Kitob mutoalasi orqali olib borilgan barch ishlar bolalarning axloqiy qiyofasini shakillantirish va ularning estetik xis - tuyg’ularini o’stirish bilan mustahkam bog’lanadi. Tarbiyachi bolalarda bilim manbayi sifatida kitobga qiziqish uyg’otish, unga nisbatan to’g’ri va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish malakasini shakilantirish lozim.

Bolalar muasasasida bolalar hayotini shunday tashkil qilishi kerakki, badiiy so`z faqat mashg`ulotlardagina emas ,balki kundalik hayotda, bayramlarda , o`yinlarda tadbirlarda ,dramalashtirilgan o`yinlar shakillarida ishlatilsin .

Bolalarni savod o`rgatishga tayyorlash. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar har tomonlama ta’lim berish bir maqsadga,ya’ni ularning kamol topishiga ko’maklashish va o`z vaqtida maktabga tayyorlashga qaratilgandir .

Maktabda muffaqqiyatli o`qib ketish uchun og’zaki nutuqni shakillantirish, uquv faoliyayati malakalarini egallash, eng muhim - boshqalar nutuqni eshitish, ular nutuq mazmunini tushunish, o’rtoqlarning javobini taxlil qila olish, lozim bo’lsa,ularning javobini tuzatish va to’ldirish malakasiga ega bo’lish juda muhimdir.

Katta va tayyorlov guruglarida bolalarning nutuq taraqqiyotiga bo’lgan talabi ortib boradi. Ular o’zlarining fikirlarini aniq, tushunatli gramatik tomondan to’g’ri, yoyiq gaplar bilan bayon etishlari lozim.

Shu bilan bir qatorda, tayyorlov guruhida bolalarni savod o’rgatishga tayyorlash ishlari olib borilardi ular nutuqdagi tovushlarni analiz qilish bilan shug’ullanadilar, 4-5 so’zdan gap tuzadilar, so’zlarni bo’laklarga (bo’g’inlarga) bo’ladilar. Mana shu ta’lim tarbiyaviy vazifalarni bajaraborekan bolalar bog’chasi bolalarni atrof hayot bilan tanishtirish, ularning so’z boyliklarini o’stirish, og’zaki nutuq malakalarini shakillantirish bilan birga, ahloqiy va estetik tarbuya vazifalarini ham xal qiladi.

Bolalar so’z boyligining oshishi uchun tarbiyachi ularga yangi so’zlardan qanday foydalanish yo’llarini o’rgatib boradi va nutuqning tovush qurulishiga ham etibor beradi.lekin ayni paytda tarbiyachi bola nutqini o`stirishda aniq vazifalarni , nutqning qaysi tomomni shakillantirish zarurligini aniq bilishi lozim .buning uchun tarbiyalanuvchilarning nutqini takomilashtirish yuzasidan plan asosida muntazam ish olib borish talab etiladi.

Mashg`ulotni rivojlantirishda tarbiyachi uning asosiy vazifasini aniq belgilab olishi lozim , masalam bolalarni narsalarni ifodalab berishga o`rgatish vazifasi qo`yilarkan, shu mashg`ulotdan qo`llaniladiga metod va usullarni belgilanadi .

Yuqorida qayd etilgan masalalarni amalga oshirish uchun dedaktik materyallardan ko`rgazmali usullardan foydalanish hozirgi ta`lim tizimining dolzarb muamolaridan biridir.MTM larda ushbu muamoni xal etish yo`llarni ko`rib chiqdik .

Mavzuning maqsadi: maktabgacha ta`lim muassasalarida didaktik mashg`ulotlarni, didaktik o`yinlarini tashkil etish yo`llari va usullari bilan tarbiyachilarni qurollantirish .

Tadqiqotning obyekti :MTMlarida nutq o`stirish mashg`ulotlarida dedaktik jarayoni. Tadqiqot predmeti : maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning nutqi .

Mavzuning ilmiy yangiligi axamyati . mavzu doirasida R.Qodirova . ped. f .d.F.Qodirova ish olib borganlar . ammo bu ishlar aynan didaktik matiryallar orqali mashg`ulot o`tkazishka muljallanmagan . ushbuni o`rganig chiqib , BMI natijalrini MTM larida joriylashirish mumkin

BMI tarkibi : kirish , 2-bob , tajriba –sinov ishlari , xulosa , foydalanilgan adabiyotlar, ilovadan iborat.


I-bob Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga qo’yilgan talablar.

1.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona

tilining ahamiyati.

Mustaqillik jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy sohasidagina emas, balki madaniy hayotda ham o’z aksini topmoqda.Ma’lumki, adabiy tilda gapirish va yozish kishilarning bir-birini tez va oson tushunishga yordam beradi, nutqning jozibadorligi, ta’sirchanligini oshiradi.Bolalarni adabiy nutqqa o’rgatishda oila,,maktabgacha tarbiya muassalarning roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz bog’cha yoshidanoq bolaning og’zaki nutqini o’stirib borishdir.

“Bola,-degan edi, K.D.Ushinnskiy,-ilk yoshlik chog’idayoq xalq madaniyati elementlarini o’zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bilish yo’li bilan o’rganadi. Shu bois bizning fikrimizcha, oilada, bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiyavgiy ishlarni amalgam oshirishda ona tilidan o’rinli foydalanmoq zarur”

Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta.Butun dunyo xalqlarining siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur etib bo’lmaydi.Chunki til eng muhim aloqasiz rivojlanmaydi.

Bog’chada ta’lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta’lim olishga (maktab ta’limiga) tayyorlas, kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona til asosiy o’rin egallaydi.

“… Xalqning milliy madaniyati va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish-bu tilning davlat maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish ….demakdir.” (I.A. Karimov “O’zbekistonning o’z isttiqlol va taraqqiyot yo’li Toshkent O’zbekiston “1992-yil,20-bet) deb ta’kidlab o’tgan edi Respublikamiz prizdenti I. A karimov.

O’zbek adabiy tili o’zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og’zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammalashib keldi.

O`zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko`ra ikki adabiy tilga ajratish mumkin eski o`zbek adabiy tili va xozirdi zamon o`zbek adaqbiy tili.

Eski o`zbek adabiy tili o`zbek xalqining buyuk mutafakiri A.Navoiy asos solgan va keyinchalik Muqumiy Furqat kabi dimokratik shoirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o`zbek xalqi va uning tili taraqqiyot tarixini o`rganish uchun manba bo`lishi bilan birga hozirgi zamon o`zbek adabiy tilining davomi yangi sharoitda o`zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shakildir.

Bolalar bog`chasi bolalarni har tomonlama, ya`ni jismoniy, aqliy, ahloqiy, estitik tomondan tarbiyalashdik maqsadni o`z oldiga qo`gan. Bu maqsad esa bolalargas ona tilini o`rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog`chada og`zaki nutuqni o`stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. U tevarak atrofdagi voqea hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib beradi. Bolalarda nutuqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib oshishiga yordam beradi.

Bola tashqi dunyoni xotira tasvur xayol, tafakkur kabi ro`xiy jarayonlar yordamida, shuningdek, nutiq yordamida bilib olish qolbilyatiga ega. Ammo bolalardagi intillikt yani ro`xiy jarayonlar (xotira, tasavur, xayol, tafakkur va xokaxo) shunchakiy bola organizimimning o`sib borishi va takomillashish bilangina paydo bo`lmagan, balki nutuqning rivojlanishi bilan paydo bo`ladi takomillashadi.

Agar bola kichik yoshdan boshlab to`g`ri gapirishga (so`zlashishga) o`rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal xolatda rivjlanadi, yani avval tasavvur etish, keyin esa fikir yaratish, hayol qilish qobilyati paydo bo`ladi va bu qobilyatlar har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intillikt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomilashib boradi.

Ko`pgina tajribalar shuni ko`rsatadiki, nutqi rivojlanmagan bola to`liq shaxs sifatida kamol topmaydi.

Demak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi keraki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha ruhiy jarayonlar rivojlanishiga ko`maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o`rgatishbilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffiqiyatli o`qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faolyatiga yondashishga o`rgatiladi. Bolalar bog`chasining barcha ta`limiy -tarbiyaviy ishlarida bolalarga ona tilni o`rgatish orqali ularni nutqi o`stiriladi.

Ayniqsa nutq o`stirish mashg`ulotlarda har bir bolaning nutqini rivojlantirish bo`yicha ishlar rivojlantiriladi. Bolalarga barcha mashg`ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi.”Ona tili, -deb takidlangan edi K.D.Ushiniskiy ” - har qanday taraqiyotning asosi, butun bilimning xasidir. Har qanday tushinish undan boshlanadi, u orqqali o`tadi va unga qaytadi”.

So`z boyligi bolaga barcha mashg`ulotlarda beriladigan bilimlarni tez va tushunarli, puxta o`zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi. Bu o`z navbatida bola kamolaoti uchun ham keng yo`l ochadi. Bilimlarni puxta egalashga uni sekin-asta hayotga tatbiq etishga ham o`rgatadi. Ona tili aqliy tarbiyaning manbai va vositasi hamdir.

K. D. Ushinskiyning fikricha, bolaga ta`lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchiligi bilan, uning miliy harakteri bilanbelginadi. U ”tilda chuqur ma`noli ketma ket falsafiy fikrlar, chinakam nafis xis tuyg`ular, nihoyatda to`g`ri, ko`rkam did,fikrni bir joyga to`plab, zo`r diqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rahg barangliklarni g`oyat darajada ziyraklikbilan his etish,kuzatuvchanlik, zo`r mantiqiylik… bar” deb tariflanadi.

K.D.Ushinskiy o`zining “ona tili so`zlari” maqolasida bolani ona tilidagi so`zlar orqali tarbiyalash masalasini qo`ydi. Chunki xalqchilik dastlab ona tilida o`z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, manaviy qiyofasi ana shu til tasirida shakillanadi shoira Zulfiya takitlaganidek ; “ ona tilini mukammal o`rgangan kishi ona yurtining tarixining to`liq o`rganish vaqtiga miyassar bo`ladi”.

Ona tili bolalarda vatanparvarlik, baynalminallik tuyg`ularini o`stirib borishda bolalarning madaniy saviyalarini oshirib borishda qudratli vosita bo`lib xizmat qiladi. Demak, ona tili bolalarni axloqiy tomonidan tarbiyalash vositasidir.

Bolalar bog`chasida tarbiyalanayotgan bola o`rtoqlari bilan o`ynaydi, qo`ldan kelgancha mexnat qiladi. Bu jarayonda o`z harakatlariga baho berishga fikrini boshqalarga tushunarli qilib bayon eta olishga o`rganadi.

Bola kuzatish va nutiq orqali dunyoni,borliqni bilib oladi: tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarning, voqea hodisqalarning nimani sifatlarini va belgilarni xusiyatlarini o`xshash va farqli tomonlarini aytishga o`rganadi.

Ona tili orqali bolalar o`z ajdodlarining tarixini, madaniyatini, qadriyatini, urf-odatlarini bilib oladilar, xalq og`zaki ijodiyoti badiiy adabiyot, san`at bilan tanishdilar.

Shunday qilib, ona tili maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni ruhiy jihatdan rivojlantirishda ularning ma`daniy saviyasini oshirishda, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat va qonuniyatlarini tushunib oladilar, maktabda muvaqiyatli o`qishlari uchun zamin yaratishda, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o`rgatishda, aqliy va axloqiy tarbiyani amalga oshiradi, dunyoni, borliqni, bilib olishda xalqimiz ma`daniy merosini o`rganishlarda asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi.

Til jamiyatda kishilarni bir-birlari bilan aloqa bog`lashlari uchun, bir-birlarining fikrlarini tushunishlari uchun muhim vositadir. Til jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun u ijtimoiy hoisa hisoblanadi.

Til jamiyat paydo bo`lishi bilan paydo bo`lgan, jamiyat taraqqiyoti bilan birga taraqqiy etgan, rivojlangan. Jamiyatda fikr almashuv doimiy va hayotiy zarurat hisoblanadi. Odamlar til vositasida o`zaro fikir almashadilar. Shuning uchun ham til aloqa vositasi bo`lishi blian birga, jamiyatning rivojlanish manbai hamdir.

Til jamiyat hayotida katta ro`l o`ynasada, u ishtimoiy tarqqiyotning maxsulidir

Nutiq bilan til o`zaro bog`liq. Nutq odamlarning til vositasida aloqa bog`lashlaridir. Har bir kishining o`z nutqi bor. Ammo anashu nutqni bir necha tilda ifodalash mumkin. Til ishtimoiy hodisa bo`lgani uchun ham u kishilarda mustaqil holda mavjud bo`ladi.

Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq orqali aloqa bog`lanish jarayonida vujudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog`langan holda 3 ta vazifani bajaradi:



  1. Kommunikatif;

  2. Bilish;

  3. Tartibga solish.

Nutiqning kommunikatif vazifasi bolada juda erta paydo bo`ladi. Bolaning ilk bor ayt gan birinchi so’zi komunikativ vazifani bajaradi. Kyeinchalik esa bu so’z bolaning atrofidagi kishilar bilan muomila qilish ehtiyoji o’sib turgan sari nutu sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o’z istak xoxishini atrofdagilar kishilarga tushinarli tarzda ifodalay oladi, o`ziga qarata aytilgan nutqni so`zlar manosini tushuna boshlaydi.

Uch yoshdan keyin bola ichki nutuqni egallaydi. Bu vaqtda nutuq uning uchun momila vositasi bo`libgina qolmay, balki boshqa vazifani-bilish vazifasini bajara boshlaydi. Yangi so`zlar va so`z shakillarini o`zlashtira boprib tevaraK atrof haqidagi predmed va hodisalar, ular o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik haqidagi tasavurlarni kengaytiradi.

Bola nutqining kumuntatif va bilish vazifasi bilan birgalikda hulqni tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi.

Bola hulqini tartibga soluvchi birinchi so`z bu “mumkin”, “mumkin emas” hamda buyruq feli shaklidagi “ye”, ”bor” degan so`zlar bo`lib qoladi.

Til kishilarning eng qulay aloqa- almashinuv vositasi.

Inson til orqali:



  1. o`z fikrini bayon qiladi – axborot beradi

  2. boshqalarni fikrini aniqlaydi anglaydi – axborot qabul qiladi.

Nutqning bola xulqini tartibga soluvchi vazifasi tasirida bola tominidan nutqni egallash- bu ona tilining axloqiy tarbiyalash voaitasi bo`lib qolganligini bildiradi. Shu vaqtdan boshlab kattalar o`zlaring bolalarga aytadigan so`zlariga xulqlariga etibor berishlari kerak. Bola xulqni tartibga solib turuvchi mumkun emas, mumkun, kerak kabi so`lar bilan birqatorda, yaxshi- yomon tushunchalarni ham farqlab boradilar.

Mumkin so`zi yaxshi dunyoda foydali olijanob ishga ruxsat berilganini bildiradi.

Kerak so`zi orqali, esa iroda mashq qildiriladi,bolada esa o`z burchiga munosabat shakillantiriladi: qi shda qushlaga g`amxo`rlik qilish kerak,uy ishlarida buvingga, onangga, otangga yordam berishing kerak, himoyasiz bolalarni himoya qilish kerak.

Bola ona tilini o`zlashtirish bilan birga shu tilda samimiy murojat etish shakillarini ham o`rganib boradi.

Masalan, ” o`qib bering!” diyish o`rniga: “hozir siz bizlarga nima o`qib berasiz?”, “siz bizga o`qib bera olmaysizmi ?!” degan so`zlar bilan murajat qilishga o`rganadilar. Yoki o`rtoqlardan biron narsani so`rashda “menga ber!” deb do`q ohangida gapirish o`rnida: “mumkin bo`lsa, qalamimgni berib tur”, “iltimos koptogingni bir oz o`ynay ” kabi so`zlar samimiy murojat etishni o`rganadilar.

Agar bola xushfe’l olijanob ,g`amhur , samimiy , mehnatsevar , jasur rostguy kamtar sodiq kabi so`zlarni tushinsa kiyinchalik bu so`zlar axloqiy sifatlarini shakilantirishi dasturi bo`lib qolishi mumkin.Bola sekin- asta bu so`zlarni ma`nosini tushinsa kiyinchalik bu so`zlar uning axloqiy sifatlarini shakllantiradi Avval ular qaxromonlari o`zlarining mexnatsevarligi , rostguylik sadoqat kabi sifatlarini namoyon etadigan xalq ertaklarining sh`er , ertak , masal va xokazolarni tenglaydilar kiyin esa o`zlari ham ana shunday axloqiy fazilatlarga ega bo`lishni orzu qiladilar.

Demak, ona tili bolaga birinchi estetek go`zalik darsini ham beradi .

Ashulalar ,hazil mutoyibalar, so`z o`yinlari sh`erlar,aytib berish ertaklar hikoya qilib berish jarayonida ham bolalarda go`zalikka intilish undan g`ururlanosh hissi vujudga keladi . Bular ona tili orqali amalga oshiriladi .

Bollalar bo`g`chasida maktabgacha tarbiya yoshidagi bollalarga ta`lim va tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o`rgatish , nutqini rivojlantirish , nutqiy munosabatga muomlaga o`rgatishdir .

Nutq o`stirish uslibiyati pedagogik fan bo`lib , maktagacha tarbiya yoshidagi bo`lalarda nutqni shakillantirishga qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o`rganadi

Nutq o`stirish uslubiyati fanining asosiy vazifasi nutq o`stirish uslibi va uslubiyatlarni ,ularning samarali vositalarini ilmiy pedagogik asoslarda ishlab chiqish va bolalar bo`g`chalari tarbiyachilarni ular bilan taminlashdan iboratdir.tarbiyachilar esa o`zlashtirilgan uslub va uslubiyat yordamida bo`lalarda zaruriy nutqiy malaka va ko`nikmalarni rivojlantirishga harakat qiladilar .

Nutq o`stirish uslubiyatining maqsadi bolalrning og`zaki nutqini rivojlantirish uchun uchun atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo`lish malakasini shakilantirishdan iborat .

Nutq o`stirish uslubiyati boshqa xususiy uslibiyatlar kabi quydagi savollarga joavob beradi :

-nimaga o`rgatish kerak ?

-qanday o`rgatish kerak ?

-nima uchun huddi shunday o`rgatish kerak ?

Nutq o`stirish uslubiyati vazifasi o`z ichiga bir qancha maxsus xususiy vazifalarini ham qamrab olgan. Jumladan, bolalar bog’chasida bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha quydagi maxsus, xususiy vazifalar amalgam oshiriladi.


  1. Bolalarni tevarak - atrof bilan tanishtirish, nutuqni o’stirish, boyitish.

  2. Nutuqning garammatik tomonini shakillantirish.

  3. Nutuqning tovush madaniyatini tarbiyalash

  4. So’zlashuv nutqi (dialog) ni shakillantirish

  5. Hikoya qilishga o’rgatish (monologik nutuqni shakillantirish)

  6. Bolalarni badiy adabiyot bilan tanishtirish

  7. Bolalarni boshlang’ich savodga tayyorlash

Ushbu vazifalar har bir guruhdagi bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga ko’ra quydagicha tasdiqlanagan:

Birinchi va ikkinchi kichik guruhda;



  1. 1. Bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish, nutuq o’stirish, luatini boyitish.

  2. Nutuqning grammatik tomonini shakillantirish.

  3. Nutuqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So’zlashuv nutqini (dialog) shakillantirish.

  5. Badiy adabiyot bilan tanishtirish

Ushbu guruhda hikoya qilishga (monolog nutqqa) o’rgatish bo’yicha boshlang’ich ma’lumot berish belgilangan.

Kichik guruh bolalari tarbiyachining hokiyasini eshitib, uning savollariga javob bera olish, mavzulardagi rasm yuzasidan sahbatlarda ishtirok etish bilan birga, avval eshitgan ertak va hikoyani xotirasida tiklab, uning mazmunini buzmasdan aytib bera olishlari lozim.

O’rta va katta guruxlarda tarbiyachi bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha quydagi vazifalarni amalga oshirishi kerak:


  1. Bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish, nutuq o’stirish, luatini boyitish.

  2. Nutuqning grammatik tomonini shakillantirish.

  3. Nutuqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So’zlashuv nutqini shakillantirish.

  5. Hikoya qilishga o’rgatish.

  6. Badiy adabiyot bilan tanishtirish.

Maktabga tayyorlov guruhida quydagi vazifalar amalga oshiriladi.

  1. Bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish, nutuq o’stirish, lug’atini booyitish.

  2. Nutuqning grammatik tomonini shakillantirish

  3. Nutuqning tovush madaniyatini tarbiyalash

  4. So’zlashuv nutqini shakillantirish.

  5. Hikoya qilishga o’rgatish

  6. Badiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Bolalarni savodga o’rgatishga tayyorlash

  1. Bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish, nutuq o’stirish, lug’atini booyitish. Lug’at ustida ishlash bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni tevarak – atrofdagi buyumlar, hodisalar, o’simliklar, hayvonot dunyosi, kattalr mehnati va h.k.lar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini sifatlarini, xususiyatlarini, harakatlarini so’zlar bilan aytamiz.

Masalan, buyunlarninig nomini anglatadigan: ko’zgu, taroq, sovun, tish va kiyim shutkalari, palos, gilam, javon, kravot, xontaxta: sabzavotlarning nomini anglatadigan: sabizi, karam, sholg’om, bodiring, baqilajon; o’simliklar: daraxit, gul, ot va boshqalar; mevalar: olma, nok, olicha, gilos, olxo’ri, va xakozolar; uy hayvonlari: xo’roz, tovuq, ot, sigir, it, mushuk, qo’y eshak; ularning bolalarning nomini bildiruvchi;juja, toychoq, buzoq, qo’zichoq, uloqcha/ xo’tik; harakatlarini ifodalovchi; yuvinmoq, artinmoq, pishirmoq, tayyorlamoq, kir yuvmoq, dazmollamoq, ekmoq va boshqalar; sifatlarni bildiruvchi; katta, kichik, qizil, sariq, ko’k, zangori, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq va hakozo so’zlar.

2. Nutuqning grammatik tomoni shakillantirish. Lug’at tilinig qurulish materiali hisoblanadi. Garammatika esa gapda so’zlarning o’zgartirish va ularning o’zaro bog’lanish usularini belgilaydi. Bundan tashqari, garammatika tilining qurulish modelini (so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi) belgilaydi.

Bola atrofdagilardan Grammatik tomondan shakillangan nutuqni eshitadi/

Eshtganing ma’nosini tushunish bilan birga, tilning garammatik tomonini egallaydi, modelni bilib oladi. Bola ona tilining barcha garammatik shakillarini qancha erta o’zlashtirsa, u aqliy jihatdan ham shunchalik tex rivojlanadi. Agarda bolalarda nutqiy grammatik tomoni noto’g’ri shakillansa aqliy rivojlanish kechikadi.

Shuning uchun tarbiyachi garammatikaning (morfologiya va sentaksis) turli shakillarini o’zlashtirishga yordam beruvchuvchi dediktiv o’yinlar va mashiqlarini tashkil etadi. Masalan, kelishik qo’shimchalarini o’zlashtirish uchun “topchi, men qayirda bo’ldim?” (katta guruhda): ikkinchi darajali gap bo’laklarini o’zlashtirish uchun “siz nima qilishni xoxliysiz?”

“Men boshlayman, sen esa oxiriga etkaz!” otning kelishkilari bilan turlanishini o’zlashtirishda “top-chi, nima etishmaydi?” va hakozolar.

3. Nutuqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng avvalo tilning tovush tomonini egallashi kerak ya’ni tovushlarni to’g’ri talafuz etish lozim. Nutuqning tovush tomoni ustida ishlash o’zbek tilining fonetikasi va orfologiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib so’zlarda urg’uni to’g’ri ishlatishga o’rganib oladi, ona tilining g natijasida ularning lug’ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.

Ayniqsa bola atrfdagilar bilan nutqiy muloqotda bo’layotganda samimiy oxangda burro va aniq gapirihga o’rgatiladi. Har bir bolada nutuqning buday sifatlatlarini tarbiyalash, krlgusi hayotida, ya’ni maktabda jamoa, jamiyat o’rtasida o’z fikirlarini eshitishda muhum ahamiyatga ega.

Agarda tarbiyachi bola nutqidagi tovush talafuzidagi nuqsonlar ohang va tempga, diksiyasiga (aniq va burro gapirish), nutuqning mazmundorligi va ifodaligiga e’tibor bermasa, bunday nuqsonlar bilan maktabga brogan bola bilimini o’zlashtira olmaydi va bu uning kelajakda mustaqil hayotida xam o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni nutqida nuqsoni bo’lgan bolaning nutqi boshqalarga tushunarsiz bo’ladi, o’z fikrini ifodalashda qiynaladi, uyaladi natijada gapirmaslikka harakat qilib, indamas, jizzaki bo’lib qoladi. Bularning hammasi uning ruhiy rivojlanishiga ham ta’sir etadi.


  1. So’zlashuv nutqini (dialog nutuq) shakillantirish. Bolalarga bilim va tarbiya berishda so’zlashuv nutqiga (dialog) o’rgatish katta axamiyatga egadir. Maktabgacha tarbiya yohidagi bolalar bilan so’zlahish bolalarning kundalik faoliyatlari va turli voqiya – hodisalarini kuzatish natijasida xosil bo’lgan tushunchalarini aniqlash va uni bir tizimga solishda eng zaruriy ish vazifasi xisoblanadi. Bolada sozlashuv nutqini shakillantirish – bu boshqalarning nutqini tenglash va tushunish, so’zlashishni quvvatlash va savollarga javob berish, so’rashdir (savollar berish). Bola sozlashuv nutqining rivojlanganlik darajasi uning lug’at boyligiga, tilning Grammatik tomonini egallaganligiga bog’liqdir. Maalan, suhbatdosh bilan so’zlashishayotgan vaqtda o’zining suhbatdaoshining nutqiga doimo e’tiborli bo’lish so’zlashishayotganda nutuqni also bo’lmasklik savollarga odob bilan qo’l ko’tarish ruxsat berilgach javob berish “xa” yoki “yo’q” deb qisqa javob bermay balki, shoshmay, o’ylab so’ng to’liq, to’g’ri javob berishga odatlantirish lozim. So’zlashganda o’rtacha ovozda fikirni tushunarli qilib bayon etish, nutuqning yoqimli bo’lishiga e’tibor berish, shuningdek, gapirayotganda yerga, tevarak – atrofga qaramay, balki o’rtoqlariga qarab, ikki qo’lini yoniga tushurib erkin samimiy so’zlashishga o’rgatish va buni har mashg’ulotda bolalardan talab qilib borishi zarur.

  2. Himoya qilishga (monologik nutuqqa) o’rgatish. Bolalarni maktabga tayyorlashda monologik nutuqni rivojlantirish juda muhimdir. Monologik nutuq boladan o’z fikrini tushunarli va izchi bayon qilishini talab etadi. Bunady nutuq turini bola 5-6 yoshda egallay boshlaydi. Chunki bu yoshda mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi, bolada katta so’z boyligi to’planadi, tilning Grammatik qurulishini egallab oladi nutuqning manolog shakli bolalarga ko’rgan narsalari haqida batafsil va izchil so’zlab berishga, o’z fikirlarini to’g’ri tuzilgan jumlalar orqali bayon qilishga imkon beradi.

Bog’langan nutuq bolada boshqalarning hikoyasini tinglashga va uni tushunishga, qisqa, o’zlariga tanish bo’lgan voqiyani qayta hikoya qilib berishga, ertakda ishtirok etuvchi qahramonlarning gaplarini ifodali aytib bera olish malakasini shakillantirishga yordam beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi (katta guruh)

Bolalar rasimda tasvirlangan narsalar, o’z hayotiga doir voqealar haqida oddiy hikoyalar tuzishga, ko’rgazmali qurolsiz, mustaqil tarzda hikoya qilishga o’rgatiladi. Bolalarni hikoya qilishiga o’rgatish ularning aqliy rivojlanishiga yordam beradi, fikr yuritish doirasi kengayadi, diqqat, tafakkur kabi psixologik jarayonlar rivojlanadi, nutqi ifodali bo’lib boradi, bolada o’zini tutish va jamoa oldida so’zlay olish malakasi hosil bo’ladi.



  1. Badiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalar badiy adabiyoti keng tarbiyaviy vazifalarini amalgam oshirishga va bola shaxsini har jihatdan kamol toptirishiga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni badiy adabiyot bilan tanishtirar ekan, u bolalarda quydagi malakalarni shakillantiradi:

    1. Badiy asarlarni tinglash va tushuntirish.

    2. Asar qahramonlarining hatti harakatlarini baholash.

    3. Insonlardagi ahloqiy sifatlar va nuqsonlarni ta’riflab berish.

    4. Adabiy asarning mazmuniga doir savollarga javob berish, kichik hajimdagi she’rlarni intanatsuyalarga rioya qilib yodlab olish va ta’sirchan qilib aytib berish.

  2. Bolalarni boshlang’ich savodga tayyorlash. Bolalar bog’chasida bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan barcha pedagogic ishlar ularni maktabga tayyorlash qaratilgandir.

Maktabda to’g’ri og’zaki nutq, boshqalarni tenglay olish,ular nutqining mazmunini tushunish, zaruru bo’lgan o’rtog’ining javobini to’ldirishda muhim manba hisoblanadi. Nutuq bolalar uchun tahlil predmeti bo’lib qoladi, bu esa bolalardan zo’r aqliy kuchni talab etadi.

Bolalar maktabda muvafaqqiyatli o’qish uchun quydagi sifatlar katta ahamiyatga ega;



  1. Pedagogni tinglay olish.

  2. O’z fikrlarini aniq, ravshan bayon eta olish.

Shunday qilib, bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha har bir ish jarayoni bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalgam oshiriladi. Bu borada yuqorida bayon etilgan vazifalarning har biri o’zining ta’limiy va tarbiyaviy jihatiga ega.

1.2 Bolalar bog’chasida nutuqni rivojlantirish dasturi, uning ilmiy asosi, tuzulishi va mazmuni .

“Bolalar bog’chasida ta’lim – tarbiya dasturi” kabi “Nutiq o’stirish dasturi” ham ilmiy asoslarga tayanib tuzilgan. Eng avvalo, “nutq o’stirish dasturi” o’zining butun mazmuni bilan bola shahsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari “Nutq o’stirish dasturi” bolalar tomonidan og’zaki nutuqni o’zlashtirish to’g’risidagi psixologiya fani ma’lumotlari, bola bilish faoliyatinig xususiyatlari to’g’risidagi nazariyaga asoslangan. Shuningdek, dastur bolalarning rivojlanishda nutuq faoliyatining roli to’g’risidagi nazariyaga asoslarga, didaktik prinsiplarga ham tayanib tuzulgan: “bolalar bog’chasida ta’ilm – tarbiya dasturi”da “Nutq ‘stirish dasturi” har bir huruhda quydagi bilimlardan iborat qilib tuzilgan;

BIRINCHI VA IKKINCHI KICHIK GURUHDA;

1. Bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish, nutuq o’stirish, luatini boyitish.

2. Nutuqning grammatik tomonini shakillantirish.



  1. Nutuqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  2. So’zlashuv nutqini (dialog) shakillantirish.

  3. Badiy adabiyot bilan tanishtirish

Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling