I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga qo’yilgan talablar


O’RTA VA KATTA GURUHLARDA


Download 238 Kb.
bet2/3
Sana19.11.2020
Hajmi238 Kb.
#147705
1   2   3
Bog'liq
Bolalar nutqiga qo'yilgan talablar


O’RTA VA KATTA GURUHLARDA

  1. Tevarak – atrof bilan tanishtirish, nutuq o’stirish, lug’atini ustida ishlash.

  2. Nutuqning grammatik tomonini shakillantirish

  3. Nutuqning tovush madaniyatini tarbiyalash

  4. So’zlashuv nutqini shakillantirish.

  5. Hikoya qilishga (monolog)ga o’rgatish

  6. Bolalarni Badiy adabiyot bilan tanishtirish

MAKTABGA TYYORLOV GURUHI

  1. Tevarak – atrof bilan tanishtirish, nutuq o’stirish, lug’atini ustida ishlash.

  2. Nutuqning grammatik tomonini shakillantirish

  3. Nutuqning tovush madaniyatini tarbiyalash

  4. So’zlashuv nutqini (dialog)ni shakillantirish.

  5. Badiy adabiyot bilan tanishtirish

  6. Hikoya qilishga o’rgatish monolog

  7. Savol o’rgatishga tayyorlash

Tarbiyachi dastur bo’limlarini va har bir bo’lim talablarini yaxshi va uning mazmunini aniq belgilab olish malaksini egallagan bo’lishi kerak.

Masalan; tarbiyachi katta guruhdagi bolalarni “Tevarak – atrof bilan tanishtirish va nutqini o’sitirish” bo’limida ko’rsatilgan ob’ekt yoki hodisa bilan tanishtirishda lug’at ishiga qo’yiladigan aniq talablarni yaxshi bilish, bolalarni tulri savollarga javob berishga o’rgatish kerak. Chunonchi; “bolalart bog’chasida ta’ilm va tarbiya dasturi”ning nutq o’stirish bo’limida katta guruhdagi bolalarni oshpazning mehnati bilan tanishtirish tavsiya etilgan. Bolalar oshpazning mexnati bilan tanishish jarayonida oshpazga ovqat pishirish uchun kerak bo’ladigan maishiy xo’jalik asboblarining (go’sht maydalagich, tova, qozon, kapkir, cho’mich, taxtacha va h.k) oziq ovqat maxsulotlarining (karam, lavlagi, loviya, no’xat, qovoq, sholg’om va h.k) ovqatlarning (sho’rva, mastava, shovla, palov, do’lma, chuchvara,kotlet va h.k) ovqatlarni pishirish bilan bog’liq bo’lgan ish – harakatlarining nomalarini (qovuradi, qaynatadi, suzadi va h.k) bilib oladilar va buning natijasida ularning lug’ati boyib boradi va faollashadi.

Dasturda nutiqning Grammatik tuzilishini kattalar bilan muomilada bo’lishi va taqlid asosida asta – sekin o’zlashtirib boradi. Nutqning Grammatik tuzulishini egallash murakkab va uzoq davom etadigan jarayon.

Shuning uchun ham dasturda nutuqning garammatik tuzulishini egaliash bo’yicha ish mazmuni har bir yosh guruhda bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olagn holda belgilangan. Masalan; birinchi va ikkinchi kichik guruhda bolalarga otlarni ko’plikda to’g’ri ishlatilish, sifatlarning ot bilan shaxs – sonda moslashuvi, fe’lning o’tgan va kelasi zamonda ishlatilishini mashq qildirish, ularni so’roq so’zlarining intonatsiyani egallashga tayyorlash kabi vazifalarni hal etish rejalashtirilgan bo’lsa, o’rta guruhda esa bu vazifa ancha murakkablashadi.

Endi ushbu guruh bolalari nutquni morfologik va sintaktik tomondan takomillashtirishga, otni kelishiklar bo’yicha to’g’ri turlashga, fe’llarni shaxs va zamonda to’g’ri tuslashga o’rgatiladi.

Katta vatayyorlov guruhlarda nutqning garammatik tuzulishini shakillantirish bo’yicha dastur vazifalari va ualrning mazmuni ancha murakkablashishi bilan ajiralib turadi. Ushbu guruhdagi bolalarni o’z nutuqlarida uyushiq bo’laklari, yoyiq va qo’shma gaplarning turli hillarida (bo’lgan qo’shma gap, ergashgan qo’shma gap), ko’makchi, bog’lovchi va ravishda foydalanishga o’rgatish, otlarni ko’olikda (qo’ylar, jo’jalar, uloqchalar) to’g’ri ishlatish kabi malakalar takomillashtiriladi.

Nutuqning tovush madaniyatining shakillantirish – “Bolalar bog’chasida nutuqni rivojlantirish dasturi”ning muhum bo’limlaridan biri. Tovush madaniyati ona tilidagi barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz etilishini, diksiya hamda intonatsiyaning ifodaliligini, so’zlashgan vaqtda to’g’ri nafas olish va chiqarishni, ovoz toni va tempini tartibga solishni o’z ichiga oladi.

Dastur maktabgacga tarbiya yoshidagi bolalarni aniq,shoshilmay, yetarlicha baland ovozda gapirishga, so’zlarni dona – dano talaffuz qilishga, unli va undosh tovushlarni to’g’ri talaffuz etishga, intanatsiya vositalaridan to’g’ri foydalanishi amalgam oshirishni belgilab bergan. Dasturdagi ushbu vazifalar har bir guruhda, bolalarning yoshi va pisihologik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalgam amalgam oshirilib boriladi.

Bolalarni so’zlashuv nutqiga o’rgatish. Bolalarni so’zlashuv nutqiga o’rgatish bo’yicha dastur talabida ularni butun guruh uchun berilgan savollarga bitta – bittadan javob berishga, jampoa bo’lib so’zlashishiga, suhbatda qatnashishga, o’rtoqlarning javobini qunt bilan tinglash va o’zi ham savol berishga o’rgatilishi ko’rsatilgan. Shu bilan bir qatorda, tevarak – atrofdagi kishilar bilan so’zlashganda samimiy, mazmunli gapirish kabi ijobiy xislatlar ham tarbiyalanib boriladi.

Dasturda o’rta guruhdan boshlab bog’lanishli nutqni rivojlantirish, ya’ni hikoya qilishga o’rgatish mo’ljallangan.

Dastur 4 – 5 yoshdan boshlab bolalarni buyumlarni tasvirlashga (o’yinchoqlarni, o’simliklarni, kiyimlarni) ularning o’ziga xos belgilarni aytishga qisqa, bolalarga tanish ertaklarni, mashg’ulotlarda birinchi marta o’qib berilgan, hajmi uncha katta bo’lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga o’rgatishni nazarda tutadi. Dasturda katta va tayyorlov guruhidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak yoki hikoyani nihoyasiga etkazishga, taklif etilgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoyani to’qishga, berilgan 3-4 so’z asosida ertak yoki hikoya o’ylab topishga, bolalarning shaxsiy tajribalari, hayotiy mavzular asosida hikoya yoki ertak tuzushga o’rgatish belgilangan.

Badiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalarni badiy adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini va muhabbatlarini o’stirish va rivojlantirish maqsadida ularga hikoyalar, she’rlar o’qib beriladi, ertaklar hikoya qilib beriladi, she’rlar yod oldiriladi. Kitobdagi rasmlarni ko’rib chiqib, uni to’g’ri idrok etish, asar mazmunini tushunib olish, qahramonlarning xatti – harakatlarini baholay olish, badiy so’z jozibasini tarbiyalash kabi vazifalar dasturda ko’rsatilgan.

Dasturda katta va tayyorlov guruhidagi bolalarni savod o’rgatishga tayyorlash uchun ham alohida o’rin ajiratilgan. Bu bolalarni ikki, uch, to’rt so’zdan iborat, ko’makchi va bog’lovchlarsiz gap tuzishga (Masalan; “koptok bumaladi”, “Chiroyli qo’g’irchoq”, “Ahmad koptokni oldi”, “Lola Ahmadga koptokni irg’atayapti” va h.k.lar) so’zlarni bo’g’inlarga ajiratishga (Masalan; lo – la, qo’y – qo’zichoq, o’y – na – yap - ti) o’rgatadi.

“Bolalar bog’chasida ta’lim – tarbiya dasturi ”dagi “Tevarak – atrof bilan tanishtirish, nutq o’stirish”bo’limlarining ikki xususiyati bor;

- bolalar bog’chasida ona tilini o’rgatish va shu orqali bolalarning og’zaki nutqini rivojlantirishga asoslangandir.

Dasturda maktabgacha tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan bolalarni ona tilida to’g’ri va aniq gapirishga, ya’ni kattalar bilan turli faolyatlarda uydagi mashg`ulotlarda, mehnat jarayonida, kundalik tartib daqiqalarda erkin, to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatishga katta ahamiyat berilgan.

To`g`ri nutq-bu a)tovush va so`zlarni to`g`ri talafuz qilish; b) so`zlarni ma`nosiga ko`ra to`g`ri ishlatish. Agar bola o`z fikrni aniq va to`g`ri ifodalasa, atrofdagilarga uning fikri tushunarli bo`ladi;

s) gramatika qoidalarga asosan so`zlar shaklini to`g`ri o`zgartirish va boshqa so`zlar bilan bog`lay olish;

ona tili dasturining ikinchi xusisiyat- bu uning tevarak –atrof va tabiat bilan tanishtirish dasturi bilan qo`shib berilganligidir. Bolalarni tevarak –atrof va tabiat bilan tanishtirish jarayonida ularning nutqi takomilashib boradi. Chunki tevarak-atrof bilan tanishtirish, turli voqea xodisalarni, predmetlarni yordamida amalgam oshiradi.

Bola nutqini rivojlantirishning asosiy vositalaridan(shakllardan) biri bu ta`lim. Ta`limning asosiy shakli mashg`ulotdir. Nutq o`stirish mashg`ulotlarda bola o`z nutqining tarbiyachining namunaviy nutqi bilan taqqoslashga, boshqa bolalar bilan o`quv materiallarni bajarishga, ya`ni tarbiyachining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda kuylashga ma`lum bir ob`ektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o`rgatadi.

Ona tilini o`rgatish mashg`ulotinig didaktik maqsadga ko`ra quyidagi tiplarni ko`rsatish mumkin: yangi materiallarni bayon etuvchi mashg`ulotlar, bilim, malaka va ko`inikmalarni mustahkamlovchi mashg`ulotlar, bilimlarni umumlashtirivchi I va bir tizimga soluvchi mashg`ulotlar, yakunlaovchi yoki tekshiruvchi-hisobga oluvchi- sinovchi aralash mashg`ulotlar.

Bolalar bog`chasida ilgari hosil qilinga bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlovchi mashg`ulotlardan keng foydalinadi.

Masalan, sayohatlari haqida hikoya qilib berish, sport honasi xaqida suhbat, ilgari o`qib yoki hikoya qilinib berilgan ertak yoki hikoyani so`zlab berish, ilgari yod olingan she`rlarni takrorlash.

Bilimlarni umumlashtiruvchi va bir tizimga soluvchi (sestema) mashg`ulotlar. (“Kimga nima kerak?” “Do`kon” o`yinlarda bolalar predmetlarni rangiga, shakliga, nima uchun mo`ljallanganiga qarab tasniflanadi)

Katta guruhda ona yurt, kattalarning mehnati, transport haydovchilarning mehnati, hikoyalar haqida unimlashtiruvchi suhbat o`tkaziladi. Bunda bolalar oldiga materiallarni maqsadga qaratilgan holda esga olish vazifasi qo`yildi. Umumlashtiruvchi (yakunlovchi) tipdagi mashg`ulotlar bolalarda mantiqiy tafakurni, analitik-sintetik faolyatni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

Hisobga oluvchi mashg`ulotlar tasviriy faolyatda foydalinadi. Biroq bu mashg`ulot turi bolaning ona tili bo`yicha bilim va malaka darajasini aniqlash zarurdir.

Ayrim bilimlar bo`yicha sinov- tekshuriv mashg`ulotlarini o`quv yilining boshida yangi qabul qilingan bolalarning bilimni aniqlash maqsadida o`tkazish maqsadga muvafiqdir. Qilingan ishlarga yakun yasash maqsadidaga o`tqazish maqsadga muvafiqdir. Qilingan ishlarga yakun yasash maqsadida yilning oxirida ham sinov- tekshiruv mashg`ulotlari otkaziladi.

Bolalar bog`chsida ko`priq aralash turdagi mashg`ulotlardan foydalanish joriy qilingan. Masalan, bir mashg`ulotning o`zida bolalarni yangi bilim beruvchi material bilan tanishtiriladi ilgari hosil qilingan bilim takrorlanadi va mustahkamlanadi. Nutq o`stirish mashg`ulotlarni o`ziga hos husisiyatlarga ega bo`lib, ayrim vaqtlarda mashg`ulotni o`tkazishda qiyinchiliklar vujudaga keladi.

Tasviriy- faolyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg`ulotlarda, hamma bolalar bir Hilda faollik ko`rsatadilar, nutq o`stirish mashg`ulotida hamma bolalar birdek faol qatnashmaydilar. Rasm asosida hikoya tuzish, savollarga javob berish kabi topshiriqlarda ba`zi bolalar javob beradilar, qolganlar esa o`rtoqlarining javobini to`ldiradilar.

Har bir tarbiyachi mashg`ulotlarni tashkil etishda quyidagi didaktik talablarga qatiy rioya qilish lozim:

1 Mashg`ulotga oldindan puxta tayyorlanish, uning mazmunini, ta`lim usullarin aniqlash

2 Aqliy ish bilan bandlik yukini taqsimlsh (aqliy zo`riqishni oldindan belgilash). Tarbiyachi ta`lining rivojlantiruvchi tamoyilga amal qilib, bolalardan aqliy faollikni talab etuvchi, muraskkab vazifalar beradi.



  1. Mashg`ulotlarning tarbiyaviy xarakterig ega bo`lish.

4 Mashg`ulotlarning jo`shqinlik xarakteriga ega bo`lish. Mashg`ulotni boshlashdan avval bolalarda bilim olish istgini qiziquvchanligini, yangilikni bilib olishga ishtiyoqni vujudga keltirish kerak.

5 Ta`lim usullarini mashg`ulotning tuzishga qarab tanlash. Mashg`ulotning tuzilishi avvaldan aniq qilib belgilab qo`yilishi kerak. Mashg`ulotning boshida yangi material bilan tanishtirishda avvalgi mashg`ulotlarda o`rganilgan materiallar esga olinib,uni bolalar tarbiyachisi bilan bog`lanadi.

Mashg`ulotlarning boshlanish qismini ta`sirli qiziqarli qilib tashkil etish uning keyingi qismlariga ham bolalarda qiziqish uygo`tib, diqqatining barqarorligini ta`minlaydi. Shuning uchun mashg`ulotlarning boshlanishi qisqa jonli qilinib tashkil etiladi, ba`zan qo`g`irchoqning mehmoni bo`lib kelishi, ayiqning mashinada kirib kelishi sahnada masharabozning payd bo`lishi kabi ko`rinishlardan foydalanish, topiqshmoq, she`r aytish, kirish suhbati o`tkazish va hokozalrni kirinish mumkin.

So`ngra bolalar tomonidan mustaqil ishlar amalgam oshiriladi, ammo tarbiyachi tomonidan rahbarlik qilinadi.

Mashg`ulotning yakuniy qismi qisqa va jo`shqinlgi bilan ajralib turish kereak, ya`ni mashg`ulotda o`zlashtirilgan materialni mustahkomlash uchun mavzuga yaqin bo`lgan badiy asarlarni o`qib berish, she`r aytib berish, topishmoq aytish didaktek o`yin kabi usullardn foydalinadi.

Agar mashg`ulot aralsh turda bo`lsa, u holda uning birinchi qismida yangi mavzu bilan tanishtiradi, va u yuqorida ytib o`tilgan sxema asosida tuziladi. Mashg`ulotning qolgan qismlari bolalarga tanish bo`lgan materialga bag`ishlanadi, ammo bu qismlarda ham talimning o`zgarturuvchi usulardan ham ta`limning o`zgatuvchi usullardan foydalanadi. Masalan, tarbiyachi boladan she`rni yoddan aytib berishni so`rar ekan, unga sherni qanday(sho`x mungli yoki muloyim) aytish kerakligini va nima uchun shunday aytish kerakligini tushuntiradi.

Mashg`ulotning tuzilishini rejalashtirishda osonroqdan murakabroqga, jo`shqinlikdan yanada jo`shqinlikka o`tish hisobga olinadi. Mashg`ulot qismlari o`rtasida 1-2 fuzkultdaqiqalar ko`zda tutiladi .

6 Mashg`ulotlning hamma bosqichlarid har bir bolaning nutqiy faoligini o`stirish. “Nutqiy faollik ” bolaning butun mashg`ulot davomida hammaga eshitiladiqilib gapirishga emas, balki pedagogning va tengdoshlarining nutqini faol tarzda idrok qilishi va uni tushunishi demakdir. To`g`ri tanlangan va tuzilgan savollar, topshiriqlar ham nutq faolligini ta`minlovchi vostaalardan biridir. Tarbiyachi savollar topshiriqlar berganda , guruhdagi hamma bolalarga qarata murojat etadi, zarur bo`lganda uni takrorlaydi ,javob beruvchiga baland , aniq ,hammaga tushunarli qilib gapirish kerakligi haqida ko`rsatma beradi, nutqiy rivojlanish har hil darajada bo`lagan bolalardan navbatma –navbat so`raydi ,hadeb bir boladan so`rayvermaydi , guruhdagi bolalarga javobi berayotgan bolaning tug`ri yoki notug`ri ekanligini nazorat qilib berishini ,ularga savol bilan murojat etadi :u to`g`ri va to`liqn javob berdimi ? yana nimalar haqida gapirishi kerak edi? Tartib bilan so`zlab berdimi ? va hokazo

7 Ta`limning kollektev –jamoa kasb etishini bolalarga induvdual yondoshish bilan birga qo`shib olib borish .ishning frontal shakli – bu umumiy topshiriqlar ,umumiy ritm jo`r bo`lub javob berish va h.k bular esa o`z navbatida bolalarga beriladigan alohida topshiriqlar bilan qo`shib olib boriladi .Tarbiyachi yakka (invudual ) topshiriq va usullarni tanlashda bolaning bilimi darajasini va nutqini malakasini, qiziqishini hisobga olishi kerak .

Ayniqsa targiyachi mashg`ulotda nutqi rivojlanmagan bolalarga alohida e`tbor qaratishi kerak . shunindek , indamas ,muloqat qilishni istamaydigan ,o`zini tutib tura olmaydigan , ezma bolalarga yakkama –yakka yondoshishi lozim .

8 Mashg`ulotni to`g`ri tashkil qilish . Mashg`ulot vaqtida muhit estitik talablarga javob berishi lozim .

9 Mashg`ulot natijalarini hisobga olish .tarbiyachi mashgulot vaqtida bola nutqini kuzatib, uning javobini hisobga olib boruvchi daftarga belgilab qo`yadi .

Bu tarbiyachi uchun kelbusi ish vazifalarini belgilab olishda yordam beradi.

10 O`tilgan materyalni boshqa mashg`ulotlardan yoki boshqa favoliyatlarda mustahkamlash .Bu talabga rioya qilish juda muhimdir . Chunki bolalar nutqini rivojlantirish bo`yicha olib boriladigan ish jarayonoda mutakkab aqliy ko`nikma va malakalar hosil bo`ladi . bolalarga ona tilini o`rgatish boshqa mashg`ulotlardan ham amalga oshiriladi. Bu o`z navbatida bolaning turli favoliyarlarini tashkil etishda nutqining ros kattaligidan dalolat.

Birgina mashg`ulot orqali hamma nutiy vazifalarni (dastur talabarini) amalga oshirib bo`lmaydi . Masalan maishiy favoliyatiga ,tabiat hodisalariga , qo`l mehnati va tabiatdan mehnatga talluqli so`zlar faqat taniiy holda , bolalarning shaxsan ishtiroklashi jarayonida ular lug`atga kiriladi.

Mehnat va uning turlari maishiy xo`jalik ,qo`l mehnati bolalar lug`atini boyitishda va nutqiy munosabat malakalarini shakillantiradi asosiy vosita hiosblanadi . Mehnat jarayonodagi targiyachining hikoyalari bolalar tomonidan lug`atni faol o`zlashtirishda , bog`lanish nutqini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi . Har bir o`yin turi olohida ahamyatga ega.Rolli o`yinlari ma`lum bir sohaga oid o`yinlarni o`zlashtirishga , o`z fikirlarini mustaqili ravishda bayon etishga o`rganadi. Kasglarda talluqli bo`lgan (shifokor uy bekasi ,tarbiyachi haydovchi , sotuvchi ) rolli o`yinlari kasbga oid so`zlarningbola lug`atiga jadal kirib borishga hamma madaniy so`zlashish malakasini egallashiga yordanm beradi .

Yasash qurilishga oid bolalarning lug`atining o`zlashtirishi qiyin bo`lgan so`zlar bilan o`zlashtirish va ularini nutqida faol qo`llanishda muhim.Bunday o`yinlar orqali bolalar narsalar (predmetlar ) ning sifatini, o`lchamlarini ,fazoviy joylashishini (yirik, yo`gon ,kalta og`ir ,yupqa uzun yuqoridan pastga ,oldida ,orqada o`ngda chapda va boshqalar) bilib oladilar va lug`atlarini boyitadilar.

Harakatli musiqa, sahnalashtirilgan o`yinlar bolalarda ifodali , mazmunli nutqni ,avogin ,to`g`ri nafas olish va chiqarish ,diksiyani shakillantiradi,

Didaktik o`yinlardan bolalarning tevarak –atrof to`g`risida.

2 . 1 bolalar nutqini rivojlantirishda ta`limiy o`yin va mashg`ulotlar ularga qo`yiladigan talablar

Kichkintoy uchun ta`lim shakillarda biri bu-ta`limiy o`yinlardir. Ta`limning o`yin shakli olk yosh davridan asosiy usuli hisoblanadi .Ta`limiy o`yin va mashg`ulotlari orqali bolalarning idroki rivojlantiriladi ,ular yoshiga mos bo`lgan ma`lumotlarni beradi ,ayrim muhim sifatlarni va malakalrni shakillantiradi.

Tarbiyachi ta`limiy o`yin va mashg`ulotlarni “bolalar bog`chasida ta`lim –tarbiya dasturlari ” asosida rejalashtiriladi.

Ta`limiy o`yin bolalarning aqliy tarbiyasi uchun muhim jarayondir . Mahg`ulotning vaqtida bolalarning aqliy rivojlanishida uchun zarur bo`lgan sifatlar , ya`ni diqqatnin bir joyga to`plash malakasinin hosil qiladi, ko`rsatilgan harakatlarni, aytilgan so`zlarni vujudga keladi.

Tarbiyachi bolalar diqqatini tortish ,qiziqishnin uyg`otish orqali aqliy rivojlanishning asosiy sifatlaridan biri bo`lgan qiziquvchanlik favoliyaatiga asossoladi .qiziquvchanlik tufayli kichkintoy mashg`ulotga jon-dili bilan qatnashadi,uni sabirsizlik bilan kutadi ,undan xursand bo`ladi.Kattalarni tinglashga ko`rsatilgan predmetlarni diqqat bilan qarashga o`rgangan bola ma`lum bir bilim hajmiga ega bo`ladi.U turli narsa –buyumlar haqida ko`p ma`lumotlarni ,yoki ularning nima uchun mo`ljallanganini , tashqi ko`rinishini xususiyatlarini ,shaklini rangini ,kattakichikligini ,hajmini og`irligini materyalning sifatini va ho kozolarni bilib oladi .Uning idroki rivojlanadi va tamminlashadi.

Ta`limiy o`yin mashg`ulotlari orqali bolalar o`z atrofdagilarning predmetlari , hodisalari haqidagi ma`lumotlarnin yaxshi o`zlashtirimb oladilar .

Shunindek ta`limiy o`yin mashg`ulotlari bolalarni qxloqiy tomondan tarbiyalshda ham ahamyatli .Ulardan asta-sekin tengdoshlari o`rtasida favoliyat ko`rsatish ta`siri o`tkazish malakalrini hosil bo`ladi bo`radi . Avval boshqa bolalarning yonida ularga halaqit bermasdan ,o`yinchoqlarni tortib o`chmasdan , o`zi ham boshqa narsalarga chalg`imasdan nimadir qilishni o`rganadi. So`ngara boshqa bolalar bilan birgalikda favoliyat ko`rsatishga o`rgatadi:o`yinchoqlar , suratlar , hayvonarni birga ko`radilar ,birga raqsaga tushadilar ,yuradilar va hokazo .

Bolada ilk bor boshqa bolaning harakatlarda qiziqish ,birgalikda quvonish kayfiyatlarini vujudga keltiradi.

Mashg`ulot vaqtidabolalarda o`zinin tuta bilishlik ,tashkilochilk maqsadga intiluvchanlik kabi sifatlar shaklillana boshlaydi .Ularda o`yinchoqqa suratga nisbatan ehtiyotorlik undan foydalanish kabi malakalarni paydo bo`ladi va takomillashib boradi.

Ilk yoshda atrofdagilarga munosabat ,katta ro`l o`ynaydi .Ta`limiy materyallarni ,o`yinchoqlarni qiziqish bilan kuzatatadi.Bu yoshda kattalar mehnatiga qiziqish ularning favoliyatlariga qatnashish istagi shakillana boshlaydi.

Shunindek ,mashg`ulot bolalarda estetk tarbiyani shakillantirishda ham katta ro`l o`ynaydi.Ta`limiy mareryallarni o`yinchoq rasmlarni tanlsh ,uni jihozlash va hokozolarni yaxshi chiroyli narsalarga nisbatan muhaggat hissini tarbiyalash maqsalarga xizmat qilishi kerak .Bazi mashg`ulotlar bolalarda badiiy –estetik tarbiya vazifalarini bajaishga qaratilgandir.

Shuni yaxshi esda tutish kerakimashg`ulotlar bolalarda yaxshikayfiyatni vujudag keltirish lozim Bolalarda mashg`ulot vaqtida vujudga kelgan yaxshi kayfiyat ,quvnoqlik his tuyg`ulari bolaning ilk yoshdagi davrida nutqining muvaqqiyatli rivojlanishiga zamin bo`lib kelgusida tarbiyachi uchun katta ahamyat kasb etadi.

Ta`limiy o`yin va mashg`ulotlar qiziqarli bo`lishi va nutqini rivojlanishga oid vazifalarning muvaqqiyatli n amalga oshishida tarbiyachi quydagi ta`limiy talablarga amal qilishi kerak


  1. Ta’limiy o’yin va mashg’ulotlar reja asosida tashkil etiladi. Tarbiyachi oldindan “Bolalar bog’chasida ta’lim – tarbiya dasturi”dan nutuqni rivojlantirishga taalluqli bo’limni yaxshi o’rganib, materialni taqsimlashda ketma – ketlik vaoddiydan murakkab tomon boorish ta’limiy prinsipga amal qilinadi.

  2. Dasturdagi ish vazifalari va mazmunning muvafaqqiyatli amalgam oshirishida mashg’ulotlarni takrorolash talab etiladi. Mashg’ulotlarni bir kunda ikki martadan to’rt martagacha takrorlash mimkin.

  3. Takrorlashdan keyin ham qiynalayotgan bolalar bilan yakkama yakka tarzda ishlash. Bu usul guruhdagi hamma bolalar bilan ortiqcha qayta takrorlashdan xalos etadi va zerikishning oldini oladi

  4. Mashg’ulotni emotsional tarzda, ta’sirchan qilib o’tkazish.

Mashg’ulotni takrorlash orqali guruhdagi hamma bolalarda mustahkam bilim va malakalarni hosil qiladigan keyin ham, ularda mashg’ulotga qiziqishini saqlash kerak. Shuning uchun, tarbiyachining ovozi quvnoq, samimiy, jo’shqin bo’lishi, mashg’ulotda qo’llaniladigan narsa – buyumlar jozibador (yorqin rangli, sinmagan, chiroyli) bo’lishi lozim.

  1. Ta’limiy prinsiplarning asosiylaridan biri bu ko’rsatmalilikning so’z bilan mos kelishi. Bolalarga narsalarni ko’rsatib shunday deyiladi; “bupiyoda, ayiqcha, qo’g’irchoq, kubik,uycha va boshqalar” harakat haqida “Hozir dazmolni olib, ko’ylakni dazmollayman” deyish mumkin. Tarbiyachi o’z so’zlari bilan bolaning diqqatini narsa – buyumining xususiyatlariga va sifatga yo’naltiriladi. Tarbiyachi predmetining nomini, xususiyatini, sifatini, harakatini aytish bilan bolalarda voqelik va predmet bilan ularni bildiruvchi so’z o’rtasida o’zaro aloqa vujudga keladi.

6. Mashg’ulotda bolalarning faol harakat qilishlariga imkon yaratish. Masalan; tarbiyachi bolalarga qafasdagi qush haqida gapirib beradi. Mashg’ulot oxirida u bolalarga qushcha qanday uchushini ko’rsatishni so’raydi. Bu bilan tarbiyachi bolalarning xona bo’ylab qo’llarini ikki yoyib yurib harakat qilishlariga imkon beradi.

7. Mashg’ulotning davomiyligi. Mashg’ulotning qancha vaqt davom etishi bolalarning mashg’ulotdagi faolligiga va imotsional holatdagi bog’liq. Tarbiyachi bolalarda charchoq alomatlari sezsa (faolligi susayadi, boshqa narsalarga tez – tez chalg’iy boshlaydi), mashg’ulotni tugallashi va bolalarga erkin harakat qilishi, o’ynash imkomnini beradi.

8. Mashg’ulot va ta’limiy o’yin to’g’ri tashkil etilgandagina u mavaffaqqiyatli o’tadi. Mashg’ulot va o’yinlar kundalik tartibda ajiratilgan maxsus vaqt davomida o’tkaziladi; nonushtadan keyin ertalabki soatda, sayr vaqtida, kunduzgi uyqudan keyin bolalar ovqatlanib bo’lgach, kundizi ikki marta uxlaydigan kichkintoylar bilan ikkinchi chinqirish vaqtida shug’ullaniladi.

9. Bolalarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish ham mashg’ulot va ta’limiy o’yinlar to’g’ri tashlik etishda katta ahamiyatga ega.

Ta’limiy o’yinlar turli mavzularda bo’lishi mumkin; “Qo’g’irchoq mehmonga keldi” “O’zinig och”, “Mashinada o’yinchoqlarni sayr qildiramiz”, “Piramidalar bilan o’ynash” va hakozolar.

“Qushcha uchib keldi” ta’limiy o’yinini misol qilib keltirishimiz mumkin;

Maqsad; bolalarni o’yinchoq qushcha bilan tanishtirish; qushcha, uchayapti, cho’qiyapti kabi so’zlarning ma’nosini tushunish masalasini rivojlantirish; qushchaning harakatlarini bajara olish malakasini hosil qilish.

Material; qushcha o’yinchog’i.

Tashlik etish; bolalar gilam ustida doira bo’lib o’tirishadi, o’rtalarida tarbiyachi o’tiradi.

Mashg’ulotning borishi; mashg’ulotni qiziqarli tashkil etish maqsadida tarbiyachi qushchaning bosh qismini ko’rsatadi va uni yashiradi. “Nima uchub keldi?” degan so’z bilan qushchani ko’rsatadi. “bu qushcha, qushcha uchadi deb o’yinchoni kaftlarida ushlab, uning uchushini ko’rsatadi, ya’ni qo’llarini yon tomonga cho’zib, xuddi qushning qanot qoqishidek harakat qiladi va bolalarga ham huddi shunday harakat qilishni, ya’ni qush qanday qilib qanotlarini silkitishni ko’rsatib berishlarini aytadi. So’ngra tarbiyachi qushchaning tumshug’ini qo’l bilan harakatlantirib” Qushcha don cho’qiyapti. Sizlar ham qushcha qanday don cho’qishini ko’rsating dedi. Bolalar ushbu harakatlarni bajarib bo’lishigach, tarbiyachi qushchani kaftida ushlab, “u uchayapti” deb uchush harakatini ko’rsatadi. “Qushcha uchub ketdi” deb uni yashiradi. (Agar burab yurgazilgan o’yinchoq qushchadan foydalanilsa uni burab, yurgazib, u qanday qanot qoqayotganligi va ashula aytayotganligini aytib o’tish mumkin

Mashg’ulot oxirida tarbiyachi ikkita qushchani olib shunday deydi;

“Mana qushcha, man yana qushcha, qushchalar uchub qo’nishyapti, don cho’qishyapti. Qushlar uchub ketishdi”.

“Bulardan tashqari Ajoyib xaltacha ichidagi narsa buyumlarni ko’rsatish” nomli ta’limiy o’yin ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, bu o’yin bolalarda o’yinchoqlar nomini bildiruvchi so’zlarni tushunish malakasini rivojlantiradi, ayrim harakatlarni bajara olishga, so’z va bo’g’inlarga taqlid qilishga o’rgatish vazifasini bajaradi.


Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling