I bob maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalarga hurmat hissini tarbiyalashning nazariy asoslari
Download 162.24 Kb.
|
Tursunboyeva Marhabo kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining vazifalari
Mavzuning dolzarbligi: Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qampagan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir. Kurs ishining maqsadi: Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi. Kurs ishining vazifalari: Bolaning aqliy o‘sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‘tish kerakki narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, subyekt o‘yin paytida faol hapakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks etttiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga xayoliy ko‘rinishga o‘tishida unga tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalarning aksariyatidan o‘yinda bevosita, obyekt sifatida foydalaniladi. O‘yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobida amalra oshiriladi. O‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishidagi mantiqan izchil yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi. Download 162.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling