2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank-
moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini
yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini
barqaror rivojlanishini, aholi bandligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan bir
qator farmon va qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratiladi.
Xususan:
- aholi va tadbirkorlik sub'ektlari hamda investorlarning mablag'larini bank
aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini
oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish;
- banklarning
investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish,
texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik
biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
- banklarda samarali nazoratni amalga oshirish,
bank infratuzilmalarini
kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar
yaratish;
- hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish,
naqd pullarning bank
aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish;
- banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting
kompaniyalarining reytinglariga ega bo'lishlarini ta'minlash borasida bir qator
chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, bank va bank tizimi
bozor iqtisodiyotining
ajralmas bo’lagi hamda eng muhim strukturalari hisoblanadi. Bank tizimining kichik
va o’rta biznes sohasini rivojlantirishdagi o’rni va umuman davlat
makroiqtisodiyotida tutgan o’rnini ochib berishga,
bu mavzuning dolzarbligi va
muhimligini statistik hamda tahliliy ma’lumotlar orqali daliliy isbot sifatida
keltirishga harakat qildim. Banklarning bu sohani rivojlantirishdagi roli ularning
pul-kredit operastiyalarining amalga oshirishlaridir.