I bob. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimi
II BOB. MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA BANK
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash yo`llari
II BOB. MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA BANK
SEKTORI VA MOLIYA TIZIMINING BARQARORLIGINI TA`MINLASH ISTIQBOLLARI 2.1. Moliya tizimining xolati tahlili 2022 yilgi byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari asosan ijtimoiy xarajatlarni oshirish, byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi miqdorlarini inflyatsiya darajasidan kam bo’lmagan miqdorlarda oshirish taklif etilmoqda. Buning uchun davlat byudjetida 1 659,0 mlrd. so’m mablag‘ ko’zda tutilgan. 7 Bundan tashqari aholi farovonligini oshirish yo’nalishida, byudjet tashkilotlarida ishlovchi alohida sohalar xodimlarini ish haqi miqdorlarini tabaqalashtirilgan tarzda oshirish ko’zda tutilmoqda: maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari pedagoglari, rahbar xodimlari, psixologlari va kutubxonachilari; sog‘liqni saqlash muassasalari tibbiyot xodimlari; oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari; fan sohasida Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy xodimlar. 1) Maktabgacha ta’lim tizimiga nodavlat sektorini jalb qilish hamda sohada davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida davlat- xususiy sherikchiligi shartlari asosida tashkil qilingan nodavlat muassasalarga Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish uchun 2023 yilda 239,7 mlrd.so’m mablag‘ rejalashtirilmoqda. 2) Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining alohida tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to’lovi miqdori ikki barobarga pasaytirish hisobiga 2022 yildan boshlab ushbu xarajatlarni qoplash uchun davlat byudjetidan mablag‘lar ajratib boriladi. Ushbu maqsadlar uchun 2023 yilda 23,6 mlrd.so’m mablag‘ rejalashtirilgan. 3) 2023 yildan boshlab ish haqi va kommunal xizmat tariflari oshishi munosabati 7 Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi: o’quv qo’llanma. – T.: Moliya, 2022 yil. – 312 b. 17 bilan yuzaga keladigan qo’shimcha xarajatlar uchun byudjet parametrlarida alohida qatorda mablag‘lar shakllantirilishi taklif etilmoqda. Ushbu mablag‘larni (2022 yilda 3 583,9 mlrd.so’m) ish haqi va kommunal xizmat tariflari oshishi natijasida byudjet tashkilotlarning qo’shimcha xarajatlari hamda davlat boshqaruv organlarining tarkibiy o’zgarishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltirish ko’zda tutilgan. Byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish va quyi byudjetlarning yuqori byudjetga qaramliligini pasaytirish maqsadida quyidagilar ko’zda tutilmoqda: 1) viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi hududiy moliya boshqarmalari bazasida byudjet departamentlarini tashkil etish yo’li bilan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tumanlar (shaharlar) byudjetlarini mustaqil ravishda tasdiqlash va ijro etish vakolatini berish, bunda vazirlik va idoralar hududiy bo’linmalarining tegishli vazirlik va idoralar byudjetlari bilan chambarchas bog‘liqligini nazarda tutish (gorizontal va vertikal rejalashtirish); 2) yuqori byudjetdan quyi byudjetga bosqichma-bosqich mahalliy ahamiyatga molik xarajatlarni moliyalashtirish vakolatini berish; 3) 2022 yilning oxirigacha maqsadli transfertlar ajratilishi qoidalari va metodikasini takomillashtirish; 4) 2023 yildan boshlab mahalliy byudjetga qoldiriladigan soliqlar bo’yicha ajratmalar normativlarini birxillashtirish va o’rnatilgan normativlarni daromadlarning baza yilidagi ijrosi natijasidan qat’iy nazar 3 yilga biriktirish (pasaytirish huquqisiz); 5) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora- tadbirlari to’g‘risida”gi 2022 yil 22 avgustdagi PQ-3917-sonli qaroriga asosan 2022 yildan boshlab mahalliy byudjet qo’shimcha manbalarining kamida o’n foizini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qorg‘i KenGESi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning xalq deputatlari Kengashi bilan kelishilgan holda, shuningdek “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirish. 18 2022 yil uchun taqdim etilgan Byudjetnomada O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti xarajatlari 129 625,7 mlrd.so’mni yoki YaIMga nisbatan 29,8 foizni (2021 yilda 32,2 foiz) tashkil etadi. Davlat byudjeti xarajatlari 107 118,4 mlrd.so’m, davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 27 507,3 mlrd.so’mni tashkil etadi. Bunda, Davlat byudjetidan maqsadli jamg‘armalarga o’tkazib beriladigan transfertlar (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi – 4 700 mlrd. so’m, Bandlikka ko’maklashish jamg‘armasi – 300 mlrd. so’m) konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida bir marta hisoblangan. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida joriy xarajatlar 91 237,6 mlrd.so’m (85%)ni va kapital xarajatlar 15 881,0 mlrd.so’m (15%)ni tashkil etadi. Byudjet kodeksining 83-moddasiga asosan byudjetnomani ishlab chiqish - byudjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etish, byudjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlash asosida shakllantiriladi. 2022 yil uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining xarajatlarini shakllantirish hisob-kitoblari tahlil qilinganda, byudjet loyihasi quyidagi usulda: 2020 yil va undan oldingi yillarda tasdiqlangan hamda 2021 yilda yakuniga yetkazilgan dasturlarni xarajatlar tarkibidan chiqarish; 2022 yil davomida xarajatlar strukturasida bo’lgan o’zgarishlar (sohalar o’zgarishi, yangi tashkil etilgan tashkilotlar)ni hisobga olish; ish haqi, kommunal to’lovlar, yoqilg‘i va boshqa mahsulotlarni narxlarining oshish indekslarini 2022 yil uchun tasdiqlangan xarajatlarga ta’sir qildirish orqali shakllantirilganligi ma’lum bo’ldi. Davlat byudjetining 2022 yil uchun xarajatlari loyihasida byudjet mablag‘lari taqsimlovchilari byudjet so’rovlari asosida qo’shimcha tadbirlar qisman hisobga olingan. 2023 yil uchun Davlat byudjeti xarajatlarini joriy yilda kutilayotgan Davlat byudjeti xarajatlariga nisbatan 36,4 foizga oshgan holda rejalashtirilgan. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida eng yuqori ulush “Ijtimoiy soha” xarajatlariga to’g‘ri kelmoqda (54 foiz). 19 2022 yilda rejalashtirilgan “Ijtimoiy soha” xarajatlari joriy yildagi ushbu maqsadlar uchun kutilayotgan xarajatlarga nisbatan 34,4 foizga oshgan. Xususan, davlat tomonidan olib borilayotgan aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish doirasida ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda kompensatsiya to’lovi uchun joriy yilda ajratilgan mablag‘larga nisbatan 58,5 foizga ko’p mablag‘ rejalashtirilgan. 8 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to’g‘risida”gi PQ-3437-sonli qaroriga muvofiq, rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini jamlash, taqsimlash va moliyalashtirish faqat O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi orqali amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to’g‘risida”gi 2022 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi) dan undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilindi. Ushbu holat Davlat byudjetidan maqsadli jamg‘armalarga ajratiladigan mablag‘larni ikki bosqichda (maqsadli jamg‘armalar va O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi) jamlanishiga, ya’ni moliyalashtirish bo’yicha ortiqcha bo’g‘in vujudga kelishiga sabab bo’lishi mumkin edi. Shunga asosan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg‘armasi, Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 8 Abdullayev Yo. A. Bank ishi.-T.: Moliya 2022 yil 20 jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan rivojlanish davlat dasturlari bilan bog‘liq bo’lmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish funksiyalarini Moliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralarga yuklagan holda ushbu jamg‘armalarni tugatish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, respublikamizda narx shakllantirilishini tartibga solishning bozor mexanizmlariga to’liq o’tilayotganligi va iqtisodiyotning sohalarida raqobatbardosh muhit shakllanayotganligi munosabati bilan iqtisodiyotni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida tovar va xizmatlar narxi keskin o’sishini oldini olish maqsadida tashkil etilgan Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko’maklashish jamg‘armasini ham tugatish taklif etilmoqda. Tugatiladigan jamg‘armalarning 2022 yil yakunidagi qoldiq mablag‘larini respublika byudjeti daromadlariga yo’naltiriladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suv” jamg‘armasi hisobidan rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish (3 734,6 mlrd.so’m) 2022 yilda Davlat byudjetining “Iqtisodiyot” sohasi xarajatlari tarkibida ko’zda tutilmoqda. Natijada “Iqtisodiyot” sohasi bo’yicha xarajatlar 2022 yilga nisbatan 78,1 foizga ko’paygan. Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy- texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rivojlanish davlat dasturiga kiritiladigan ob’ektlar uchun mablag‘lar (4 363,2 mlrd.so’m) “Ijtimoiy soha” xarajatlari tarkibiga kiritilgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling