Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


Download 158.1 Kb.
bet1/6
Sana09.03.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1256088
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy soha MI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi


IJTIMOIY SOHA IQTISODIYOTI” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O`zbekiston ijtimoiy sohani moliyalashtirish tizimini

Bajardi: Primqulov O`lmasbek Oybek o`g`li


Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi
3-kurs I-107-19- guruh
Teskshirdi: G.T.Samiyeva
QARSHI – 2022


MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………………..3


1. Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishni tashkil etish……………………………..4
2. Ijtimoiy himoya tushunchasi va uning mazmuni……………………………….7
3. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashning huquqiy kafolati…………….10
4. O’zbekiston davlat byudjeti xarajatlari hisobidan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari………………………………………12
Xulosa………………………………………………………………………15
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………...16

Kirish
Mustaqillik yillarida O’zbekiston davlati tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning mamlakatimiz aholisiga ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasida amalga oshirilgan islohatlar, imtiyoz va yangiliklarning tobora demokratlashib, insonparvarlik tamoyillariga asoslanib barqaror rivoj topayotgani bilan izohlash mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy sohaning rivojlanish darajasi iqtisodiyotning eng muhum ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Davlat byudjeti mablag’larining 40 foizdan ortig’i 2001- yilda ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan bo’lsa, 2013-yilga kelib qariyib 60 foizi, yoki 1,5 marta ko’p ushbu sohaga sarflanishi rejalashtirilgan. Shunday ekan, bozor munosabatlari avj olib borgani sari aholini ijtimoiy ta’minlashga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirish zarurati oshib
borishi tabiiy.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlab va kafolatlab qo‘yilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 39-moddasida shunday deyiladi: «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda va boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining boshqa turlari rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas». Hozirgi davrdagi asosiy maqsad bo‘lib hisoblangan davlatning asosiy vazifasi kishilar boshiga ochlik va muhtojlik tushishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Har qanday davlat ham o‘z aholisini himoya qila olsagina, u insonparvar davlat bo‘la oladi.
Hukumat qarorlari va Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarlarning miqdorlarini oshirib borish to‘g‘risida»gi farmonlari kuchli ijtimoiy himoya mexanizmining o‘zgaruvchan sharoitga mos bo‘lishi uchun kuchaytirib borish tadbirlarini o‘z ichiga olgan.



Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling