Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


O’zbekiston davlat byudjeti xarajatlari hisobidan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari


Download 158.1 Kb.
bet5/6
Sana09.03.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1256088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy soha MI

4. O’zbekiston davlat byudjeti xarajatlari hisobidan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari

Bugungi kun talablari O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakillanishi,iqtisodiyotning erkinlashuvi va ijtimoiy sohalar taraqqiyotida rivojlangan davlatlar ijobiy tajribalari qo’llanilishi hamda milliy qadryatlarimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy sohalar xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish talab etilmoqda.


Darhaqiqat, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ijtimoiy sohalar taraqqiyotining moliyalashtirish tizimi va bugungi zamon talablari ushbu sohaning ahamiyati nuqtai nazaridan takomillashtirilishi kerak. Bizning respublikamizda ijtimoiy himoyalash muommolarini hal etishda Sharqda ming yillar davomida qaror topgan manaviy-ahloqiy qadryatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq yo’l tutiladi.

2-rasm.
Respublikamiz byudjetidan va mahalliy byudjetdan moliyalashtirilayotgan ijtimoiy soha xarajatlarini takomillashtirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bugungi kunning eng muhum vazifasidir. Turli fondlardan ajratilayotgan beg’araz yordamlar, ijtimoiy ahamiyatga molik loyhalarning o’tkazilayotgani sohaning rivojlanishiga xissa qo’shmoqda. Bunga misol tariqasida poytaxtimizda ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan ta’sis etilgan “Hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” grant dasturi, “Fermer ayollarni qo‘llab-quvvatlash” dasturi hamda “Ijtimoiy soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash uchun muqobil energiya manbalari” xayriya aksiyalarni aytib o’tishimiz mumkin. “Fermer ayollarni qo‘llab-quvvatlash” dasturi fermerlik harakatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shish, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, hunarmandlik ustaxonalari va kichik sexlar tashkil etish, ayollarni ish bilan ta’minlash, kasanachilikni rivojlantirish imkonini beradi. Shu kabi loyhalarning ortib borishi quvonarli hol albatta.



3-rasm.
Davlat byudjeti mablag’larining maqsadli yo’naltirish, aholining kam taminlangan qatlamlari uchun bo’sh ish o’rinlarini tashkil etish va kasanachilikni rivojlantirish,mahalliy o’z-o’zini boshqarish idoralari faoliyatini oshirish,har bir xonadon haqida yetarli malumotga ega bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Byudjetdan tashqari fond mablag’laridan samarali foydalanish, davlat byudjet taqchilligiga yo’l quymaslik, Respublikamizda turli jamg’armalar tashkil etilishini taminlash va ular faoliyatini rivojlantirish zarur.
Chekka hududlarda yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida o’sh hududlarda qishloq vrachlik punktlarini tashkil qilish ular salomatligini o’rganish,muqobil energiya manbaini tashkil qilish ya’ni quyosh batariyalarini ichlab chiqarishni takomillashtirish zarur. Kichik biznes va xususiy tadbirlorlikni rivojlantirish, aholiga foiz miqdorini kamaytirgan holda istemol kreditlarini berishni yo’lga qo’yish.
Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi va “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamkorligida qator loyihalar amalga oshirish, Nodavlat notijorat tashkilotlar aholining turli qatlamlari, ayniqsa, bolalar, yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini himoyalash, salomatligini mustahkamlash va bilimini boytishda, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim bo‘g‘inga aylanishini taminlash. Fondning “Hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” grant dasturi ijtimoiy ahamiyatga ega dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan. Quyosh va shamol energiyasi asosida ishlovchi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa kichik ijtimoiy obyektlarda modul tizimlarni o‘rnatish orqali qayta ishlangan energiya manbalaridan foydalanishni keng joriy etish maqsadida o‘tkazilgan “Ijtimoiy soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash uchun muqobil energiya manbalari” xayriya aksiyasi o’tkazilib mazkur loyiha yurtimizning chekka hududlardagi ijtimoiy ahamiyatga molik muassalarni muqobil energiya bilan ta’minlashda katta ahamiyat kasb yetadi.
Xulosa
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan xarajatlari jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga dahldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ro’yobga chiqadi. Ayniqsa, aholining kam ta’minlangan va kam himoyalangan qismi -qariyalarga, nogironlar, bolalarga, ayollarga ijtimoiy yordam berish va ularga yaxshi turmush sharoitni yaratish bir tizimidan ikkinchi tizimga og’riqsiz o’tishga, fuqarolarda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarga bo’lgan ishonchni kuchaytirishga imkon beradi.Ijtimoiy soha xarajatlari ichida ta’lim yuqori ulushni tashki etib 2016-yil bu ko’rsatkich jami xarajatlarga nisbatan 34 foizni tashkil qilgan.
Rivojlangan mamlakatlar tajribalarining tahlilari shuni ko’rsatdiki, ijtimoiy xizmatni moliyalashtirish va rivojlantirishda davlatning va xususiy sektorning salmog’i, mamlakatlar va uning xizmat tarmoqlari orqali farqlanadi. Ta’lim, sog’liqni saqlash , ijtimoiy taminot kabi sohalarda davlat sektori hukumronlik o’rnini egallaydi. Bir xil mamlaktlar, ijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlashda katta xususiy sektorga ahamiyat beriladi, shu bilan birga bozor iqtisodiyotida kam ta’minlangan aholiga ko’rsatilgan xizmatlarni xarajatlarini davlat to’laydi. G’arbiy Yevropa davlatlarida ijtimoiy xizmatni taminlashda qulaylikka va ijtimoiy adolatga asoslanadi, lekin barcha mamlakatlarda ijtimoiy sug’urta tizimi kafolatlari oldingi o’rinda turadi. Davlat aholining ijtimoiy kafolatlarini ta’minlaydi, bepul xizmatlar shaklida bozor iqtisodiyotidagi kamchiliklarni mutadillashtiradi. Islohatlarning keyingi bosqichlarida aholini ijtimoiy himoya qilish va kam ta’minlangan oilalarga ko’maklashuv tizimi takomillashtirildi, aholini ijtimoiy himoyalashning tasirchan mehanizmi shakillantirildi, o’zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga muvofiq holda, yangi shakl-uslublar ishlab chiqildi va qo’shimcha manbalar topildi. Ushbu ilmiy ishda ijtimoiy sohalar xarajatlarini rejalashtirish, bu sohalarni moliyalashtirish mexanizmini malum belgilangan mavzu chegarasida tahlil qilindi.

Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling