Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


Ijtimoiy himoya tushunchasi va uning mazmuni


Download 158.1 Kb.
bet3/6
Sana09.03.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1256088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy soha MI

2. Ijtimoiy himoya tushunchasi va uning mazmuni

Ijtimoiy muhofaza tizimi - aholining hayotiy muhim manfaatlari sohasi bo'lib, uning sifat va miqdor ko'rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi. Ijtimoiy muhofazalanish huquqi odamning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo'lgan hajmdagi fiziologik, ijtimoiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati hisoblanadi. Ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etish masalasi ko'p jihatdan mamlakatdagi milliy tartibni, jamiyatdagi totuvlik darajasini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish barqarorligini va dinamikasini belgilab beradi.


2018-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha 23 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish, 2018-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish deganda, biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yo’naltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim. Ijtimoiy muhofaza qilish bir tomondan, funksional tizim, ya'ni yo'nalishlar tizimi bo'lib, u ana shu yo'nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy muhofazani ta'minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo'lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy muhofazalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub'ektlarining roli va vazifalarini o'zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy muhofazaga ajratiladigan byudjet mablag'lari salmog'ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko'proq og'irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug'dirib, ularning ijtimoiy muhofaza bo'yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog'lab qo'yadi. Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun'iy ravishda tutib turish, shuning hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofaza qilishning barcha yo'nalishlari bo'yicha dotatsiyalarni oshirishni ko'zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko'rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo'llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin, aholini ijtimoiy ta'minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta'minot pensiya ta'minoti, nafaqalar bilan ta'minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko'rsatishni o'z ichiga oladi. Ikkinchi yo'nalish esa jamiyatning bir me'yorda rivojlanishini, ya'ni sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va sog'lomlashtirish, shuningdek, turarjoyga ega bo'lish huquqini ta'minlash bilan bog'liq.
Mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosiy dasturi asosida pensiyalar miqdorini va pensionerlar sonini oshib borishi asosida pensiya ta`minotiga sarflanadigan mablag`larning miqdori yanada oshishi kuzatiladi.
Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi.
Yoshga doir pensiya-shunday pensiyaki, u fuqaroning ma’lum yoshga yetganida, tegishli ish stajiga ega bo‘lganida tayinlanadi. Shunday qilib, yosh va staj, ya’ni ikkita shart bu tur pensiya ta’minotiga bo‘lgan huquqni belgilab beradi. Bunda boshqa holatlar muhim ahamiyatga ega emas. Yoshga doir pensiya — bu ko‘p yillik mehnatning mantiqiy samarasi hisoblanadi. Bunday pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun ishlash, xizmat qilish kerak albatta. Yoshga doir pensiya umumiy asoslarda — erkaklar 60 yoshga to‘lganlarida va kamida 25 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarida, ayollar 55 yoshga to‘lganlarida va kamida 20 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarida tayinlanadi.

1-rasm.
Nogironlik pensiyasi- mehnat qilish qobiliyati yo‘qotilishi munosabati bilan belgilanadi, uning miqdori kasallikning sababi, nogironlik guruhiga va mehnat faoliyatining davomiyligi hamda o‘rtacha bir oylik ish haqiga bog‘liq bo‘ladi. Nogironlik pensiyasi nogironlik qachon boshlanganligidan qat’iy nazar: ish davridami, ishga kirgunga qadarmi, uni tugatganidan keyinmi qat’iy nazar tayinlanadi. Agar nogironlik mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi sababli boshlangan bo‘lsa, u holda pensiya ishning davomiyligidan qat’iy nazar tayinlanadi. Nogironlik insonning mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda pensiya tayinlash uchun ish staji talab qilinadi, bunda ishning davomiyligi yoshga bog‘liq bo‘ladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi - vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga tayinlanadi. Uning miqdori boquvchi o‘limining sababi, mehnat faoliyatining davomiyligi va ish haqi.



Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling