1.1 Moddalar massasining saqlanish qonuni
Kimyo fanining asosiy tushunchalariga atom, element,molekula, valentlik, gramm-atom, gramm-molekula kiradi.
Atom - musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanib yuruvchi manfiy zaryadli elektronlardan tarkib topgan elektroneytral zarrachadir. Atom kimyoviy jihatdan bo`linmaydi va oddiy modda xossasini o`zida saqlab qoluvchi eng kichik zarrachadir. Masalan: Cu, Fe, O, Co, N, C va boshqalar.
Bir xil atomlar to`plami element deyiladi. D.I.Mendellevning elementlar davriy sistemasida barcha elementlar keltirilgan.
Molekula- moddaning xossasini saqlab qoluvchi eng kichik zarracha. Barcha murakkab moddalar molekulalardan tuzilgan. Masalan: FeO, CuO, H2O, H2 SO4 va boshqalar.
Molekula kimyoviy jihatdan bo`linishi mumkin.
H2O, H2SO4, NaCl - tashki ta`sir natijasida parchalash. Buni ximiyaviy reaktsiya deyiladi. Uning turlari maktab kursida urganilgan: birikish, parchalanish, ajralish, urin almashish reaktsiyalari.
Absolyut atom massa. M:
H - 1,674*10-27 kg; O - 2,66*10-27 kg; C - 1,99*10-26 kg
Bu juda kichik son va noqulay, shuning sababli massa atom birligi ishlatiladi. Bu xalqaro birlik. Uglerod izotopi massasining 12 dan 1 qismi qabul qilingan 1/12.
Nisbiy atom massaAr
Ar(H) = 1,674*10-27 / 12*1,99*10-26
Nisbiy molekulyar massa - molekula tarkibiga kiruvchi atomlar nisbiy massalari yigindisiga teng. Masalan: NH3= Mr (NH3)=14+1*3=17.
Modda miqdori (n) - moddaning molekulyar og`irligiga son jihatidan teng bo`lib, o`lchov birligi sifatida gramm-molekula (mol) yoki gramm/molhisobida ifodalangan massasi.
n(H2) = 2 g/mol; n(O2) = 32 g/mol; n(H2O) = 18 g/mol.
Do'stlaringiz bilan baham: |