I bob. Massaning saqlanish qonuni moddalar massasining saqlanish qonuni 5


Download 121.28 Kb.
bet3/11
Sana24.12.2022
Hajmi121.28 Kb.
#1055129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
massa saqlanish qonuni

Gramm-atom (g-a)- bu elementning atom og`irligiga son jihatidan teng kelib, gramm hisobida olingan miqdor.Masalan: 1g-a O=16 g., 2g-a O=32 g.
Gramm-molekula (mol) - bu moddaning molekulyar og`irligiga son jihatidan teng kelib, gramm hisobida olingan miqdor. Masalan: H2O 1mol=18 g., 2 mol=36 g.
Gramm-ekvivalent (g-ekv)- bu moddaning ekvivalent og`irligiga son jihatidan teng kelib, gramm hisobida olingan miqdor. Masalan: 1g-ekv O=8g., 1g-ekv. H= 1g.
Kimyoviy formula. Mol. Modda miqdori.
 Kimyoviy formula – modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarur bo‘lsa)
indekslar yordamida ifodalanishidir.
 Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tarkibini bilib olish mumkin.
Masalan: H2SO4 – sulfat kislota.
H2SO4 – sulfat kislotaning bitta molekulasi, molekulada 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini bildiradi.
Shuningdek molekulani haqiqiy va nisbiy massasini ham topish mumkin.
Haqiqiy massasini topish uchun 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomlarining haqiqiy massalari qo‘sxiladi. Bunday kichik sonlar ustida amallarni bajarish qiyincxiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun molekulaning nisbiy massasi (Mr) va mol miqdori hisoblab topiladi.
Mr/H2SO4/=12+32+164=98

  • Birmol – moddaning nisbiy molecular massasiga son jihatidan teng va gramm bilan ifodalangan qiymatdir.

  • Birmol - 12Cuglerodizotopining 12 gramida nechta atom bo‘lsa o‘shancha struktura birligi (molekula, atom, ion, elektron) tutganmoddaningmiqdoridir.

  • 12 gramm uglerodda 6,021023 ta atom bo‘ladi.

  • Modda miqdori – η harifi bilan belgilanadi va u mollar bilan ifodalanadi.

  • Moddaning molar massasi – M harfi bilan belgilanadi.



1-jadval

Modda

Kimyoviy formulasi

Molar massasi

Modda miqdori

Molekulalar soni

Suv

H2O

18 g

1 mol

6,021023

Karbonatangidrid

CO2

44 g

1 mol

6,021023

Sulfatkislota

H2SO4

98 g

1 mol

6,021023

Kimyo fanining asosiy qonunlaridan moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni va ekvivalentlar qonuni bilan tanishib chiqaramiz.



Download 121.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling