I bob. Mavzu haqida malumotlar


Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi


Download 61.71 Kb.
bet3/8
Sana01.03.2023
Hajmi61.71 Kb.
#1241788
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tayyor kurs iishi (2)

1.2 Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi
Korxonadagi asosiy vositalar o‘ziniki va lizing shartnomasi asosida olingan bo‘lishi mumkin. O‘z asosiy vositalari korxonaga tegishli bo‘lib, lizinga olinganlari esa operativ (qisqa muddatli) va moliyalanadigan (uzoq muddatli) lizing sharti bilan olingan bo‘ladi. Lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar Fuqarolik Kodeksi, “Lizing to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilingan holda, yozma ravishda tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq tartibga solib turiladi.
Operativ lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalarni tekshirishda, avvalo, ijara shartnomalarining mavjudligi, to‘g‘ri tuzilganligi, asosiy vositani qabul qilib olish hisobi va korxonada hisob yuritish tartibiga jiddiy e’tibor berish zarur. Operativ lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalar hisobi balansdan tashqari 001 schyotda yuritilishi lozim. Lizing oluvchi korxonaning buxgalteriyasida lizingga olingan har bir obyektning lizing beruvchi korxonadagi inventar kartochkasi (AV-6 shakl) dan olingan nusxa bo‘lishi kerak. Asosiy vositani lizinga qabul qilish ham AV-1 shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Lizing beruvchi korxonalar operativ lizing bo‘yicha berilgan asosiy vositalar uchun lizing oluvchi korxonadan olinishi lozim bo‘lgan to‘lovni (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga) operatsion daromadlar tarkibiga (Dt 4810 schyot Kt 9350) kiritadi. Lizingga berilgan mulkning eskirish summasini esa operatsion xarajatlar tarkibiga qo‘shadilar (Dt 9350, Kt 0220) ya’ni olingan daromad eskirish summasiga kamaytiriladi. Bunda lizing beruvchi korxona budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisoblaydi (Dt 9350, Kt 6410) va to‘laydi (Dt 6410, Kt 5110).
Lizing oluvchi korxonalar operativ (qisqa muddatli) lizing uchun to‘lanadigan lizing to‘lovi summalarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shadilar (2010, 2310, 2310, 2710 schyotlar debeti va 6910-schyot «To‘lanadigan qisqa muddatli ijara haqi» schyoti krediti) to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi (4410 schyot debeti va 6910 schyotning krediti) aks ettiriladi.
Ijaraga olingan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qilinadi, kapital ta’mirlash esa shartnomadagi kelishuvga muvofiq lizing oluvchi yoki lizing beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Auditor yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni tekshirib, o‘rnatilgan talablar va qoidalarning buzilish hollarini o‘zining ishchi hujjatlarida aks ettirishi lozim.
Moliyalanadigan (uzoq muddatli) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar auditining xususiyatlari. Mulkni keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar, birinchidan, lizing oluvchi korxonada 0310 - «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar» degan schyotda hisobga olinadi. Ikkinchidan, asosiy vositalarni moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha oluvchi korxonalar ularga har oyda belgilangan umumiy tartibda eskirish hisoblab, 0299 schyotda aks ettirib boradi, (Debet 2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar va kredit 0299 schyot). Uchinchidan, ijaraga beruvchi bilan asosiy vositalar lizingi uchun hisobkitoblar lizing oluvchi korxonada shu maqsadda maxsus belgilangan 6910-
«To‘lanadigan qisqa muddatli ijara haqi» va 7910-«To‘lanadigan uzoq muddatli ijara haqi» schyotlarida hisobga olinadi. Shunday qilib, auditor faqat korxonada moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan yoki berilgan asosiy vositalar hisobini tashkil etishning to‘g‘riligini tekshirmasdan, balki lizing oluvchi bilan lizing beruvchi o‘rtasidagi hisobkitoblarning holatini ham tekshirishi lozim. Lizing oluvchi bilan lizing beruvchining o‘zaro hisob-kitoblarini tekshirish (solishtirish) dalolatnomasini ham tekshirishi zarur.
Jismoniy shaxslardan ijaraga olingan asosiy vositalar auditi ham ayrim xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik firmalar, qo‘shma korxonalar, vakolatxonalar avtomobillarni sotib olinganidan ko‘ra foydaliroq bo‘lgani uchun ijaraga oladilar. Bunda auditor avtomashinani ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini qoplash, hisoblashishlar tartibi kelishilgan ijara shartnomasi bilan tanishishi lozim.
Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra ijara to‘lovlari ijarachi tomonidan uning xarajatlariga qo‘shilsa (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debet va 6910 schyot kredit). Hisoblangan ijara to‘lovi summasidan daromad solig‘i undiriladi (Debet 6910 schyot Kredit 6410 schyot). Ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga ulardan ijaraga olingan asosiy vositalar uchun hisoblangan ijara to‘lovi summasidan budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar hisoblanmaydi.
Agar asosiy vositalar obyektlari tadbirkor bo‘lgan jismoniy shaxslardan ijaraga olinsa, hisoblangan ijara to‘lovi summasidan daromad solig‘i ushlanmaydi. Korxona bunday to‘lovlarning barcha turlari bo‘yicha soliq inspeksiyasi har choraklikda bildirib turishi lozim. Auditor korxonaning ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qoidalari va soliq qonunchiligiga rioya qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Moliyalanadigan lizing muomalalari auditi. Auditda bajariladigan barcha amallar lizing muomalalarining xususiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun lizing shartnomalarini tuzish, muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarning aksariyati me’yoriy hujjatlardagi kamchiliklar va uslubiy qo‘llanmalar yetishmasligi bilan bog‘liq. Lizing muomalalari auditida alohida e’tibor berilishi, lizing subyektlari asosiy vositalar bilan bog‘liq boshqa muomalalarga qaraganda, bularni tekshirishga ko‘proq vaqt ajratilishi lozim. Lizing muomalalari auditini tashkil etish va metodikasini ishlab chiqishda bunday omillar hisobga olinishi kerak. Lizing operatsiyalarini tekshirishda auditning barcha bosqichlari – rejalashtirish, auditorlar guruhini tuzish, tekshiruv o‘tkazish, auditorlik hisoboti va xulosalarini tuzishda maxsus yondashuv talab qilinadi.
Auditni rejalashtirish bosqichida bajariladigan tahliliy amallar tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini o‘rganish va auditorlik riskining darajasini pasaytirishga yordam beradi. Auditorlardan maxsus e’tibor talab qiladigan va auditorlik riski yuqori bo‘lgan, nostandart yoki noto‘g‘ri aks ettirilgan xo‘jalik faoliyati faktlari va natijalarini aniqlashga yordam berganligi sababli, tahliliy amallar ushbu bosqichda o‘ta muhim hisoblanadi. Tahliliy amallar keraksiz auditorlik amallarining sonini qisqartirishga imkon beradi, demak tekshiruvga sarflanadigan mehnat sarflarini kamaytiradi. Pirovard natijada bu audit sifatini oshiradi va moliyaviy hisobotdagi chalkashliklarni aniqlashni ta’minlaydi. Lizing munosabatlarining asosiy elementlarini tekshirish uchun lizing turiga bog‘liq holda bajariladigan tekshiruv amallarini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan, maxsus sxema ishlab chiqish zarur.
Lizingning eng ko‘p tarqalgan turi – moliyalanadigan lizingni tekshirishda lizing makonida uchta ishtirokchi mavjudligini nazarda tutadigan, lizing sxemasi huquqiy tuzilishining xususiyatlaridan kelib chiqish zarur. Lizingning boshqa turlari (qaytariladigan, operativ) uchun bunday sxemaga muayyan lizing turlari xususiyatlaridan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar kiritilishi zarur.
Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun tekshiriladigan obyektlar va hal etiladigan vazifalar ro‘yxati lizing beruvchi korxona va lizing oluvchi korxona pozitsiyalaridan shakllantirilishi kerak. Lizing muomalalari murakkabligi va nostandartligi sababli, ular alohida momentlari, hatto muhim bo‘lsa ham tekshirilishi maqsadga muvofiq emas. Izma-iz tekshirish, muomalalarni hisobda aks ettirish ishonchliligini tekshirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Buning uchun operatsiyalarning salmoqli turlarini tanlab olish va ularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishini boshidan oxirigacha izma-iz tekshirib chiqish zarur.
Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun quyidagi tahliliy amallar samarali hisoblanadi:
– buxgalteriya hisobotining ko‘rsatkichlari va ular bilan bog‘liq hiso-bot davrining nisbiy koeffitsientlarini xo‘jalik yurituvchi subyekt tomoni-dan belgilab qo‘yilgan normativlar bilan taqqoslash;
– buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarini lizing shartnomasi va ichki hujjatlar aylanishidagi ma’lumotlar bilan reja va bashoratlash ko‘rsatkichlari va hokazolar bilan taqqoslash.
Eng muhim masalalar bo‘yicha auditorlik dalillarini bir necha muqobil manbalardan olish maqsadga muvofiq. Auditorda qo‘shimcha auditorlik amallari bajarish zaruriyatini vujudga keltirgan holat mazkur amallarning bevosita lizing muomalalariga tegishli ekanligini aniqlash va tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Lizing beruvchi korxonada audit o‘tkazish bo‘yicha vazifalar.
№ Nomlari Vazifalarning qisqacha mazmuni
1 Umumiy masalalar. Lizing faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaning mavjudligini
aniqlash. Lizing kelishuvlari, jumladan mulkka egalik huquqining o‘tishi bo‘yicha shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligini tekshirish.
2 Asosiy vositalar Lizing beruvchida lizing shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalar kirimi va chiqimining analitik va sintetik hisobi.
Lizingga doir mulklarga eskirish hisoblashning to‘g‘riligi.
Lizingga beriladigan mulklarning chiqimi, jumladan lizing oluvchi tomonidan sotib olinishi.
Lizingga beriladigan mulklarga doir kapital qo‘yilmalar hisobi.
3 Tannarx shakllanishi Kreditlar va qarzlar bo‘yicha xarajatlar hisobi.
Lizingga beriladigan mulklarni sug‘urtalash xarajatlarining hisobi. Lizingga beriladigan mulklarni ta’mirlash xarajatlarining hisobi.
4 Lizing xizmatlarini sotish. Lizing shartnomalari bo‘yicha daromadlarni hisobga olish.
5 Hisob-kitoblar Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar. Budjet va budjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblar. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar.
6 Lizing muomalalarini soliqqa tortish Lizing obyektlari bilan bog‘liq muomalalar – sotib olish, garovga olish, lizing oluvchiga berish va sotish muomalalarini soliqqa tortish bo‘yicha hisob-kitoblar.
Lizing shartnomalari bo‘yicha olingan daromadlarni soliqqa tortish.
7 Hisobot Buxgalteriya hisoboti – faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.
Soliq hisoboti – faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.
Lizing oluvchi korxonada audit o‘tkazish bo‘yicha vazifalar.
№ Nomlari Vazifalarning qisqacha mazmuni.
1 Umumiy masalalar Lizing shartnomasi, shu jumladan mulkiy huquqlar o‘tish shartnomasining qonunchilikka mosligini tekshirish.
Lizing bitimlariga ruxsat berish to‘g‘risida direktorlar Kengashi tegishli qarorlarni mavjudligi.
2 Asosiy vositalar Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar analitik va sintetik hisobi.
Lizingga olingan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish hisoblash va hisobda aks ettirishning to‘g‘riligi.
Lizing mulklarini, shu jumladan uzoq muddatlilarini sotib olish. Lizingga olingan mulklar bo‘yicha kapital sarflar hisobi.
3 Tannarx shakllanishi Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing to‘lovlari ko‘rinishidagi xarajatlar hisobi.
Lizingga olingan mulklarni sug‘urtalash xarajatlarining hisobi. Lizingga olingan mulklarni ta’mirlash xarajatlari hisobi.
4 Hisobkitoblar Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar.
Budjet va budjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblar. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar.
5 Lizing muomalalarini soliqqa tortish Lizing obyektlari bilan bog‘liq muomalalar – olish, garov va sotib olish muomalalarini soliqqa tortish bo‘yicha hisob-kitoblar.
6 Hisobot Buxgalteriya hisoboti – faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish. Soliq hisoboti – faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.
Lizing muomalalarini tekshirishda, asosan auditorlik tashkilotlarining o‘zi to‘plagan dalillarga tayanish zarur. Shuningdek, xodimlar va uchinchi shaxslarning og‘zaki ma’lumotlarini inkor qilmagan holda, yozma dalillarga asoslanish zarur. Og‘zaki olingan dalillar asosida ham bir qator muhim xulosalar qilish mumkinki, ular korxonada lizing muomalalari uchun qabul qilingan hisob siyosati, soliqqa tortish va boshqa huquqiy masalalar bilan tez tanishishga yordam beradi. Masalaga bunday yondashuv qisqa vaqt ichida butun hisobot tizimini aniqlashni, uning bo‘sh joylari va xatolarini belgilashga imkon yaratib, tekshiruv o‘tkazish uchun vaqt sarfini kamaytiradi.
Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning tashkiliy jarayonlarini maqbullashtirish xatolar va chalkashliklarning turlari haqida ma’lumotlarni olishga yordam berib, ular lizing shartnomasi bo‘yicha muomalalarni hisobda aks ettirish vaqtida paydo bo‘lishi mumkin.
Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning umumiy rejasi va ish dasturi bilan bir qatorda lizing muomalalariga doir asosiy xatolar to‘planadi va turkumlanadi.

Download 61.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling