I-bob. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar


Download 301.11 Kb.
Sana11.05.2020
Hajmi301.11 Kb.
#104999
Bog'liq
I-BOB. MAYDALOVCHI VA KUKUNLOVCHI MASHINALAR

I-BOB. MAYDALOVCHI VA KUKUNLOVCHI MASHINALAR

Tayanch iboralar: Maydalash, kukunlash, sindirish, ishqalanish, ezish, urish, maydalash darajasi, aylantirgichlar, maydalovchi jismlar, oqim, yuklash, yuk tushirish, tasmali uzatma, tirsak, ishchi yurish, salt yurish, qamrash burchagi, g‘ovaklik, hajmiy og‘irlik, ehtiyot koeffitsenti, bolg‘alovchi tegirmonlar, jag‘li tegirmonlar, tebratguvchi tegirmonlar, markazi siljigan val va boshqalar.

Tayanch iboralar: Maydalash, kukunlash, sindirish, ishqalanish, ezish, urish, maydalash darajasi, aylantirgichlar, maydalovchi jismlar, oqim, yuklash, yuk tushirish, tasmali uzatma, tirsak, ishchi yurish, salt yurish, qamrash burchagi, g‘ovaklik, hajmiy og‘irlik, ehtiyot koeffitsenti, bolg‘alovchi tegirmonlar, jag‘li tegirmonlar, tebratguvchi tegirmonlar, markazi siljigan val va boshqalar.

Umumiy ma’lumotlar

Umumiy ma’lumotlar

 

Maydalash usulari va ularni zarurligi

 

Har xil qurilish materiallarini mahsulot va konstruksiyalarini tayyorlash uchun ishlatilayotgan xom-ashyo va aralashmalarni maydalashga to‘g‘ri keladi. Maydalash jarayoni sindirish va kukunlash bosqichlaridan iborat. Sindirish va kukunlash bir biridan ajralmasdir. Sindirish natijasida tayyor mahsulot kattaligi 3 mm dan yuqori bo‘ladi, kukunlashda esa 3 mm dan kichik bo‘ladi. Sindirish jarayoni sindiruvchi mashinalarda, kukunlash esa tegirmonlarda amalga oshiriladi.

Sanoatda qurilish materiallarini sindirish va kukunlash jarayonlari alohida ahamiyatga ega. Chunki olingan mahsulot har xil qurilish materiali sifatida (sement, oxak, sopol, temir-beton va b.q.) ishlatiladi. Qurilish materiallarini maydalash asosan ezish sindirish ishqalash, urish yoki birgalikda ta’sir qilishi ezish va ishqalash, urish ishqalash va boshqa hollarda.

Maydalovchi-kukunlovchi mashinalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri maydalash darajasidir. Boshlang‘ich bo‘laklar razmerini, natijaviy bo‘lak razmerlariga nisbatan maydalash darajasi. Maydalash darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Bu erda, D - boshlang‘ich bo‘lak o‘lchami, m

Bu erda, D - boshlang‘ich bo‘lak o‘lchami, m

d - natijaviy bo‘lak o‘lchami, m

Faqatgina birgina maydalovchi yoki kukunlovchi mashinada yuqori darajada maydalash darajasi olish mumkin emas, shuning uchun boshlang‘ich mahsulotni maydalash bir necha ketma-ket ishlayotgan mashinalarda amalga oshirish mumkin.

Maydalangan mahsulotning o‘lchamlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi.

a) katta o‘lchamli - 350 - 100 mm

b) o‘rta o‘lchamli - 100 - 40 mm

v) kichik o‘lchamli - 40 - 3 mm

Kukunlangan mahsulotlarni:

a) yirik o‘lchamli - 3 - 0.1 mm

b) mayda o‘lchamli - 0.1 - 0.05 mm

v) juda mayda o‘lchamli - 0.05 - 0.001 mm

Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar ochiq va yopiq sikllarida ishlashi mumkin. Ochiq siklda ishlagan holda qurilish materiallari maydalovchi va kukunlovchi mashinalardan faqat bir marotaba o‘tadi va bunda natijaviy mahsulot tarkibida talab qilingan o‘lchamdan yuqori bo‘lgan zarrachalar uchraydi.

Yopiq siklda ishlaganda esa natijaviy mahsulot tarkibidagi katta o‘lchamli zarrachalar yana qayta maydalovchi mashinalardan o‘tadi.


 

Maydalashning asosiy qonunlari

Maydalashning asosiy qonunlari

 

Maydalovchi va kukunlovchi mashinalarning ishini asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatgichi bu birlik olingan mahsulotga sarf qilingan energiyadir.

Maydalash uchun sarf qilinadigan energiyani aniqlash bu juda murakkab masaladir, chunki sarf qilinayotgan energiya ish jarayonida o‘zgaruvchi bir qator (faktorlar zarrachalarning bir xilmasligi, ulardagi sinikliklar, zarralarning shakllari va boshqa) qaysiki hisobga qiyin olinadi.

Masalan: Maydalanish jarayonida zarrachalar eng noziq eridan maydalaniladi. Olingan mayda zarrachalarda esa noziq erlari qolmadi. Demak, maydalanish katta zarrachalarga sarf bo‘lgan energiya, mayda zarrachalarga ketganidan kamdir.

Maydalash jarayonida tashqi ta’sir qiluvchi kuchlar zarrachalarni deformatsiyalaydi va mustahkamlik chegarasidan oshishi bilan ularni yana ham mayda zarralarga maydalaydi. Maydalash uchun sarf bo‘lgan energiyani aniqlashi uchun quyidagi gipotezalarni qo‘llaymiz:

a) yuza gipotezasi (ittengera), ya’ni maydalanish jarayonidagi sarf bo‘lgan energiya yangi bo‘lgan yuzaga to‘g‘ri proporsionaldir.

a) yuza gipotezasi (ittengera), ya’ni maydalanish jarayonidagi sarf bo‘lgan energiya yangi bo‘lgan yuzaga to‘g‘ri proporsionaldir.

b) hajm gipotezasi (Kirpicheva - Kika), ya’ni geometrik o‘xshash jismlari bir xil shaklga keltirish uchun sarf bo‘lgan energiya ularning hajmi va og‘irligiga proporsionaldir.

Bu ikki gipoteza P.A.Rabinder tomonidan umumlashtirildi.

Maydalash uchun sarf bo‘lgan to‘la ish, deformatsiyalangan hajmdagi difformatsiyaga sarf bo‘lgan ish bilan yangi yuzalar hosil qilishi uchun sarf bo‘lgan ishlar yig‘indisiga teng.

Ya’ni:

Ya’ni:

 

A = Ad + Ap (1)

 

A - maydalanish uchun sarf bo‘lgan to‘la ish, Dj.

Ad - deformatsiyalashga sarflangan ish, ya’ni bu jismda issiqligi aylanadi, Dj

Ap - yangi yuzalar hosil qilish uchun sarflangan ish, Dj

Maydalanishda maydalash darajasi kichik bo‘lsa, yangi yuzalar hosil bo‘lishi juda sekin kechadi va (1) formulada Ap = 0 bo‘ladi.

Unda

A = Ad (2)

 

Maydalanishda maydalash darajasi yuqori bo‘lsa, yangi yuzalar hosil bo‘lishi tez ko‘payadi. Bu holatda Ad = 0 bo‘ladi, chunki deformatsiyalangan hajmdagi ish miqdori yangi yuzalar hosil bo‘lishidagi ish miqdoridan juda kichik bo‘ladi.

Unda

Unda

 

A = An (3)

 

SHunday qilib, hajm gipotezasi maydalanish jarayonini, yuza gipotezasi esa kukunlash jarayonida qo‘llaniladi.

 

Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar klassifikatsiyalari

 

Qurilish materiallarini maydalash quyidagicha amalga oshiriladi:

a) mexanik usulda maydalash, bunda qurilish materiallari maydalashgichni harakatdagi detallari yordamida maydalanadi (yoki harakatdagi detal va qo‘zg‘almas statika).

a) mexanik usulda maydalash, bunda qurilish materiallari maydalashgichni harakatdagi detallari yordamida maydalanadi (yoki harakatdagi detal va qo‘zg‘almas statika).

b) portlatish usulida maydalash, bunda qurilish materiali bo‘laklari gaz bosishining keskin pasayishi yoki uchqun razryadi ta’siri ostida suvda portlash tuskining ta’siri natijasida (elektrogidravlik hodisa) dars (siniq) ketgan erlardan maydalaniladi.

v) elektrotermik maydalash, bunda materiallar tokning yuqori chastotasi yordamida ayni bir joyni chizdirish natijasida maydalaniladi.

 

Qurilish materiallari sanoatida asosan mexanik usulda maydalovchi maydalagichlar qo‘llaniladi va ular quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi.

a) Jag‘li maydalagichlar, bunda materiallar harakatsiz 1 va harakatlanuvchi 2 jag‘lar orasida maydalanadi. Bu vaqtda harakatlanuvchi jag‘lar oddiy yoki murakkab shaklda harakatlanishi mumkin, birinchi holatda material maydalanishi ezilish hisobiga bo‘lsa, ikkinchidan esa ezilish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi.

b) Konusli maydalagichlar, bunda qurilish materiallari harakatsiz 1 va harakatlanuvchi 2 konuslar orasida maydalanadi, harakatlanuvchi konus harakatsizligiga nisbatan ekssentrik holatda aylanadi.

v) Barabanli maydalagichlar, bunda qurilish materiallari ikki bir biriga qarama-qarshi harakat qiluvchi barabanlar 1,2 orasida yoki aylanuvchi baraban va qo‘zg‘almas jag‘ orasida maydalanadi.

g) Urib maydalovchi maydalagichlar, bunda qurilish materiallari asosan korpus 2 ichida joylashgan bir yoki ikki aylanuvchi rotorlar 1 dinamik kuchlari ta’sirida maydalanadi.

d) Aylangichlar birida qurilish materiali aylanuvchi katok 1 va harakatlanuvchi (yoki harakatsiz) idish 2 orasida ezilish va ishqalanish natijasida maydalanadi.

Qurilish materiallari sanoatida qo‘llanuvchi kukunlovchi mashinalarni ishlashi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Qurilish materiallari sanoatida qo‘llanuvchi kukunlovchi mashinalarni ishlashi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

a) Mexanik usulda maydalovchi jismlar bilan kukunlovchilarda zarralarning maydalanishi ularning urishish va ishqalanish hisobiga amalga oshadi.

b) Mexanik usulda maydalovchi jismlarsiz kukunlovchi mashinalarda materiallarni maydalash dinamik kuchlar ta’siri ostida amalga oshiriladi.

Kukunlovchilarni konstruksiyalariga qarab quyidagilarga bo‘lish mumkin.

Kukunlovchilarni konstruksiyalariga qarab quyidagilarga bo‘lish mumkin.

a) Barabanli kukunlovchilar, bunda maydalovchi jismlar bilan aylanayotgan barabanda 1 materiallarning maydalanishi maydalovchi jismlar bilan urish va qisman ishqalanishi hisobiga amalga oshadi.

a) Barabanli kukunlovchilar, bunda maydalovchi jismlar bilan aylanayotgan barabanda 1 materiallarning maydalanishi maydalovchi jismlar bilan urish va qisman ishqalanishi hisobiga amalga oshadi.

b) Doiraviy sharli kukunlovchilar, bunda materiallarni maydalash harakatsiz 1 va aylanuvchi 2 doira va sharlar 3 orasida amalga oshiriladi. SHarlar aylanuvchi doiraga purjinalar yordamida qisib qo‘yilgan.

v) Doiraviy rolikli kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi aylanib turuvchi o‘qga o‘rnatilgan harakatlanuvchi roliklar 1 va harakatlanmaydigan doira 2 o‘rtasida amalga oshadi.

g) Diskali kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi bir-biriga qisib o‘rnatilgan harakatdagi 1 va harakatsiz disklar o‘rtasida amalga oshiriladi.

d) Urib kukunlovchilar, bunda materiallar dinamik kuchlar va qisman ishqalanish ta’sirida maydalanadi.

e) Tebranma kukunlovchilar, bunda maydalash sharlarning materialga davomli ta’siri ostida amalga oshiriladi.

j) Oqimli kukunlovchilar, bunda materiallar zarralari havoning turbulent oqimida o‘zaro urilib maydalovchi kamera devoriga ishqalanib maydalanadi.

JAG‘LI MAYDALAGICHLAR

JAG‘LI MAYDALAGICHLAR

 

Maydalagichlarning konstruksiyasi

 

Asosan noruda materiallarni birinchi bor qayta ishlash uchun qurilish materiallari sanoatida jag‘li maydalagichlar keng qo‘llaniladi.

Jag‘li maydalagichlarning asosiy parametri uning yuklash va yuk tushirish qismlaridir. Masalan: SM-888-1500 x 2100 x 180. Markali jag‘li maydalagichning yuklash qisman o‘lchamlari kengligi 1500 mm, uzunligi 2100 mm, yuk tushirish qismi kengligi 180 mm (jag‘ning eng katta ochilgan holda) uzunligi 2100 mm yuklash qismining kengligi yuklanayotgan materialning eng yuqori kattaligini belgilaydi. YUklanayotgan materialning o‘lchami yuklash qismining kengligining 0,8-0,85 qismini teng bo‘lishi kerak. YUklash qismining o‘zligi bir vaqtida yuklayotgan material miqdorini va ish unumdorligini belgilaydi.

Ish jarayoniga qarab jag‘li maydalagichlar 2 tipga bo‘linadi.

1) Harakatdagi jag‘i oddiy harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar.

2) Harakatdagi jag‘i murakkab harakat qiluvchi jag‘li maydalagich.

Maydalagich quyidagicha ishlaydi. Aylanish harakat elektrodvigateldan tasmali uzatma orqali shkiv – maxovikga uzatiladi. Maydalagichni ishga tushirishga katta og‘irlikdagi harakatdagi qism qiyinlashtiradi. Keyingi vaqtlarda katta hajmdagi maydalagichlar ketma-ket ishga tushuvchi pog‘onali ishga tushirish mexanizmlariga ega. SHkiv - maxovik aylangandan so‘ng, Fraksion mufta orqali maydoni ekssetrik valga, so‘ngra ikkinchi firiksion mufta orqali ikkinchi maxovikga uzatiladi. Bu holatda maydalagichning to‘la ishga tushish vaqti 50-60 s ni tashkil qiladi.

Ekssetrik valni aylanishi natijasida vertikal yo‘nalishi bo‘yicha shatun ilgarilanma va qayta harakat qiladi.

Ekssetrik valni aylanishi natijasida vertikal yo‘nalishi bo‘yicha shatun ilgarilanma va qayta harakat qiladi.

SHtok (tirsak)ni yuqoriga harakat qilishi natijasida asos devorlari ham ko‘rolmas asosining orqa devoriga tayanib (tayanch yoki sozlash mexanizimi orqali) ishchi yurish qiladi.

Maydalagich kamerasiga tushirilgan qurilish materiallari natijada maydalaniladi.

Tirsakning pastga harakatlanishida salt yurish amalga oshiriladi.

Elektrodvigitelning salt yurishidagi energiyasi yukli g‘ildiraklarda yig‘iladi va harakatdagi jag‘ga ishchi yurish vaqtida uzatiladi. Harakatdagi jag‘ salt yurishi vaqtida o‘z og‘irlik kuchi va birikturuvchi purjina uskunasi ta’sirida o‘ng tarafga chekinadi.

Hisob qismi asoslari

 

Jag‘li maydalagichlarda qurilish materiallarini maydalash harakatidagi va harakatsiz jag‘lar orasidagi burchak ma’lum bir kattalikdan oshmasagina mumkindir.

Maydalagichning parametrlarini hisoblash sxemasi quyidagilarga bo‘linadi:

a) qamrash burchagini aniqlash;

b) bo‘laklarni o‘zaro joylashuvi;

v) ekssentrik burchak tezligi va ish unumdorligini aniqlash;

g) quvvat aniqlash.

Qamrash burchagi chegaradan oshishi bilan maydalanayotgan material yuqoriga kirib chiqarib yuboriladi. Boshqa tarafdan, qamrash burchagining chegara qiymatlarini yutish uchun jag‘li maydalagichga ta’sir etuvchi kuchlarni ko‘rib chiqamiz.

Qamrash burchagi chegaradan oshishi bilan maydalanayotgan material yuqoriga kirib chiqarib yuboriladi. Boshqa tarafdan, qamrash burchagining chegara qiymatlarini yutish uchun jag‘li maydalagichga ta’sir etuvchi kuchlarni ko‘rib chiqamiz.

Maydalagichning ishlashida jag‘lar orasidagi burchak jag‘ning harakat yo‘nalishida o‘zgaradi (kattalashadi). Burchakning o‘zgarishi jag‘larning yaqinlashishi va uzoqlashishi davrida juda kamdir, shuning uchun bu farqni hisobga olmaymiz va qamrash burchagini eng katta qiymatini (jag‘larning yaqinlashgan holatda) qabul qilamiz.

Harakatdagi jag‘ning chapga harakatlanishida M massali bo‘lakga G og‘irlik kuchi, R - jag‘ning t sig‘imi kuchi, t harakatdagi jag‘ning material bilin ishqalanish kuchi, T, R -harakatsiz jag‘ning material bilan ishqalanish kuchlari ishtirok etadi.

Og‘irlik kuchi Q ni olmaymiz, chunki boshqa kuchlarga nisbatan juda kichikdir.

Ishqalanish kuchi shunday ko‘rinishga ega,

T = f P

T1 = f P1

Bu erda, f - materialning ishqalanish koeffitsienti.

R va R1 - material birligiga ta’sir etuvchi kuchlar, N


 

Ishqalanish koeffitsienti f ni ishqalanish burchagi φ tangensi bilan almashtiramiz va quyidagini olamiz.

Ishqalanish koeffitsienti f ni ishqalanish burchagi φ tangensi bilan almashtiramiz va quyidagini olamiz.

tg α = tg 2 φ

α = 2 φ (1)

Demak, jag‘larning yaqinlashgan holatida qamrash burchagi bo‘lgan α ikkilangan ishqalanish burchagidan kichik bo‘lishi kerak (α < 2 φ). Bu holatda, maydalanayotgan material bo‘laklarini yuqoriga yuborish holati yo‘qoladi.

Tosh materiallarining nisbatan ishqalanish koeffitsienti f=0,3, bunda φ =160 40 ga teng α =330 20 bo‘ladi amaliyotda qamrash burchagini 18-200 oralig‘ida qabul qilinadi, chunki bunda eng kichik ishqalanish koeffitsientiga to‘g‘ri keladi. Maydalash darajasini oshirish uchun yuk tushirish qismi kengligi qisqartirilsa, qamrash burchagi kattalashadi. Bundan xulosa shuki, yuk tushirish qismini qamrash burchagi yuqoridagi chegaradan oshmagan holatgacha kamaytirish mumkin. Maydalagichning ish jarayonida bo‘laklar yuqoriga uchib chiqib ketishi ham mumkin. Bo‘laklar 5 b – rasm ko‘rinishda joylashgan holatda bo‘lsa, bunda α, burchagi ikkilangan ishqalanish 2 φ burchagidan katta bo‘lganda bu holat kuzatiladi.


 

Ekssentrikli valning burchak tezligini aniqlash

Ekssentrikli valning burchak tezligini aniqlash

 

Ekssentrikli valning burchak tezligini aniqlashda, natijaviy mahsulot o‘z og‘irlik kuchi ostida maydalagichning yuk tushirish qismi orqali tushib ketadi deb qabul qilamiz.

Bunda material bo‘lagining h balandligiga ega bo‘lgan qismi tushadi. Maydalash kamerasining h balandligi eni qo‘zg‘aluvchi jag‘ning to‘la qaytishdagi tushish yo‘li masofasiga tengdir.

; (2) va (3)

Yuqoridagi formulalarga ma’lum qiymatlarni qo‘ygandan so‘ng:

 

yoki

Bu tengliklarda materialning maydalagich devoriga bo‘lgan ishqalanish kuchlari hisobiga olingan, shuning uchun olingan ω va n qiymatlarini 5-10 % ga kamaytirish taklif etiladi.

Ish unumdorligini aniqlash

Ish unumdorligini aniqlash

 

Ish unumdorligini yuqorida ko‘rsatilgan shartlar asosida aniqlaymiz. YA’ni ekssentrikli valning bir marotaba aylanishida amalga oshadi. Maydalagichdan tushayotgan materialning kesim yuzasi quyidagi tenglik orqali aniqlanadi.

(6)

Bu erda, α - jag‘larning yaqinlashgan holatidagi tushirish qismining kengligi, m

s - harakatdagi jag‘ning qaytish masofasi, m

h - tushayotgan material prizmasining balandligi, m


 

 

qymatini yuqoridagi tenglikga qo‘ysak:

  bo’ladi (7)

Tushayotgan material prizmasi hajmi quyidagi tenglik bilan aniqlanadi.

(8)

Bu erda, L-yuk tushirish qismining uzunligi, m

Ish unumdorlik quyidagi tenglik par bilan aniqlanadi.

 

Qv = V. n. k (9)

Qr = V. n. k. r (10)

 

Bu erda, n - ekssentrikli valning aylanish soni, ayl/s

k - materiallarning g‘ovaklik koeffitsient, k=0.25 -0.7

r - materiallarning hajmiy og‘irligi, kg/m3


 

F,

 

 


 

 

α+α+s 2α + s

d sr = --------- = ------- (11)

2 2

 

(11) va (8) tengliklarni (9) va (10) ga qo‘ysak

 

Lsdsr nkr

Qr =---------------- (12)

tg α

 

Lsdsr nk

Qv =---------------- (13)

tg α

0,65

Agarda α =190 bo‘lsa, tg α =0,3443 va n =-------- ni hisobga olsak

s

 

QR = 1,9 dsr.Lkr√s (12)

QV = 1,9 dsr.Lk√s (13)

SHunday qilib, qamrash burchagi α =190 bo‘lganda jag‘li maydalagich uchun eng qulay bo‘ladi. Qamrash burchagini oshirish maydalagich ish unumdorligini kamaytiradi, kamaytirish esa ish unumdorligiga kata ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin maydalash darajasini kamaytiradi.

SHunday qilib, qamrash burchagi α =190 bo‘lganda jag‘li maydalagich uchun eng qulay bo‘ladi. Qamrash burchagini oshirish maydalagich ish unumdorligini kamaytiradi, kamaytirish esa ish unumdorligiga kata ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin maydalash darajasini kamaytiradi.

 

Elektrodvigitel quvvatini aniqlash

 

Maydalagich elektrodvigiteli quvvati quyidagi tenglik bilan aniqlanadi.

A k3 n

N = ----------- (14)

η

 

Bu erda, k -vaqtinchalik zo‘riqishlarni hisoblab oluvchi koeffitsient, k =1,5

n -ekssentrikli va aylanish soni, ayl./c

η -foydali ish koeffitsienti η = 0,75.

Ba’zi bir o‘zgarishlarni (14) tenglikga kiritish natijasida quyidagi emperik tenglikni olamiz:

 

oddiy harakatlanuvchi jag‘li maydalagich uchun, vt

  • oddiy harakatlanuvchi jag‘li maydalagich uchun, vt
  •  

    N=66·104 L.H.s.n (15)

     

  • murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagich uchun, vt
  •  

    N=11 105. L.H.s.r (16)

     

    Bu erda, L - yuklash qismi uzunligi, m

    H - maydalash kamerasi balandligi, m

    S - jag‘ning qaytish uzunligi, m

    r - ekssentrik val ekssentritsiteti, m

KONUSLI MAYDALAGICHLAR

KONUSLI MAYDALAGICHLAR

 

Konusli maydalagichlar konstruksiyasi

 

 

Konusli maydalagichlar - tog‘ jismlarni maydalovchi yuqori unumdorli mashinalardir. Konusli maydalagichda materiallar siqish, ishqalash va ezilishi hisobiga maydalanadi.

Materiallarni konusli maydalagichlarda maydalash, jag‘li maydalagich kabidir, lekin konusli maydalagichda yuk tushurish uzluksiz amalga oshiriladi. Maydalash zapasini ketma-ket aylanma bo‘ylab bo‘lishi maydalagichni ish unumdorligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari konusli maydalagichlarning ustunliklariga quyidagilar kiradi:

harakatdagi qismlarning yuqori sokinligi;

maydalagichning ishga tushirilishi materiallar to‘lig‘ida ham;

ish vaqtidagi ishonchlik va boshqalar.

Konusli maydalagichlar quyidagi xususiyatlari bilan bo‘linadi.

Texnologik jihatdan:

Texnologik jihatdan:

Yirik maydalovchi maydalagichlar (YMM) yuklash (qabul qilish) qismining kengligi bilan xarakterlidir va o‘lchamining kattaligiga qarab 400 dan 1200 mm gacha tog‘ jinslarini qabul qilishi mumkin. CHiqarishni qismining kattaligiga 75 dan 300 mm gacha bo‘lishi mumkin. Ish unumdorligi esa 150 dan 2300 m3/soatgacha.

O‘rta me’yorli maydalagichlar 60 dan 300 mm gacha bo‘lgan bo‘laklarni qayta ishlaydi. CHiqish qismining kattaligi 12 dan 60 mm gacha. Ish unumdorligi 12 dan 580 m3/soat gacha bo‘ladi.

Kichik me’yorli maydalagichlar 35 dan 100 mm gacha bo‘lgan bo‘laklarni qayta ishlaydi. CHiqish qismi kattaligi 5 dan 15 mm gacha. Ish unumdorligi esa 12 dan 220 m3/soat bo‘ladi.

Konstruksiyasi jihatidan:

1. Vali ko‘tarilgan maydalagichlar.

2. Inersion maydalagichlar.

3. Vali konsol bo‘lagi maydalagichlar.

Hisoblash asoslari

Hisoblash asoslari

 

Konusli maydalagichda maydalash protsessi jag‘liklik kabidir, lekin undagi jarayon uzluksizdir. Ammo jag‘li maydalagichlar uchun keltirilgan aylanish sonini aniqlash, ish unumdorligi va energiya sarfini aniqlash formulalarini ba’zi bir o‘zgarishlar bilan konusli maydalagichlarga (materiallari o‘z og‘irligi bilan tushuvchilariga uzun konsulli) qo‘llash mumkin.

Vali konsol joylashgan maydalagichlarni hisoblashda bu formulalar qo‘llanilmaydi.

Birikmalarni qamrab olish konusli maydalagichlarda jag‘lilarga nisbatan qulay. SHuning uchun konuslar orasidagi qamrash burchagining chegarasi 21 - 23 deb olinishi mumkin.

Maydalanishni unumdorli bo‘lishi uchun maydalash kamerasining yuqori qismida (1) tenglik saqlanishi kerak.

2 r0 ≥ 0.1 A (1)

Bu erda, 2 r0 - maydalash kamerasi yuqorida konusning harakat uzunligi:

A - konusli maydalagich yuklash qismining kengligi:

Maydalovchi konusning yuk tushurish qismidagi harakat yo‘li

2r=(0.25-0.3) B (2)

Bu erda, V - yuk tushirish qismining kengligi, m

Uzun konusli maydalagichlarda maydalovchi konusning aylanish soni jag‘li maydalagichlarning aylantiruvchi vali tezligi kabi aniqlanadi. Ikki holatda ham maydalangan material o‘z og‘irlik kuchi natijasida tushadi.

gt2

gt2

h = ----- (3)

2

Bu erda, h - maydalangan materialning tushish balandligi, m

g - erkin tushish tezlanishi, m/s2

t - erkin tushish vaqti, s

Materialning h balandlikdan erkin tushish vaqti t, s

(4)

 

Ish unumdorligini aniqlash

 

Konusli maydalagichlarda ish unumdorligi o‘z og‘irligi bilan tushadigan materiallar bo‘lsa, ayni jag‘li maydalagichlar kabidir.

Bunda tushayotgan maydalangan mahsulot maydalovchi konus ta’siri ostida V hajmga ega bo‘lgan butun aylana bo‘ylab yursa F abcd, o‘rta diametri dSR bo‘lgan va maydalovchi konusning aylanishi soni (n) bo‘lganda ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi.

Qv = V.n (5)

Konusning bitta aylanishi natijasida tushayotgan material hajmi V = Pdsr Favcdga teng. Aylanma maydalangan material kesim AVSD trapetsiya yuzasi deb qabul qilamiz.

Konusning bitta aylanishi natijasida tushayotgan material hajmi V = Pdsr Favcdga teng. Aylanma maydalangan material kesim AVSD trapetsiya yuzasi deb qabul qilamiz.

 

e +(s1 + e + s2). 2e + s1 + s2

FAVSD =-------------------- h = ------------. h (6)

2 2

unda

2e +s1 + s2

V =p dsr-----------. h (7)

2

2r

s1 + s2 = 2r va h =--------- ni hisobga olsak, unda

tgα1+tg α2

Pdsr 2r (e+2)

Qv =-----------------. n. k (8)

tg α1 + tg α2

 

Qp = Qv. P Di = dsr (9)

Qp = Qv. P Di = dsr (9)

Bu erda, K - tayyor mahsulotning g‘ovaklik koeffitsienti, k= 0,3-0,65

e - maydalagichning yuk tushirish qismining konuslar yaqinlashgandagi o‘lchami, m

Dn- maydalovchi konustning pastki diametri, m

r - konusning tebranish eksetsentriteti, m

n -maydalvchi konusning tebranish soni

r - materialning hajmiy og‘irligi, kg/m.

O‘rta va kichik maydalovchi konusli maydalagichlarning ish unumdorligi:

Qv = V. k. n = d. L. PDn. K.n (10)

Qv = V. k. n = d. L. PDn. K.n (11)

 

Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarning quvvat sarfini aniqlash

 

Maydalagichlarning quvvat sarfining aniqlash formulasining "Kripicheva-Kika" gipotezasi qo‘yilgan va shunga asosan maydalashdagi bajarilgan ish:

σ2SJ.V

σ2SJ.V

A =---------- (12)

2E

 

Bu erda, σ2SJ - materialni ishqalanishdagi mustahkamlik chegarasi, Pa

V - material hajmi, m

E - maydalayotgan materialning bikirlik moduli, Pa

 

Maydalagichning quvvatini quyidagi tenglik bilan aniqlash mumkin, vt

An π2 σ2SJ Dn. n

N =-------- yoki N = ---------------------- (D2 –d2) (13)

2 12 Eη

 

Bu erda, η - maydalagichning F. I. K.

n - harakatdagi konusning aylanish soni, ayl/s

BARABANLI KUKUNLOVCHILAR

BARABANLI KUKUNLOVCHILAR

 

Kukunlovchilarning konstruksiyalari

 

Qurilish materiallari sanoatida barabanli kukunlagichlar keng tarqaldi, xususan temir-beton zavodlarida. Barabanli kukunlovchilarda qurilish materiallarini maydalash asosan ishqalanish sindirish va urish (mushtlash) orqali erkin tushayotgan kukunlovchi jismlar yoki baraban ichida maydalanayotgan materiallarning yirik bo‘laklari yordamida kukunning jarayoni amalga oshadi.

Kukunlovchilarning baraban uzunligi, uning diametrida 3 va undan ortiq bo‘lsa ularning trubali deb yuritiladi.

Barabanli kukunlovchilar quyidagi xususiyatlari bilan klassifikatsiyalanadi:

a) kukunlash usuli bo‘yicha: quruq va ho‘l holda kukunlash;

b) ishlash usuli bo‘yicha: ochiq va yopiq usulida ishlovchi kukunlovchilar;

v) yuklash va yuk tushirish konstruksiyasi bo‘yicha:

  • yuklash va yuk tushirish yuk orqali bo‘lgan kukunlovchilar;
  • yuklash va yuk tushirish yon tomonidagi ochiq devorlar orqali;
  • yuklash yon tomonidagi ochiq devordan, yuk tushirish esa diafragma orqali.

Barabanli kukunlagichlarning asosiy hisoblari

Barabanli kukunlagichlarning asosiy hisoblari

 

Barabanli kukunlagichlarning asosiy ko‘rsatkichlari: barabanni maydalovchi jism bilan to‘lganlik koeffitsienti: barabanning burgan tezligi; kukunlagichning ish unumdorligi; uzatma quvvati kukunlagich.

V1

1) Barabanning to‘lalik koeffitsenti – φ = ----- (14)

V2

Bu erda, V1 - maydalovchi jismlar hajmi, m

V2 - barabanning ichki hajmi, m

 

2) Maydalovchi jismlar hajmi quyidagi tenglik orqali aniqlanadi.

M

V1 = -----, m (15)

r

 

Bu erda, M - barabandagi maydalovchi jismlar massasi, kg

r - maydalovchi jismlar hajmiy massasi, kg/m

 

3) Barabanning ichki hajmi quyidagi tenglik orqali aniqlanadi.

PD2

PD2

V2 = ------- L (16)

4

Bu erda, D - barabanning ichki diametri, m

L - barabanning ishchi uzunligi, m

(15) va (16) tengliklarni (14) ga qo‘ysak

4M M

φ =-------------- = 1.27------------ (17)

π r D2 L r D2 L

 

Bu erda, M - maydalovchi jismlar massasi, kg

4) Maydalovchi jismlar massasi quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:

 

M = φ η p1 π R2 L (18)

 

Bu erda, M - maydalovchi jismlar g‘ovaklik koeffitsenti.

p - maydalovchi jismlar hajmiy og‘irligi, kg/m3. Po‘lat uchun p1=7850 kg/m3

SHarsimon maydalovchi jismlar uchun g‘ovaklik koeffitsienti agarda shar diametri 30-125 mm gacha bo‘lsa, M=0.452-0.485.25 dan 100 mm gacha μ= 0.65-0.7 bo‘ladi. Amaliyotda sharlar uchun μ = 0.46 va silindirsimonlar uchun μ = 0.66 qabul qilingan.

Barabanni kukunlagichlar foydalilik darajasi undagi maydalovchi jismlarning ishlash rejimiga bog‘liqdir. Barabanning aylanishi natijasida maydalovchi jismlar markazdan qochma kuch va ishqalanish kuchi tasirida ma’lum bir yuqorilikka ko‘tarilib so‘ng pastga qurilish materiallarini maydalagan holda tushadilar. Barabanning burchak tezligiga qarab maydalovchi jismlar kaskadli, sharshara va keskin rejimlarda ishlaydilar.

Barabanni kukunlagichlar foydalilik darajasi undagi maydalovchi jismlarning ishlash rejimiga bog‘liqdir. Barabanning aylanishi natijasida maydalovchi jismlar markazdan qochma kuch va ishqalanish kuchi tasirida ma’lum bir yuqorilikka ko‘tarilib so‘ng pastga qurilish materiallarini maydalagan holda tushadilar. Barabanning burchak tezligiga qarab maydalovchi jismlar kaskadli, sharshara va keskin rejimlarda ishlaydilar.

Barabanli kukunlagichning kritik burchak tezligi

 

Bu erda, n - barabanning aylanish tezligi, ayl/sek

Ho‘l holda kukunlash vaqtida barabanning tezligi va aylanishi sonini 10 % ga ko‘tarish kerak, unda

 

Barabanning ichki yuzasini burtik va poshnalar bilan qoplansa, burchak tezlik va aylanish sonini 10 % - 12 % ga kamaytirish lozim va quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.

Barabanli kukunlagichning ish unumdorligi quyidagi tenglik bilan aniqlash tavsiya etiladi (t/g)

Barabanli kukunlagichning ish unumdorligi quyidagi tenglik bilan aniqlash tavsiya etiladi (t/g)

 

Bu erda, D - barabanni ichki diametri, m

m - maydalovchi jismlar massasi, t

V - baranni kukunlagichining ishchi hajmi, m

q - maydalanish darajasini ko‘rsatuvchi koeffitsient

K - nisbiy ish unumdorlik,t/kVt, soat:

sement uchun K=0.035-0.4

ohak uchun K=0.05

 

Elektrodvigatel quvvati quyidagi tenglik bilan aniqlanadi.

 

A n K

N=-------------

η

Bu erda, A - bir siklda bajarilgan umumiy ish, Dj

n - barabanning aylanish soni, ayl/s - uzatilganning F. I. K.

K - bir aylanishdagi sikllar soni, k = 1.65

2.84 G R n

2.84 G R n

N = -------------------

η

(22) tenglikka aylanishlar soni "n" qiymatini qo‘ysak:

 

Natijada, quvvat Vt

YUqoridagi tenglik kukunlagich elektrodvigatelning quvvatini aniqlash formulasidir.

 

O‘RTACHA HARAKATLANUVCHI TEGIRMONLAR

 

O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar o‘rtacha mustahkamlikdagi materiallarni kukunlash uchun mo‘ljallangandir (quruq tuproq, talka, ohak va boshqalar). O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlarda materiallarni maydalash, ezish hamda ishqalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar konstruktiv jihatdan sharli, valli va rolik-mayatnikli bo‘ladi. SHarli tegirmonlar bir yoki ikki qator sharlardan iborat bo‘lishi mumkin.

Bir qatorli sharli tegirmon quyidagi qismlardan tashkil topgan: qobiq, yuqoridagi va pastdagi xalqalar, oziqlantirgich, separator. Xalqa yuqori mustahkamlikdagi aylangichli yo‘lakchalarga ega, diametri 190 mm dan 275 mm gacha bo‘lgan sharlar o‘rnatilgan. Pastdagi xalqa elektrodvigateldan reduktor orqali aylanadi. YUqoridagi xalqa og‘irlik kuchi va prujinaning ta’sirida sharlarga siqiladi. Separator tegirmonning ustiga o‘rnatilgan. Ish vaqtida maydalanadigan material, oziqlantirgich orqali tegirmonga tushadi. Maydalangan material markazdan qochuvchi kuchlar ta’sirida qobiqning ichki devorlariga otiladi, patrubok orqali esa havo beriladi. Havo oqimining tezligi 25-30 m/s. Maydalangan material havo oqimi orqali separatorga yo‘naladi va ikkita fraksiyaga bo‘linadi: kichik (mayda fraksiya) material havo bilan patrubok orqali chang bostirgichga yuboriladi, yirik (yirik fraksiya) material separatorning quyi qismiga tushadi va truba orqali tegirmonning kukunlagichiga qayta yunaltiriladi.

Bir qatorli sharli tegirmon quyidagi qismlardan tashkil topgan: qobiq, yuqoridagi va pastdagi xalqalar, oziqlantirgich, separator. Xalqa yuqori mustahkamlikdagi aylangichli yo‘lakchalarga ega, diametri 190 mm dan 275 mm gacha bo‘lgan sharlar o‘rnatilgan. Pastdagi xalqa elektrodvigateldan reduktor orqali aylanadi. YUqoridagi xalqa og‘irlik kuchi va prujinaning ta’sirida sharlarga siqiladi. Separator tegirmonning ustiga o‘rnatilgan. Ish vaqtida maydalanadigan material, oziqlantirgich orqali tegirmonga tushadi. Maydalangan material markazdan qochuvchi kuchlar ta’sirida qobiqning ichki devorlariga otiladi, patrubok orqali esa havo beriladi. Havo oqimining tezligi 25-30 m/s. Maydalangan material havo oqimi orqali separatorga yo‘naladi va ikkita fraksiyaga bo‘linadi: kichik (mayda fraksiya) material havo bilan patrubok orqali chang bostirgichga yuboriladi, yirik (yirik fraksiya) material separatorning quyi qismiga tushadi va truba orqali tegirmonning kukunlagichiga qayta yunaltiriladi.

Valli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:

qobiqdan, tarelkadan va ikkita valdan. Vallar o’qlarga joylashtirilgan, ular podshipniklarga o‘rnatilgan va richaglarga mustahkamlangan. Prujina bosimi va ularning og‘irlik kuchi ta’sirida vallar tarelkaga siqiladi. Tegirmon ustiga esa separator o‘rnatilgan. Tarelka elektrodvigatel va reduktor orqali aylanadi. Tegirmonga berilayotgan material tarelkani aylanishi mobaynida, tarelka va vallar orasida maydalanadi. Xalqa kanali orqali berilgan havo maydalangan materialni tegirmondan separatorga chiqarib beradi. Qolgan mayda fraksiyalar chang bostirgich qurilmasiga yuboriladi, yirigi - separatordan tegirmonning kukunlagichiga qaytariladi.

Rolikli-mayatnikli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan: qobiqdan, vertikal valdan, yuqorigi qismiga mahkamlangan traversadan. To‘rtta o‘q, roliklar bilan sharnirli traversaga o‘rnatilgan. Vertikal val elektrodvigateldan, remenli uzatgich va konusli tishli uzatgichlar orqali aylanadi. Tegirmon qobig‘ining atrofida xalqasimon qobiq joylashgan. Tegirmon ustiga o‘rnatilgan sektorli oziqlantirgich mahsulotni tegirmonga uzatadi. Oziqlantirgichning barabani remenli uzatgich, val, val va xrapli mexanizm orqali aylanadi.

Rolikli-mayatnikli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan: qobiqdan, vertikal valdan, yuqorigi qismiga mahkamlangan traversadan. To‘rtta o‘q, roliklar bilan sharnirli traversaga o‘rnatilgan. Vertikal val elektrodvigateldan, remenli uzatgich va konusli tishli uzatgichlar orqali aylanadi. Tegirmon qobig‘ining atrofida xalqasimon qobiq joylashgan. Tegirmon ustiga o‘rnatilgan sektorli oziqlantirgich mahsulotni tegirmonga uzatadi. Oziqlantirgichning barabani remenli uzatgich, val, val va xrapli mexanizm orqali aylanadi.

Vertikal valning aylanishi mobaynida markazdan qochuvchi kuchlar ta’sirida roliklar xalqaga siqilishadi. Roliklar orasidan o‘tayotgan material maydalanadi va havo bilan chiqariladi (yoki issiq gaz bilan) va xalqasimon kojux orqali separatorga uzatiladi. Separatordan mayda fraksiya chang bostirgich qurilmasiga yuboradi, yirik fraksiya tegirmonni kukunlagichiga qaytariladi. Issiq gazlarni berish bilan birga tegirmonda materiallarni bir vaqtning o‘zida maydalash va qurilish konstruksiyalarini ham qo‘llash mumkin.

BOLG‘ALOVCHI TEGIRMONLAR

BOLG‘ALOVCHI TEGIRMONLAR

 

Bolg‘alovchi tez harakatlanadigan tegirmonlar yumshoq materiallarni yirik kukunlash uchun ishlatiladi (gips, tuproq va boshqalar). Bolg‘alovchi tegirmonlarda ko‘proq maydalangan materiallarni kukunlanadi va quritiladi. Konstruktiv qismlarga ko‘ra bolg‘alovchi tegirmonlar shaxtali, aerobilli va setkalilarga bo‘linadi.

 

SHaxtali tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:

qobiqdan va rotordan qaysiki unga osilgan sharnirli bolg‘adan. Mahsulot truba orqali tegirmonga beriladi. Rotorni aylanishi mobaynida material bo‘laklari o‘zaro va bolg‘alar bilan uriladi.

Qobiqning pastki qismiga ventilyator issiq havoni yoki gazni beradi. Havo oqimi mayda bo‘laklarni ko‘taradi va ularni qobiqning yuqori qismiga uzatadi va keyin chang bostirgich qurilmasiga beradi, yirik bo‘laklari pastga tushib ketadi va yana bolg‘alar orqali maydalanadi.

 

Aerobilli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:

korpusdan, rotordan, qattiq mahkamlangan bolg‘alardan, tarelkasimon oziqlantirgichdan, ventilyatordan va separatordan. Ventilyator va rotor bitta valga o‘rnatilgan. Qobiqning ichki yuzasi emirilishga qarshi po‘lat plitalar bilan qoplangan.

Setkali tegirmonlar (dezintegrator) quyidagilardan tarkib topgan:

Setkali tegirmonlar (dezintegrator) quyidagilardan tarkib topgan:

qobiqdan, qaysiki poydevor ramasiga o‘rnatilgan va ikkita setkadan (savatdan). Har bir setka (savat) diskdan tarkib topgan bo‘lib, qaysiki po‘lat barmoqlar 3 qatordan bir tomonlama markazlashgan holda qotirilgan. Har bir qatordagi barmoqlarning ikkinchi tomoni xalqalar bilan bog‘langan.

 

TEBRATGUVCHI TEGIRMONLAR

 

Tebratguvchi tegirmonlar materiallarni judayam mayda qilib, kukunlash uchun mo‘ljallangan. Ular inersion va gratsion prinsipda ishlovchilarga bo‘linadi.

 

Inersion tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:

80 foiz mayda sharchalar bilan yuklangan, barabandan, podshipniklarga o‘rnatilgan debalansli vallardan (tebratgichlardan), ularga esa barabanning yon tomonidagi devorlariga mahkamlangandir. Baraban prujinalar orqali poydevor ramalariga o‘rnatilgan. Tebratgich kojux bilan yopilgan. Debalansli valni (tebratgichni) oxirida qo‘shimcha debalanslar mahkamlangan.

 

Gratsion tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:

6-markazi siljigan valga (ekssentrik valga), podshipniklar orqali (yordamida) osilgan 5-barabandan. Baraban prujinalar yordamida, poydevor ramasiga mahkamlangan, qaysiki qobiqni aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Markazi siljigan val (ekssentrikli val) va podshipniklarga mahkamlangan, ular esa poydevor ramasiga o‘rnatilgandir. Markazi siljigan val mufta orqali elektrodvigatelda aylanadi.

Markazi siljigan val (ekssentrikli val) va podshipniklarga mahkamlangan, ular esa poydevor ramasiga o‘rnatilgandir. Markazi siljigan val mufta orqali elektrodvigatelda aylanadi.

Tebratguvchi tegirmonlar kukunlashni ho‘l va quruq usullar bilan ochiq va yopiq sikllarda ishlashi mumkin.

 

OQIMLI TEGIRMONLAR

 

Oqimli tegirmonlar materiallarni juda mayda qilib kukunlash uchun mo‘ljallangan. Oxirgi mahsulot bo‘lagining o‘lchami 3 mkm gacha borishi ham mumkin. Bu tegirmonlar ikki gruppaga bo‘linadilar:

ketma-ket maydalash va saralash hamda aralash;

maydalash va saralash.

Birinchi gruppadagi tegirmonlar konstruktiv xossalariga ko‘ra qo‘zg‘almas qaytargichli, oqimga qarshi kamerali va soploda bosimni kamaytiruvchi; ikkinchi gruppalarga tekis gorizontal yoki vertikal kamerali va maydalovchi trubalilari kiradi.

Kukunlash kamerasi vertikal trubali bo‘lgan tegirmon ko‘rsatilgan. Ishlash vaqtida mahsulot lentasimon konveyer bilan bunkerga uzatiladi, truba orqali diffuzorga. Energiya tashuvchi (inertgaz, havo, bug‘) truba tarmog‘i orqali, kollektorga keladi va sopl sistemasi orqali, kukunlash kamerasini quyi qismiga yuboriladi. Energiya tashuvchi oqimining tezligi 100-180 m/s. Soplolar ikki qator bo‘lib joylashgan. Ular shunday joylashtirilganki, ulardan chiqayotgan energiya tashuvchi oqimlari bir-birlari bilan kesishadi.

Tekis yuzali kukunlovchi kamerali tegirmonlarda materiallar truba orqali energiya tashuvchi, taqsimlaguvchi kollektorlarga beradi va 2,5 soplolar orqali katta tezlikda kukunlovchi kameralarga yuboriladi. Kattaligi 200 mkm gacha bo‘lgan boshlang‘ich material trubalar orqali edektor bilan kukunlovchi kameralarga yuboriladi. Material zarrachalari energiya tashuvchining qarama-qarshi oqimlariga tushib, bir-biri bilan uriladi va maydalanadi.

Tekis yuzali kukunlovchi kamerali tegirmonlarda materiallar truba orqali energiya tashuvchi, taqsimlaguvchi kollektorlarga beradi va 2,5 soplolar orqali katta tezlikda kukunlovchi kameralarga yuboriladi. Kattaligi 200 mkm gacha bo‘lgan boshlang‘ich material trubalar orqali edektor bilan kukunlovchi kameralarga yuboriladi. Material zarrachalari energiya tashuvchining qarama-qarshi oqimlariga tushib, bir-biri bilan uriladi va maydalanadi.

Material zarrachalariga kukunlagich kamerasida markazdan qochma va markazga intiluvchi kuchlar ta’sir etadi. Markazdan qochuvchi kuch zarrachalarni kameraning devorlariga uloqtiradi. Zarrachalarning kichrayishi bilan markazdan qochuvchi kuchlarning ta’siri ularga kamayadi, shunda markazga intiluvchi kuchlarning ta’siri ko‘proq foydali bo‘ladi.

 

MAYDALASH VA KUKUNLASH UCHUN MASHINALARNI TANLASH

 

Tayyor mahsulotga va unga bo‘lgan talab mashinalarning modeli, turi, yana ularda ishlatiladigan materiallar xarakteristikasi, texnologik talablarga va texnik ko‘rsatkichlarga bog‘liq.

Yirik maydalash uchun jag‘li konusli (KKD) va urib ta’sir ko‘rsatuvchi maydalagichlardan foydalaniladi. Mashinalarni o‘lchami va turi birinchi maydalash uchun tosh bo‘laklarining o‘lchamlaridan kelib chiqgan holda aniqlanadi. Birinchi maydalashda tosh materiallarni, teng ko‘rsatgichlarda, jag‘li maydalagichlardan foydalangan afzaldir, u oddiy konstruksiyali, ishlashda va xizmat doirasida ishonarliroqdir. Konusli maydalagich xuddi jag‘li maydalagichdakadir, lekin uni yirik maydalovchi zavodlarda ishlatgan afzaldir.

Maydalash uchun turi kam uchraydigan kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi materiallarni urib maydalaydigan maydalagichlardan ishlatish mumkin (yirik bolg‘ali yoki rotorli). Bo‘laklari o‘lchami 800 mm dan oshmagan holda.

Maydalash uchun turi kam uchraydigan kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi materiallarni urib maydalaydigan maydalagichlardan ishlatish mumkin (yirik bolg‘ali yoki rotorli). Bo‘laklari o‘lchami 800 mm dan oshmagan holda.

Birinchi bor maydalash uchun maydalagichlarni tanlashda, maydalagichlar sonini kamaytirishga harakat qilish kerak, ko‘proq ishlab chiqarish mashinalarini tanlash hisobiga, bu esa korxonani texnologik sxemalarini soddalashuviga olib keladi, xizmat qilayotgan ishchilar sonini kamaytiradi va ekspluatatsion harajatlarni ham kamaytiradi. Yirik maydalaydigan maydalagichlarda maydalanish darajasi odatda quyidagicha bo‘ladi: jag‘ligida 3 dan 6 gacha, konusligida 5 dan 8 gachadir.

Agar katta darajada maydalash zarur bo‘lsa, unda maydalashni ikki turda olib borish kerak, qachon maydalangan mahsulot kattaligi 15-25 mm dan katta bo‘lmasa uch turda.

Ikkinchi, uchinchi stadiyadagi maydalagichlar mahsulotni tayyor maydalangan holda berishi kerak. Ikkinchi darajali maydalashda jami maydalagichlar, konusli, valli va urib ta’sir ko‘rsatadigan maydalagichlar ishlatilinadi.

Urib ta’sir qiladigan maydalagichlar, yuqori darajada maydalanishni va ko‘p miqdorda mayda hamda chang ko‘rinishdagi zarrachalarni chiqishini ta’minlaydi va ularni maydalovchi - saralovchi zavodlarda щeben tayyorlashda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Ular o‘zini sement zavodlarida ikkinchi stadiyadagi maydalagichlar vazifasida oqladi.

Valli maydalagichlarni ikkinchi darajadagi sindirgichlarda, qo‘zg‘aluvchan maydalovchi – saralovchi qurilmalarda ishlatiladi. Ular konstruksiyasini oddiyligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Biroq boshqa maydalagichlarga qaraganda ko‘proq energiya sarf qilinishini talab etadi. Bo‘laklarning o‘lchamlari maydalagichni yuklanish kengligining 0,85 qismidan oshmasligi kerak. Tanlangan maydalagichning ish unumdorligi birinchi stadiyada berilgandan 10-25% yuqori bo‘lganda maqsadga muvofiq bo‘lardi. CHunki 2 va 3 stadiyalarda maydalagichdan tayyor mahsulot olish kerak.

Valli maydalagichlarni ikkinchi darajadagi sindirgichlarda, qo‘zg‘aluvchan maydalovchi – saralovchi qurilmalarda ishlatiladi. Ular konstruksiyasini oddiyligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Biroq boshqa maydalagichlarga qaraganda ko‘proq energiya sarf qilinishini talab etadi. Bo‘laklarning o‘lchamlari maydalagichni yuklanish kengligining 0,85 qismidan oshmasligi kerak. Tanlangan maydalagichning ish unumdorligi birinchi stadiyada berilgandan 10-25% yuqori bo‘lganda maqsadga muvofiq bo‘lardi. CHunki 2 va 3 stadiyalarda maydalagichdan tayyor mahsulot olish kerak.

Hozirda ko‘p tarqalgan trubali tegirmonlar (ko‘p kamerali) ho‘l va quruq kukunlashga mo‘ljallangan. Biroq maydalovchi jismlarni emirilishini yuqoriligini hisobga olganda va energiyani katta sarflanishiga qaraganda, sezilarli darajada bu tegirmonlarning foydaliligi kamayadi. O‘rtacha harakatlanuvchi va tez harakatlanuvchi uruvchi tegirmonlar kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi kam zarrali materiallarni kukunlashda ishlatiladi. SHarli tegirmonlarga o‘rtacha harakatlanuvchi va tez harakatlanuvchi uruvchi tegirmonlarni solishtirilganda kam zarrali kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi materiallarni kukunlashda foydaliligi ko‘proqdir. Juda mayda maydalaydigan tegirmonlarni ikkinchi darajadagi kukunlash yoki zarralarni o‘lchami 10 – 20 mkm dan kam bo‘lmagan holda maydalash uchun qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tarkibiy savollar

1. Qanday maydalash usullari bor?

2. Maydalash darajasi deb nimaga aytiladi?

3. Maydalashning asosiy qonunlari.

4. Jag‘li maydalagichlar konstruksiyalari va ishlashi.

5. Jag‘li maydalagichlar ish unumdorligini aniqlash.

6. Jag‘li maydalagichlarga sarf quvvatini aniqlash.

7. Konusli maydalagichlar konstruksiyalari va ishlashi.

8. Konusli maydalagichlar ish unumdorligi va ish quvvatini aniqlash.

9. Barabanli kukunlovchilar konstruksiyalari va ishlashi.

10. Barabanli kukunlovchilar ish unumdorligi va quvvat sarfini aniqlash.

11. O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar turi va konstruksiyasi.

12. Bolg‘alovchi tegirmonlar konstruksiyasi va ishlashi.

13. Tebratguvchi tegirmonlar konstruksiyasi va ishlashi.

14. Oqimli tegirmonlar konstruksiyasi va ishlashi.

15. Maydalash va kukunlash uchun mashina va uskunalarni tanlash asoslari.

Qo‘shimcha adabiyotlar

1. Akunov V.I. Struynыe melnitsы. M. «Mashinostroenie», 1977g.

2. Juravlev M.I. Oborudovanie zavodov vyajuщix materialov. M. «Vыsshaya shkola», 1977g.

3. Konstantopulo G.S. Mashinы dlya oborudovanie dlya proizvodstva jelezobetonnыx izdeliy i teploizolyasionnыx materialov. M. «Vыsshaya shkola», 1984g.

4. Kryukov D.K. Futerovki sharovыx melnits. M. «Mashinostroenie», 1976g.

5. Lapir F.A. Oborudovanie i sredstva avtomatizatsii dlya proizvodstva betona i jelezobetona. M. «Mashinostroenie», 1983g.

6. Makarov V.I., Sokolov V.P. Mashinы dlya drobleniya i sortirovki materialov. M. «Mashinostroenie», 1976g.

7. Sapojnikov M.YA. Mexanicheskoe oborudovanie predpriyatiy stroitelnыx materialov, izdeliy i konstruksiy. M. «Vыsshaya shkola», 1981g.

8. Sapojnikov M.YA., Drozdov N.E. Spravochnik po oborudovaniyu zavodov stroitelnыx materialov. M. Stroyizdat, 1980g.


Download 301.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling