Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari


Download 28.62 Kb.
bet1/3
Sana27.06.2023
Hajmi28.62 Kb.
#1656921
  1   2   3
Bog'liq
1 Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari

Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari.


(2 soat)

    1. Reja:

    2. 1.Xom ashyoni maydalash usullari

    3. 2. Maydalash mashinalarining umumiy tasnifi

Tayanch iboralar: maydalash, maydalash darajasi, diametri, fraksiya, sheben, shag‘al, qum, o‘lchamlari, jag‘li, konusli, valikli, zarbli, barabanli, o‘rta yurar mayatnikli, tegirmon, zarbli tegirmon.

15.1. Xom ashyoni maydalash usullari.


Maydalash deb - qattiq material donalarining boshlang‘ich o‘lchamini navbatma - navbat talab qilingan o‘lchamgacha kamaytirish jarayoniga aytiladi. Maydalash jarayonining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  • yirik - ... 100350 mm

  • mayda - ... 0,10,05 mm

  • o‘ta mayda - ... 0,05 mm dan kichik.

Materialni maydalash jarayoni 2 ta ketma-ketlikdan iborat. Maydalash va tuyish.
Maydalash jarayoni o‘z navbatida berilgan tog‘ jinslarini boshlang‘ich o‘lchamiga nisbatan, yirik, o‘rtacha vam ayda maydalash ko‘rinishlariga bo‘linadi.
Materiallarning maydalashni quyidagi usullari mavjud (3.1-rasm).
Tuyish jarayoni esa dag‘al, Mayin va o‘ta Mayin ko‘rinishga ega.

  1. Siqish (15.1-rasm, a). Material donalarini siqish yo‘li bilan maydalash ikki tomondan ma’lum bir yuza orqali asta-sekinlik bilan bosimni ortirish natijasida hosil qilinadi.

  2. Zarb (15.1-rasm, b). Material donalariga bolg‘a yoki urgichlar yordamida katta tezlikda zarb berilib maydalanadi.

  3. Kesish (15.1-rasm, v). Material donalari ikki tomondan o‘tkir qirrali maxsus pichoqlar yordamida kesib maydalanadi.

  4. Sindirish (15.1rasm, g). Material donalari maxsus tayanchlarga o‘rnatilib, maxsus moslamalar yordamida kuch berilib maydalanadi.


  5. Download 28.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling