I bob. Metodika va zamonaviy dars o'tish turlari


Download 1.71 Mb.
bet1/8
Sana15.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1201144
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gidravlik uzatma kurs ishi


Mavzu:Gidravlik uzatmalar mavzusini o’qitish metodikasi
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………3
I BOB. Metodika va zamonaviy dars o'tish turlari. ………………………...9
1.1 Gidrodinamik uzatmalarning vazifasi va ishlatilish sohalari………..14
II BOB. Gidravlik uzatmalar ishlash prinsipi va guruhlanishi…..................17
4. Gidromashinalarning ish suyuqliklari……………………………....21
5. Drossel qurilmalarning vazifasi, ishlash prinsipi va xarakteristikasi va filtrlar…………………………………………24
III.Xulosalar…………………………………………………………….31
Adabiyotlar………………………………………………….…..………..32

Kirish
Hozirgi kunda o'quvchilarni darsga jalb qilish yokida hayratta qoldirish unchalik ham oson ish emas. Chunki atrofimizda zamonaviy axborot qurollari to'lib ketgan. Hamma baravariga undan foydalanmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, bu jarayon o'qituvchilar uchun ikki karra ma'suliyatli bo'lishni talab etadi. Dars mobaynida yangicha metodlardan foydalanish, zamonaviy axborot texnologiyalarini uyg'unlashtirish va asosiysi o'quvchilarning ruhiyatini ko'tarish uchun albatta rag'batlantirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bularni to'la qonli tadqiq etish mohir pedagoglarning vazifasidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich « Shu maqsadda hukumatning tegishli va idoralar va butun ta'lim tizimining, hurmatli professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi -yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir».
Suyuqliklaming muvozanat va harakat qonunlarini o‘rganuvchi hamda bu qonunlami texnikaning har xil sohalariga tadbiq etish bilan shug‘ullanuvchi fan gidravlika deb ataladi.
Gidravlika suyuqliklarda kuchlaming tarqalishi va uning harakat davomida o'zgarib borishi qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda loyihalashga tatbiq etish bilan ham shug‘ullanadi.
Gidravlika shuningdek, gidrotexnika, irrigatsiya, suv ta’minoti va kanalizatsiya, neft mexanikasi kabi bir qancha fanlarning asosi hisoblanadi. Insoniyat tarixining dastlabki davrlaridayoq suvdan foydalanish hayotda ma’lum o‘rin egallagan. Arxeologik tekshirishlar odamlar juda qadim zamonlardanoq (eramizdan 4000-2000 yillar awal) turli gidrotexnika inshootlari qurishni bilganliklarini ko‘rsatadi. Qadimgi Xitoyda, Misrda, Gretsiyada, Rimda, Markaziy Osiyoda va boshqa ibtidoiy madaniyat o‘choqlarida kemalar, to‘g‘onlar, suv taminoti va sug‘orish sistemalari bunyod etilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Bu qurilmalaming qoldiqlari hanuzgacha saqlanib qolgan. Lekin u davrlarda bunday qurilish ishlari haqida hech qanday hisoblashlar saqlanmaganligi, ular faqat amaliy bilimlarga tayangan ilmiy nazariy asosga ega emas degan fikrga olib keladi.
Bizgacha yetib kelgan, gidravlikaga aloqador ilmiy ishlardan birinchisi Arximedning "Suzib yuruvchi jismlar haqida" asari bo'lsa, keyinchalik VHI-XI asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan qator olimlaming asarlarida gidravlikaga oid masalalar o‘z aksini topgan. Jumladan, buyuk vatandoshimiz Ahmad Farg'oniy (832- 833 yillarda) Shorn (Suriya) shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridian bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashdi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Ahmad Farg‘oniy Nil daryosidagi suv sathini oichaydigan inshoot barpo etish uchun Misming Qohira shahri yaqinidagi Fustat shahriga keladi. Ilmiytexnik va me’moriy jihatdan g‘oyat ulug'vor bu qurilma Nil daiyosining Sayyolat ulRod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan.
Gidravlika o‘z xulosalarini suyuqlik harakatining soddalashtirilgan sxemalarini qarash asosida chiqaradi va odatda, nazariy tenglamalarga empirik koeffitsiyentlar kiritib, ulami tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlaydi. Keyinchalik esa gidravlika bilan gidromexanika fani o‘zaro yaqinlashib, bir-birini to‘ldiruvchi fanga aylandi.
Hozirgi zamon gidravlikasi nazariyani tajriba bilan bog‘lab, nazariy tekshirishlami tajribada sinash, tajriba natijalarini esa nazariy asosda umumlashtirish yo‘li bilan taraqqiy qilib boruvchi va o‘z tekshirishlarida gidromexanikaning usullari hamda yutuqlaridan foydalanib boruvchi fandir.
Bu yo‘nalishda Gidravlikaning taraqqiyotida quyidagi olimlaming muhim hissasi bor. Peterburg fanlar Akademiyasining a’zolari boiib, Rossiyada yashab, ijod etgan D. Bemulli va L.Eyleming gidromexanika fanining asoschilari sifatida yaratgan ishlanmalari, N.P.Petrovning gidrodinamik sirpanish nazariyasi, N.Ye.Jukovskiyning gidromexanikadagi muhim ishlari va quvurlardagi zarba nazariyasi, V.G.Shuxovning neft quvurlarini hisoblash bo‘yicha ishlari, A.N.Krilovning kemalar nazariyasi, N.N.Pavlovskiyning suyuqliklaming filtratsiyasi nazariyasi, L.S.Leybenzonning yer osti gidromexanikasi va boshqa olimlaming ishlari dunyo faniga qo‘shilgan buyuk hissa boiib hisoblanadi, N.YeJukovskiy, S.A.Shapligin va N.Ye.Koshinlar zamonaviy aerodinamika va gaz dinamikasining asoschilari bo‘lib, bu fanlar hozir ham samolyot va raketalar harakatini o‘rganishda katta rol o‘ynaydi. Hozirgi zamon sanoati va texnikasida o'zbek olimi X.A.Raxmatulin asos solgan ko‘p fazali muhitlar gidrodinamikasi muhim ahamiyatga ega.
Respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalarida amalga oshiralayotgan islohotlaming muvaffaqiyatida, jumladan irrigatsiya va melioratsiya sug'orish tizimi, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik sanoati va texnikaning bir qancha sohalarida gidravlikaning ahamiyati beqiyosdir.
Hozirgi zamon sug‘orish sistemasini, ximiya sanoatini, qishloq xo'jaligi sanoatini va texnikaning bir qancha sohalarini nasoslar, kompressorlar, gidrouzatmalar va boshqa gidromashinalarsiz tasawur qilib bo'lmaydi.
Gidromashinalar - mexanik harakatni suyuqlikning harakatiga yoki suyuqlikning harakatini mexanik harakatga aylantirib beruvchi qurilmalardir. Gidromashinalarning yuritmalar deb ataluvchi turlarida esa mexanik harakat aw al suyuqlikning harakatiga aylantirilib, so'ngra yana mexanik harakatga aylantiriladi. Bu qurilmalar o'ziga xos maxsus qismlardan tashkil topgan bo'lib, bu kursda gidroyuritmalami gidromashinalardan alohida ko'rib chiqiladi.
Insoniyat tarixida suyuqlik harakatini mexanik harakatga, aylantirib beruvchi birinchi qurilma charxpalak bo'lib, uning O'rta Osiyo, Hindiston, Xitoy va Misrda bundan 3000 yillar aw al sug‘orish ishlarida va tegirmonlarda qo'llanilganligi ma'lum. Birinchi nasos - porshenli nasos boiib, inson yoki hayvon kuchi/bilan harakatga keltirilgan. Bu mashinalar Rossiyada qadimdan ma'lum edi, М. V. Lomonosov o'z asarlarida chuqur shaxtalardan suvni tortib olishda foydalanish maqsadida nasoslaming tuzilishi va konstruksiyalarini keltirgan. U bir qancha qurilmalami charxpalak yordamida harakatga keltirish usullari ustida ishladi va amalda joriy etdi. XVIII asr o'rtalarida gidravlik qurilmalardan foydalanuvchi zavodlar Uraining o'zida 150 dan ortiq edi. I. I. Polzunov tomonidan kashf qilingan (1765 y.) bug‘ mashinasi porshenli nasoslami harakatga keltirish uchun keng qo'llana boshladi. L, Eyler (1707-1783 yy.) o'zining mashhur parrakli gidromashinalar nazariyasini yaratdi va parrakli gidromashinalaming ishini xarakterlovchi muhim munosabatlami hosil qildi. Bu munosabatlar, 1835 y. A. A. Sablukov markazdan qochma nasosni kashf etganidan keyin, gidravlik turbinalar va markazdan qochma nasoslami loyihalashda qo'llanila boshladi. V.G. Shuxov neftni chuqur quduqlardan chiqarib olish uchun porshenli nasoslaming bir qancha konstruksiyalarini ishlab chiqdi. N. Ye. Jukovskiy va S. A. Shapliginlar qanoatlaming suyuqlikdagi harakati nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya keyinchalik parraklami va yo'naltiruvchi qurilmalami loyihalashda asos bo'lib xizmat qildi, turbina va nasoslar tuzilishidagi muhim taraqqiyotlarga yo'l ochib berdi. I.I. Kukolevskiyning dinamik o’xshashlik qonunlarini markazdan qoshma nasoslami loyihalashda qo'llashi nasoslar qurilishi bo'yicha laboratoriya tajribalarini ilmiy asosga qo'ydi. Rossiyada gidromashinalar qurilishining taraqqiyotida 1. G. Yesman, N. M. Shapov va boshqalaming xizmatlari juda katta. Gidromashinalar kabi gidrouzatmalaming ham ayrim qismlari qadim zamonlardan qo'llanilib kelgan, lekin ulaming hozirgi zamon tushunchasida (ya’ni bir qancha qurilmalar kompleksida) qo'llanilishi yaqin vaqtlarda boshlandi. 1888 y, Rossiyada metallurgiya zavodi injenerlari gidrouzatmalardan foydalanganliklari ma'lum. 1907 y. dan boshlab dengiz flotida gidrouzatmalar (gidrotransformator va gidromuftalar) qo'llanila boshladi.
Vatanimiz tog‘ sanoatida gidroyuritmalar 1933-1937 yillardan foydalanila boshlandi. 1950 yildan boshlab gidromashinalar va gidrouzatmalami mamlakatimiz sanoatida qo'llanilish juda tez taraqqiy qila boshladi. Hozirgi kunda bu qurilmalardan paxta terish mashinalari, _traktorlar, buldozerlar, turli avtomobillar va boshqa mexanizmlarda keng qo'Uanilmoqda.
Gidravlika va gidromashinalar taraqqiyotining istiqbollari yuqorida aytilgan miqyosda quyidagilami o'z ichiga oladi. Yanada quwatliroq va foydali ish koeffisienti yuqoriroq nasoslar, turbinalar va gidrouzatmalar yaratish va ulami amalda joriy etish;
- gidromashinalami va gidrotexnik inshootlami loyihalashda hozirgi zamonaviy hisoblash usullarini qo'llash va EHM lardan ko'proq foydalanish. Mashinalami avtomatik boshqarish sistemalari asosida boshqarishga o'tish;
- gidrouzatmalarda qo'llaniladigan ish suyuqkliklaming arzonroq va sifatliroq turlarini yaratish, ish suyuqliklarining tirqishlardan sizib ketishini kamaytirish yo'llarini topish;
- ba’zi sharoitlarda mashinalarning moylash sistemalarini takomillashtirish va uni asosiy qurilmadan ajratish; - gidromuftalarda issiqlikdan himoya vositalarini takomillashtirish va yangi konstruksiyalarini yaratish;
- pnevmouzatmalarda siqilgan havo tayyorlab beruvchi qismlami va pnevmosistemalardagi tirqishlami berkituvchi bo'lmalarini yaxshilash va hokazo.


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling