I bob. Metodika va zamonaviy dars o'tish turlari


I BOB. Metodika va zamonaviy dars o'tish turlari


Download 1.71 Mb.
bet2/8
Sana15.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1201144
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gidravlik uzatma kurs ishi

I BOB. Metodika va zamonaviy dars o'tish turlari
Men o’z dars o’tish jarayonimda komp’yter texnikasidan foydalanib DTS talablariga asoslangan holda o’z Innovasion pedagogik usiublarim asosida dars o’taman.
Dars o’tish shakllari:
Dars o’tish shakllari turli xil bo’ladi:
Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Umumlashtiruvchi.
Mustahkamlovchi.
Ko’nikma va malakalarni tahlil qiluvchi.
Bilimlarni nazorat qiluvchi.
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
Dars samarali hamda qiziqarli bo’lishi uchun turli xil metodlardan foydalanamiz: “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Qarorlar shajarasi” , “Rasmlarni to’gri joylashtir”, , :Zakovatli zukko”, “Qarama-qarshi munosabat”, “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.”, “Zinama-zina”, “Rolli o’yinlar”, “Ishchanlik o’yinlari”, “Sahna ko’rinishi”, “Teatrlashtirish”, “Mozaika o’yini”, “Labirint”, :To’gri-noto’gri”, “FSMU”, :Domino”, “Zinama-zina”, :Bumerang” va boshqalar.
“Zinama-zina” texnologiyasining qo’llanilishi.
Mashgulotni o’tkazish tartibi.
O’qituvchi o’quvchilarni 3-4 guruhga ajratadi. O’quvchilarga mashgulotni maqsadi haqida tushuncha beradi. Har bir guruhga qogozning chap qismiga kichik mavzu yozuvi bo’lgan varaqlar tarqatiladi. Masalan: “ G idrodinamik uzatmalarning vazifasi va ishlatilish sohalari” “ Ishlash prinsipi va guruhlanishi”, “ Ish suyuqliklari” “ Drossel qurilmalarning vazifasi, ishlash prinsipi va xarakteristikasi” Guruhlarga berilgan mavzular bo’yicha bilganlarini yoritib berishlari so’raiadi. Belgilangan vaqt tugagach guruh a’zolaridan biri taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta doskaga ketma-ket ilinadi. Har bir guruhga taqdimot qilish uchun 5 daqiqadan vaqt beriladi. O’qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh beradi, kamchiliklari bo’lsa qo’shimchalar kiritadi.Ularni bilimini baholaydi.

“Bumerang” texnologiyasining qo’llanilishi.


Mashgulotni o’tkazish tartibi:
o’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi.
Mustaqil o’rganishlari uchun matnlar tarqatiladi.
Masalan:
1-guruhga: G idrodinamik uzatmalarning vazifasi va ishlatilish sohalari.
Gidravlik uzatma - mashina, stanok va mexanizmlarda boshqaruvchi (yetakchi) valdagi mexanik energiya yoki harakat boshqariluvchi (yetaklanuvchi) valga suyuqlik vositasida uzatib beriladigan mexanizmlar majmui. Asosan hajmiy va gidrodinamik turlari bor. Vazifasiga koʻra, mexanik energiya oʻzgartirish yoki uzatishga moʻljallangan yoki boshqarishni avtomatlashtirish maqsadida harakatni oʻzgartirishga moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Yetakchi kuch va burovchi momentining qiymati oʻzgartirilib uzatiladigani G. u. gidrotransformator, oʻzgartirilmay uzatiladigani gidromufta deyiladi. Mas, gidromufta (rayem) suyuqpik toʻldirilgan korpus 1, markazdan qochirma nasosga oʻxshab ishlovchi impeller 2 va gidroturbina ish gʻiddiragiga oʻxshab ishlovchi repeller 3 dan iborat. G.u.ning ishi markazdan qochirma kuch va burovchi moment taʼsiriga asoslangan. Vallarni birbiridan ajratish uchun mufta korpusini suyuqlikdan boʻshatish yoki suyuqlik bilan toʻldirish kerak. G. u. uzatmalar sonini ohista, pogʻonasiz, shovqinsiz oʻzgartirishga imkon beradi. G. u. avtomobillar, samolyotlar, teploxodlar, teplovozlar, stanoklar, ventilyatorlar, nasoslar va b.da keng qoʻllaniladi.
2-guruhga: Ishlash prinsipi va guruhlanishi.
Ishlash prinsipiga qarab gidravlik uzatmalar hajmiy va gidrodinamik turlarga bo‘- linadi.
Hajmiy gidravlik uzatmalar hajmiy nasoslar yordamida ishlaydi. Bunday uzatmalarda energiya suyuqlik orqali yetaklovchi valdan statik bosim sifatida uzatilib, gidrodvigatelni ishga tushiradi.
Hajmiy gidravlik uzatmalarda energiya yetaklovchi valga statik bosim ko'rinishida berilgani sababli uni, ko‘pincha, gidrostatik uzatma ham deydilar.
Gidrodinamik uzatmalar parrakli gidromashinalar yordamida ishlaydi. Bu yerda ish g‘ildiraklarining parraklari yordamida suyuqlikka berilgan dinamik bosim energiyasidan foydalaniladi. Bu uzatmalar ba’zan turbouzatma deb ataladi, bunga sabab ularda markazdan qoshma nasos va gidravlik turbinalardan birgalikda foydalaniladi.
Gidrodinamik uzatmalar bir oqimli va ikki oqimli bo'lishi mumkin. Bir oqimli gidrodinamik hamma quw at gidravlik g'ildiraklar orqali uzatiladi. Ikki oqimli gidrodinamik uzatmalarda esa dvigatel: bir qismi gidravlik gildiraklar orqali, ikkinchi qismi esa mexanik yul bilan uzatiladi.
3-guruhga: Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
pol toza va quruq bo’lishi.
xonani shamollatib turish.
ish o’rniga yoruglik yaxshi tushib turishi.
ish vaqtida asboblardan to’gri va unumli foydalanish.
Ishni tugatib bo’lgach, toklarni o’chirish va xavfsizligini tekshirish.
berilgan matnlar o’quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o’rganiladi.
har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi.
yangi guruh a’zolarining har bir guruh ichida mustaqil o’rgangan matnlari bo’yicha axborot almashadilar.
guruh ichida ichki nazorat o’tkaziladi,ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob o’tkazadilar.
yangi guruh a’zolari dastlabki holatlari bo’yicha guruhlariga qaytadilar.
bilimlarini sarhisob qilishlari uchun “guruh hisobchisi” tayinlanadi.
matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini aniqlash uchun o’qituvchi o’quvchilarga savol beradi.
savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to’plagan umumiy ballari aniqlanadi.
har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matndan kelib chiqqan holda amaliy mashgulotga tayyorgarlik ishlari boshlanadi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling